O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.5K subscribers
50.4K photos
3.11K videos
323 files
10K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Mamlakatshunoslik fanidan “Zakovat” o‘yini o‘tkazildi

1-aprel kuni O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti Sharq filologiyasi fakultetida 3-Ingliz tili fakulteti Ikkinchi chet tili kafedrasi turk tili o‘qituvchilari N.Muminova va K. Nosirova tomonidan 1-kurs talabalari o‘rtasida Mamlakatshunoslik fani doirasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi. Mazkur tadbir talabalarning Mamlakatshunoslik fanidan egallagan bilimlarini mustahkamlash, dunyoqarashini kengaytirish hamda mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga qaratildi.

O‘yin davomida ishtirokchilar Turkiya davlatining madaniyati, geografiyasi, tarixi va ijtimoiy hayoti bilan bog‘liq qiziqarli savollarga javob berishdi. Bellashuv jarayoni qizg‘in va murosasiz kechib, talabalarning faolligi va bilim darajasi yuqori ekanligini yana bir bor namoyon etdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, eng faol va bilimdon jamoalar aniqlanib, g‘oliblar rag‘batlantirildi.

Bunday intellektual tadbirlar talabalarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda sog‘lom raqobat muhitini yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Barcha ishtirokchilarni tabriklaymiz va ularga kelgusi o‘qishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz!

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍5👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📈 Bu video faqatgina yuqori daromad topmoqchi bo'lganlar uchun!

WeTeach X UzSWLU 🚀
Yurtimizning eng nufuzli oliygohlaridan biri — UzSWLU bilan WeTeach hamkorlikni boshladi! 🔥


Bu nima uchun muhim?
Endilikda ustoz bo‘lishni istaganlar yoki allaqachon dars berayotganlar uchun imkoniyatlar yomg‘iri boshlanadi! 🌧


WeTeach — O‘zbekistonda ingliz tili ustozlarini:
🌍 xalqaro darajada tayyorlaydigan,
💼 ish bilan ta’minlaydigan,
📈 va doimiy rivojlanish yo‘lini ko‘rsatadigan birinchi va yagona agentlik!


Tez orada yangiliklar bilan qaytamiz!

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
13🔥8
▪️▪️▪️▪️

XALQARO TRENINGDA ISHTIROK

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining besh nafar professor-o‘qituvchilari va xodimlari ayni kunlarda Fransiyaning Le Havre Normandie universitetida (L’université Le Havre Normandie) tashkil etilayotgan qisqa muddatli trening — Staff Week dasturida ishtirok etmoqdalar.

Mazkur treningda quyidagi vakillar qatnashmoqda:
— Fransuz tili nazariy fanlar kafedrasi mudiri G. Rakhimova
— Fransuz tili amaliy fanlar kafedrasi dotsenti Z. Davronova
— Fransuz tili nazariy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi G. Masharipov
— Roman-german tillari va tarjimashunoslik kafedrasi katta o‘qituvchisi N. Hamidova
— O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari O. Adinayev

Treningning asosiy maqsadi — hamkor universitet tajribasini chuqur o‘rganish, uni O‘zbek–fransuz universiteti faoliyatida samarali qo‘llash hamda ushbu tajribani O‘zDJTUda joriy etilayotgan yangi ta’lim jarayonlariga integratsiya qilishdan iborat.

Mazkur xalqaro trening professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini yanada oshirish va ilg‘or xorijiy tajribalarni amaliyotga tatbiq etish imkonini bermoqda.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍32
Forwarded from Ingliz filologiyasi fakulteti (Ibroximxonova Sevaraxon)
1-aprel sport musobaqasi bilan boshlandi!

​Bugun universitetimizda "Besh tashabbus" doirasida talabalar o‘rtasida jamoaviylik va sog‘lom raqobatni kuchaytirish maqsadida tashkil etilgan voleybol musobaqasi qizg‘in bahslarga boy bo‘ldi.

Shiddatli o‘yinlar natijasiga ko‘ra:
🥇 1-o‘rin — “Xonadoshlar” jamoasi
🥈 2-o‘rin — “Avangards” jamoasi
🥉 3-o‘rin — “Shiny” jamoasi


​G‘olib jamoalar maxsus sertifikatlar bilan munosib taqdirlandilar.

👏 Tashabbuskorlarga alohida rahmat!
Tadbir 2508-guruh talabalari Sunnatullayeva Nozima va Rajabova Nurhayot tomonidan, tyutorimiz Fozilova Sadoqatning amaliy ko‘magida yuqori saviyada tashkil etildi.

Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube |Facebook
3👍1🔥1
🟦🟦🟦🟦

OCHIQ MULOQOT VA MUHOKAMA

1-aprel kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi rahbari L. Zaripov hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” tizimi boshlig‘i B. Xashimov tomonidan Kechki va sirtqi ta’lim fakulteti guruh sardorlari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida ta’lim sifati, o‘quv jarayonining samarali tashkil etilishi, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar va ularning qoniqish darajasi, shuningdek, korrupsion holatlarning oldini olish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Talabalar tomonidan berilgan savollarga mutasaddilar tomonidan batafsil va aniq javoblar berildi.

Shuningdek, guruh sardorlari bilan ta’lim jarayonida uchrayotgan muammolar va ularning yechimlari yuzasidan ochiq muloqot olib borildi. L. Zaripov o‘z nutqida universitetda talabalar fikrini o‘rganishga qaratilgan @uzdjtu_uzbot ishga tushirilganini ma’lum qilib, barcha talabalarni o‘z taklif va mulohazalarini faol bildirishga chaqirdi.

B. Xashimov esa korrupsiyaning oldini olish, bunday holatlarga aralashib qolmaslik va uning salbiy oqibatlari haqida tushuntirishlar berdi.

Uchrashuv yakunida guruh sardorlariga o‘quv jarayonida faol, mas’uliyatli hamda tashabbuskor bo‘lib, tengdoshlari uchun ijobiy namuna ko‘rsatish tavsiya etildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31
Forwarded from Yoshlar ittifoqi | Ingliz tili Ikkinchi fakulteti (Muxlisa Raxmonovna)
🇺🇿 😊OʻzDJTU Ingliz tili 2-fakultetida yana bir iqtidorli talaba yuksak marrani zabt etdi.

⭐️"Jadidlar" xalqaro ilmiy-tadqiqotlar assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan nufuzli ko‘rik-tanlovda Xorijiy til va adabiyoti fakulteti 2526-guruh talabasi Mamadaliyeva Zuhra Baxtiyor qizi faxrli 1-o‘rinni egalladi.

💠 Tanlovga "Ijtimoiy tarmoqlarda ijtimoiy solishtirish va stress darajasi o'rtasidagi bog'liqlik " mavzusidagi ilmiy maqolasi bilan qatnashib, hakamlar hay’atining yuqori e’tirofiga sazovor bo‘ldi.

G‘olibimizga tantanali ravishda:
🎗1-darajali diplom;
🏅"Yil talabasi–2026" ko‘krak nishoni;
Maxsus esdalik sovg‘alari topshirildi.


Ushbu maqola bilan tanishib chiqishingiz mumkin⬇️

🔗Batafsil

🌐Bizni kuzatib boring:
Telegram | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍1
🔰 O‘zDJTU Tarjimonlik fakulteti Roman-german tillari tarjimashunosligi kafedrasi katta o‘qituvchisi V.A.Orexin-Rijina TFRA-2410 guruhi bilan 2026 yil 1-aprel sanasida “Les Français et la cuisine” mavzusida navbatdagi to‘garak mashg‘uloti o‘tkazildi.

Mashg‘ulotdan ko‘zlangan asosiy maqsad talabalarda fransuz tilida muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish, mavzuga oid lug‘atni boyitish va gastronomiyaga oid bilimlarni mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.


♻️ Mashg‘ulot davomida O‘zbekiston va Fransiyaning urf-odatlari va ovqatlanish odoblari tahlil qilindi.


🧩 To‘garak davomida interaktiv mashqlar va krossvordlar yechildi. Shuningdek mavzuga doir kichik xazilomus saxna ko‘rinishi namoishy etildi. Bundan tashqari, talabalarga notanish matn ustida ishlash, uni batafsil tushunish va tahlil qilish taklif etildi.

Bunday to‘garaklar talabalarning kommunikativ, lingvistik va madaniyatlararo kompetensiyalarini rivojlantirishda samarali natijalar beradi.


📍https://t.me/RGTT_TF
👍42🔥1