O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.7K subscribers
47.3K photos
2.93K videos
323 files
9.55K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
🟦🟦🟦

📚 “Kitobxonlik testi” sharti o‘tkazildi

“Universitet malikasi” ko‘rik-tanlovining final bosqichi doirasida belgilangan “Kitobxonlik testi” sharti Nizom talablari asosida tashkil etildi.

Mazkur shartda ishtirokchilar tomonidan kompyuter orqali 20 ta savoldan iborat test topshirildi. Test savollari tanlov oldidan mutolaa qilish uchun tavsiya etilgan 10 ta badiiy asar asosida tuzilgan bo‘lib, ishtirokchilarning o‘qigan asarlarni anglash darajasi, tahliliy fikrlashi va mutolaa madaniyati sinovdan o‘tkazildi.

Test jarayoni belgilangan vaqt doirasida, tartib-qoidalarga qat’iy amal qilingan holda o‘tkazildi. Natijalar avtomatik tarzda hisoblab chiqildi va baholash mezonlariga muvofiq shakllantirildi.

Jarayon davomida shaffoflik va adolat tamoyillari ta’minlandi hamda barcha ishtirokchilar uchun teng sharoit yaratildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4
🟦🟦🟦

“Osh pishirish” sharti yuqori saviyada tashkil etildi

“Universitet malikasi” ko‘rik-tanlovining final bosqichi doirasida o‘tkazilgan “Osh pishirish” sharti ishtirokchilar tomonidan katta mas’uliyat va mahorat bilan bajarildi.

Mazkur shartda talaba-qizlar milliy taomimiz bo‘lgan oshni tayyorlash jarayonida o‘z pazandalik ko‘nikmalari, didi hamda ijodiy yondashuvlarini namoyon etdilar. Har bir ishtirokchi osh tayyorlashning barcha bosqichlarini belgilangan tartib asosida amalga oshirdi.

Jarayon davomida hakamlar hay’ati tomonidan ishtirokchilarning ish faoliyati bevosita kuzatib borildi. Xususan, taomni tayyorlash texnikasi, gigiyena qoidalariga rioya etilishi, mahsulotlardan to‘g‘ri foydalanish, vaqtni to‘g‘ri taqsimlash, shuningdek, taomning mazasi va estetik taqdimoti atroflicha baholab borildi.

Ishtirokchilar tomonidan tayyorlangan oshlar o‘zining mazasi, ko‘rinishi va o‘ziga xos yondashuvi bilan ajralib turdi. Ushbu shart orqali talaba-qizlarning milliy qadriyatlarimizga hurmati va pazandalik borasidagi salohiyati yana bir bor namoyon bo‘ldi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6🔥3👏2👍1
“Sogʻlom munosabat — mustahkam oila poydevori”

“Ijtimoiy-psixologik muhit bilan ishlash” boʻlimi psixologi Sh.Boʻstonova hamda Fransuz tili amaliy fanlar kafedrasi o'qituvchisi - S. G'afurova bilan hamkorlikda talaba-yoshlar ishtirokida “Sogʻlom munosabat — mustahkam oila” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Suhbat davomida quyidagi muhim masalalar muhokama qilindi:
— Sogʻlom munosabatlarning asosiy tamoyillari
— Oʻzaro hurmat va ishonchning oila barqarorligidagi oʻrni
— Konfliktlarni konstruktiv hal etish usullari
— Zamonaviy yoshlar orasida uchrayotgan munosabat muammolari

Ishtirokchilar o‘z fikr-mulohazalari bilan faol qatnashib, hayotiy misollar orqali mavzuni yanada chuqur anglab oldilar.

Davra suhbati yakunida sogʻlom psixologik muhitni shakllantirish har bir insondan ongli yondashuv, sabr va masʼuliyat talab qilishi taʼkidlandi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8🔥5👍2🤩1