O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.7K subscribers
47.4K photos
2.94K videos
323 files
9.57K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
🌐 Aleksandr Faynberg nomidagi maxsus stipendiya saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi

🗓 01.04.2026
🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇬🇧 Ingliz tili 1-fakulteti

Universitetimizning Ingliz tili 1-fakultetida Aleksandr Faynberg nomidagi maxsus stipendiya uchun saralash jarayoni yuqori saviyada tashkil etildi. Ushbu bosqich iqtidorli, tashabbuskor va ijodkor talabalarni saralab olishga xizmat qildi. Ishtirokchilar o‘z bilimlari, keng fikrlash doirasi hamda kreativ yondashuvlari bilan ajralib turdilar.

Ayniqsa, Aleksandr Faynberg ijodini keng targ‘ib qilish, uning adabiy merosini zamonaviy usullar orqali yoshlar orasida ommalashtirishga qaratilgan g‘oya va loyihalar hakamlar tomonidan alohida e’tirof etildi. Taqdim etilgan ishlar talabalarimizning nafaqat nazariy bilimlari, balki ularning badiiy tafakkuri va ijodiy salohiyatini ham yorqin namoyon etdi.

🤝 Ingliz tili 1-fakulteti jamoasi barcha ishtirokchilarga minnatdorchilik bildiradi va keyingi bosqichlarda ularga ulkan zafarlar tilaydi
👍43🎉1
🟦🟦🟦

📚 “Kitobxonlik testi” sharti o‘tkazildi

“Universitet malikasi” ko‘rik-tanlovining final bosqichi doirasida belgilangan “Kitobxonlik testi” sharti Nizom talablari asosida tashkil etildi.

Mazkur shartda ishtirokchilar tomonidan kompyuter orqali 20 ta savoldan iborat test topshirildi. Test savollari tanlov oldidan mutolaa qilish uchun tavsiya etilgan 10 ta badiiy asar asosida tuzilgan bo‘lib, ishtirokchilarning o‘qigan asarlarni anglash darajasi, tahliliy fikrlashi va mutolaa madaniyati sinovdan o‘tkazildi.

Test jarayoni belgilangan vaqt doirasida, tartib-qoidalarga qat’iy amal qilingan holda o‘tkazildi. Natijalar avtomatik tarzda hisoblab chiqildi va baholash mezonlariga muvofiq shakllantirildi.

Jarayon davomida shaffoflik va adolat tamoyillari ta’minlandi hamda barcha ishtirokchilar uchun teng sharoit yaratildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4
🟦🟦🟦

“Osh pishirish” sharti yuqori saviyada tashkil etildi

“Universitet malikasi” ko‘rik-tanlovining final bosqichi doirasida o‘tkazilgan “Osh pishirish” sharti ishtirokchilar tomonidan katta mas’uliyat va mahorat bilan bajarildi.

Mazkur shartda talaba-qizlar milliy taomimiz bo‘lgan oshni tayyorlash jarayonida o‘z pazandalik ko‘nikmalari, didi hamda ijodiy yondashuvlarini namoyon etdilar. Har bir ishtirokchi osh tayyorlashning barcha bosqichlarini belgilangan tartib asosida amalga oshirdi.

Jarayon davomida hakamlar hay’ati tomonidan ishtirokchilarning ish faoliyati bevosita kuzatib borildi. Xususan, taomni tayyorlash texnikasi, gigiyena qoidalariga rioya etilishi, mahsulotlardan to‘g‘ri foydalanish, vaqtni to‘g‘ri taqsimlash, shuningdek, taomning mazasi va estetik taqdimoti atroflicha baholab borildi.

Ishtirokchilar tomonidan tayyorlangan oshlar o‘zining mazasi, ko‘rinishi va o‘ziga xos yondashuvi bilan ajralib turdi. Ushbu shart orqali talaba-qizlarning milliy qadriyatlarimizga hurmati va pazandalik borasidagi salohiyati yana bir bor namoyon bo‘ldi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6🔥3👏2👍1