Forwarded from Ingliz filologiyasi fakulteti
Iskandarova Dilfuza,
Muxtorov Muhiddin, O’taganova Roza,
Rayimaliyeva Yoqutxon
Babanov Baxadir
ishtirok etib, korrupsiyaning oldini olishning huquqiy asoslari hamda ta'lim tizimidagi shaffoflikni ta’minlash borasidagi vazifalar haqida hayotiy misollar bilan tushuntirish berishdi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2👍2
Forwarded from Roman-german filologiyasi fakulteti (𝐒𝐮𝐡𝐫𝐨𝐛 𝐎𝐜𝐡𝐢𝐥𝐨𝐯)
🎓 Roman-German filologiyasi fakulteti talabalari uchun Erasmus+ tanlovi! 🇪🇸
Mursiya Universiteti - 1 ta o'rin Kordoba Universiteti - 1 ta o'rin
📅 Ariza topshirish muddati:
01.04.2026 dan 15.04.2026 gacha
👩🎓 Kimlar ishtirok etishi mumkin?
• Bakalavriyatning 2–3-bosqich talabalari
• Mutaxassislik: Ispan tili, Roman-German Filologiyasi fakulteti
• Oldin Erasmus+ dasturida ishtirok etmagan talabalar
📄 Talablar:
• Ispan tilini bilish darajasi kamida B1/B2
• Yuqori akademik ko‘rsatkichlar
• Avval Erasmus loyihasida qatnashmagan bo’ lishi
📑 Talab etiladigan hujjatlar:
• Motivatsion xat
• Pasport (ID, xorijiy)nusxasi
• Universitetda o’qish davomida olingan sertifikatlar
• Ilmiy maqolalar yoki nashrlar (agar mavjud bo‘lsa)
📍 Qanday topshiriladi?
Tanlov jarayoni haqida batafsil ma’lumot olish uchun Ispan tili nazariy fanlar kafedrasi katta o’qituvchisi D.Xaydarova bilan bog‘laning.
✨ Ispaniyada o‘qish, tilingizni rivojlantirish va xalqaro tajriba orttirish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

👍3❤2
Forwarded from Ingliz tili 1-fakulteti | OʻzDJTU
🌐 Aleksandr Faynberg nomidagi maxsus stipendiya saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi
🗓 01.04.2026
🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇬🇧 Ingliz tili 1-fakulteti
✨ Universitetimizning Ingliz tili 1-fakultetida Aleksandr Faynberg nomidagi maxsus stipendiya uchun saralash jarayoni yuqori saviyada tashkil etildi. Ushbu bosqich iqtidorli, tashabbuskor va ijodkor talabalarni saralab olishga xizmat qildi. Ishtirokchilar o‘z bilimlari, keng fikrlash doirasi hamda kreativ yondashuvlari bilan ajralib turdilar.
Ayniqsa, Aleksandr Faynberg ijodini keng targ‘ib qilish, uning adabiy merosini zamonaviy usullar orqali yoshlar orasida ommalashtirishga qaratilgan g‘oya va loyihalar hakamlar tomonidan alohida e’tirof etildi. Taqdim etilgan ishlar talabalarimizning nafaqat nazariy bilimlari, balki ularning badiiy tafakkuri va ijodiy salohiyatini ham yorqin namoyon etdi.
🤝 Ingliz tili 1-fakulteti jamoasi barcha ishtirokchilarga minnatdorchilik bildiradi va keyingi bosqichlarda ularga ulkan zafarlar tilaydi

👍5❤4🎉2
“Universitet malikasi” ko‘rik-tanlovining final bosqichi doirasida belgilangan “Kitobxonlik testi” sharti Nizom talablari asosida tashkil etildi.
Mazkur shartda ishtirokchilar tomonidan kompyuter orqali 20 ta savoldan iborat test topshirildi. Test savollari tanlov oldidan mutolaa qilish uchun tavsiya etilgan 10 ta badiiy asar asosida tuzilgan bo‘lib, ishtirokchilarning o‘qigan asarlarni anglash darajasi, tahliliy fikrlashi va mutolaa madaniyati sinovdan o‘tkazildi.
Test jarayoni belgilangan vaqt doirasida, tartib-qoidalarga qat’iy amal qilingan holda o‘tkazildi. Natijalar avtomatik tarzda hisoblab chiqildi va baholash mezonlariga muvofiq shakllantirildi.
Jarayon davomida shaffoflik va adolat tamoyillari ta’minlandi hamda barcha ishtirokchilar uchun teng sharoit yaratildi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4
“Osh pishirish” sharti yuqori saviyada tashkil etildi
“Universitet malikasi” ko‘rik-tanlovining final bosqichi doirasida o‘tkazilgan “Osh pishirish” sharti ishtirokchilar tomonidan katta mas’uliyat va mahorat bilan bajarildi.
Mazkur shartda talaba-qizlar milliy taomimiz bo‘lgan oshni tayyorlash jarayonida o‘z pazandalik ko‘nikmalari, didi hamda ijodiy yondashuvlarini namoyon etdilar. Har bir ishtirokchi osh tayyorlashning barcha bosqichlarini belgilangan tartib asosida amalga oshirdi.
Jarayon davomida hakamlar hay’ati tomonidan ishtirokchilarning ish faoliyati bevosita kuzatib borildi. Xususan, taomni tayyorlash texnikasi, gigiyena qoidalariga rioya etilishi, mahsulotlardan to‘g‘ri foydalanish, vaqtni to‘g‘ri taqsimlash, shuningdek, taomning mazasi va estetik taqdimoti atroflicha baholab borildi.
Ishtirokchilar tomonidan tayyorlangan oshlar o‘zining mazasi, ko‘rinishi va o‘ziga xos yondashuvi bilan ajralib turdi. Ushbu shart orqali talaba-qizlarning milliy qadriyatlarimizga hurmati va pazandalik borasidagi salohiyati yana bir bor namoyon bo‘ldi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6🔥3👏2👍1