Talaba yigitlar sog‘lom turmush sari: 1-TTJda ertalabki badantarbiya mashg‘uloti
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 1-TTJda istiqomat qiluvchi talaba yigitlar kunni sog‘lom turmush tarziga mos ravishda boshlash maqsadida ertalabki badantarbiya mashg‘ulotida faol ishtirok etdilar. Ushbu mashg‘ulotlar talabalarning jismoniy faolligini oshirish, sog‘lig‘ini mustahkamlash hamda kun davomida yuqori kayfiyatda bo‘lishlariga xizmat qiladi.
Badantarbiya davomida turli jismoniy mashqlar bajarilib, talabalar o‘zaro hamjihatlik va intizom ruhida harakat qildilar. Bu kabi mashg‘ulotlar yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Shuningdek, mashg‘ulotlar davomida talabalarga to‘g‘ri nafas olish, mashqlarni to‘g‘ri bajarish hamda sog‘lom ovqatlanish bo‘yicha tavsiyalar ham berildi. Bu esa ularning kundalik hayotida sog‘lom odatlarni shakllantirishga yordam bermoqda.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8🔥2👍1
Mazkur tadbir “Biz uchinchi Renessans bunyodkorlarimiz” mavzusida o‘tkazilib, fakultet dekani Dilshod Djurayev tomonidan tantanali ravishda ochib berildi. O‘z nutqida dekan yoshlarning mamlakatimizda kechayotgan Uchinchi Renessans jarayonidagi o‘rni va ahamiyatiga alohida to‘xtalib, aynan yosh avlod ushbu yuksalish davrining asosiy harakatlantiruvchi kuchi va mustahkam poydevori ekanligini ta’kidladi.
Tadbir davomida talabalar tomonidan tayyorlangan turli badiiy va ijodiy chiqishlar namoyish etildi. Jumladan, o‘zbek milliy raqslari ijro etildi, sahna ko‘rinishlari orqali dolzarb mavzular yoritildi hamda mashhur adiblarning she’rlari yoddan ifodali tarzda ijro qilindi. Ushbu chiqishlar orqali talabalarning nafaqat bilim va iste’dodi, balki milliy qadriyatlarga bo‘lgan hurmati ham namoyon bo‘ldi.
Shuningdek, tadbir doirasida talabalar o‘z ijodiy qobiliyatlarini namoyish etib, mavzuga oid turli rasmlar chizdilar. Taqdim etilgan ijodiy ishlar fakultet dekani Dilshod Djurayev hamda yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari Ulug‘bek Nazarov tomonidan ko‘rib chiqildi.
Tadbir yakunida faol ishtirok etgan, tashabbuskorligi va ijodkorligi bilan ajralib turgan talabalar fakultet dekani tomonidan tashakkurnomalar bilan taqdirlandi. Mazkur tadbir talabalarning ma’naviy dunyosini boyitish, ularni yurt taraqqiyotiga daxldorlik ruhida tarbiyalash hamda Uchinchi Renessans g‘oyalarini keng targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Telegram|Instagram|Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6👍3
Gruziyada muhim uchrashuv: yangi hamkorlik bosqichi boshlanmoqda
Gruziya Respublikasining Oliy ta’lim, fan va yoshlar vazirligida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti delegatsiyasi ishtirokida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Rasmiy tashrif doirasida delegatsiya vazirlikning Fan va oliy ta’lim departamenti boshlig‘i Ketevan Kokrashvili hamda Oliy ta’lim va xalqaro aloqalar yo‘nalishidagi rahbarlar — Mariam Keburiya, Mariam Grigalashvili va Nino Machurishvili bilan muloqot olib bordi.
Uchrashuv davomida ikki davlat Bosh vazirlari tomonidan belgilangan ustuvor vazifalar muhokama qilindi. Xususan, O‘zDJTUda “Gruzin tili markazi”ni tashkil etish, gruzin tilini o‘qitishni yo‘lga qo‘yish, professor-o‘qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar va talabalar almashinuvi dasturlarini amalga oshirish masalalari alohida e’tibor markazida bo‘ldi.
Shuningdek, tomonlar ilmiy hamkorlikni kengaytirish, ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish yuzasidan fikr almashdilar. Universitet rektori I. Tuxtasinov Tbilisi davlat universitetidan gruzin tili mutaxassislarini jalb etish, o‘quv jarayonini mahalliy muhitga moslashtirilgan dasturlar va yangi avlod o‘quv qo‘llanmalari asosida tashkil etish taklifini ilgari surdi.
Bundan tashqari, gruzin tilidan dars berish va mahalliy mutaxassislarni tayyorlash maqsadida doktorantlar hamda magistratura talabalari uchun almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish, ular uchun grantlar ajratish va bepul turar joy bilan ta’minlash masalalari ham ko‘rib chiqildi.
Gruziya tomoni “Gruzin tili markazi”ni tashkil etish, uni zamonaviy o‘quv-uslubiy va mamlakatshunoslik materiallari, shuningdek, texnik vositalar bilan ta’minlash hamda O‘zDJTUda gruzin tilini o‘qitish jarayonini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini bildirdi.
Uchrashuvda yana bir muhim tashabbus ilgari surildi — Gruziya oliygohlarining 100 nafar talabalari uchun o‘zbek tili va madaniyatini o‘z ichiga olgan gibrid shakldagi yozgi va qishki lagerlar tashkil etish taklifi. Mazkur tashabbus gruziyalik hamkorlar tomonidan katta qiziqish bilan qarshi olindi.
Muloqot yakunida tomonlar ilgari surilgan takliflarni bosqichma-bosqich amalga oshirish uchun ishchi guruh tuzish hamda aniq “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqishga kelishib oldilar. Shuningdek, Ketevan Kokrashvili 3-aprel kuni Tbilisi davlat universitetida bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda ishtirok etib, gruzin tilini o‘qitish masalasiga doir aniq yo‘nalishlarni belgilab berishini ma’lum qildi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5👍5🔥3
FAKULTETIMIZ IFTIXORI
“YIL TALABASI” faxriy unvoniga sazovor bo‘ldi.
Bu yutuq — mashaqqatli mehnat, qat’iyat va bilimga intilish natijasidir.
Uni samimiy tabriklaymiz va uning ibratli yo‘lidan ilhom olamiz!
Rus filologiyasi fakulteti
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3🤩2👍1👏1🎉1
Gretsiya Milliy bayramiga bag‘ishlangan qabul marosimida ishtirok etildi
2026-yil 31-mart kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ikkinchi chet tillar kafedrasi mudiri Moydinova Elmira hamda grek tili katta o‘qituvchisi Musayeva Surayyo Gretsiya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Paraskevi (Voula) Tzeveleki tomonidan Gretsiya Milliy kuni munosabati bilan tashkil etilgan rasmiy qabul marosimida ishtirok etdi.
Tadbir Toshkent shahridagi Gretsiya madaniyat markazida bo‘lib o‘tdi. Unda turli diplomatik korpus vakillari, xalqaro tashkilotlar hamda ta’lim muassasalari vakillari qatnashdi.
Mazkur marosim O‘zbekiston va Gretsiya o‘rtasidagi madaniy hamda ta’lim sohalaridagi hamkorlikni yanada kengaytirish, ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash uchun muhim muloqot maydoniga aylandi.

👍9❤2🤩1