O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.7K subscribers
47.5K photos
2.94K videos
323 files
9.57K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
Karyera imkoniyatlari: bojxona tizimi bilan ochiq muloqot

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida bitiruvchi bosqich talabalari uchun Karyera markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona organlari vakillari ishtirokida uchrashuv (workshop) tashkil etildi.

Tadbirni o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor M. Chutpulatov ochib berdi. Uchrashuv davomida bojxona tizimidagi xizmat faoliyati, mavjud imkoniyatlar hamda yosh mutaxassislar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.

Tadbirda quyidagi vakillar ishtirok etdilar:
🔹 Pirmuxamedova Umida Baxtiyarovna — Bojxona qo‘mitasi raisining maslahatchisi
🔹 Muminov Oybek Alisherovich — Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari
🔹 Saidov Abbos Tulkunovich — Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari
🔹 Mamajonov Adil Oripovich — Xalqaro hamkorlik boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i

Uchrashuv davomida talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi. Shuningdek, bojxona organlarida amaliyot o‘tash va kelgusida ish faoliyatini boshlash imkoniyatlari muhokama qilindi.

Mazkur workshop talabalarning kasbiy rivoji va bandligini ta’minlashga qaratilgan muhim uchrashuvlardan biri bo‘ldi.

Universitetda yaratilayotgan bunday imkoniyatlar talabalarning kelajakdagi faoliyatida mustahkam zamin yaratadi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍1
🟦🟦🟦

“Universitet malikasi” ko‘rik-tanlovi: sport bahslari o‘tkazildi

Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida talaba-qizlar o‘rtasida tashkil etilgan “Universitet malikasi” ko‘rik-tanlovining sport bo‘yicha bahslari muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

Musobaqa doirasida ishtirokchilar jismoniy tayyorgarlik, tezkorlik, chaqqonlik, kuch va chidamlilik ko‘rsatkichlari bo‘yicha o‘z mahoratlarini namoyish etdilar. Sport shartlari quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha baholandi:
100 metrga yugurish – belgilangan masofani maksimal tezlikda bosib o‘tish;
Arqonda sakrash – maksimal balni qayd etish;
Basketbol savatiga to‘p tashlash – vaqt ichida aniqlik va tezlik bilan to‘p tashlash;
Uzunlikka sakrash – maksimal masofaga sakrash.

Har bir sport yo‘nalishi hakamlar hay’ati tomonidan baholandi va natijalar umumiy ballar tizimida hisobga olindi.

Musobaqa jarayonida xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilindi, tibbiy xodimlar navbatchilikda bo‘ldi.

Bugungi sport bellashuvi talabalarning sog‘lom raqobat, jismoniy faollik va sport mahoratini rivojlantirishga qaratilgan muhim qadam bo‘ldi. Natijalar asosida eng yuqori ball to‘plagan ishtirokchilar keyingi bosqichga – universitet final bosqichiga tavsiya etiladi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8🔥2🤩2👍1
🟦🟦

🎥 Imkoniyatlar hammaga teng bo‘lishi kerak
#OAVda_biz
Gazeta.uz saytida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti o‘qituvchisi va doktoranti Mirali G‘iyosov.

U “Kitob Plus” loyihasi orqali adabiyotlarni yangi usulda targ‘ib qilib kelmoqda. Suhbat davomida Mirali virtual dunyo nega ba’zan real hayotdan qulayroq ekanini, shuningdek, ko‘rish bo‘yicha nogironligi bor insonlar kundalik hayotda duch keladigan muammolar haqida o‘z fikrlarini bildiradi.

Ilhomlantiruvchi va o‘ylantiruvchi ushbu hikoya orqali imkoniyatlar tengligi qanchalik muhim ekanini yana bir bor his qilasiz.

👉 Videoni tomosha qiling: https://youtu.be/8PHVpNbgD94?si=N4jP-NYSJtimhn0z

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍1🔥1😢1
🟦🟦🟦🟦

🎉 Talabalarimiz bugun-xalqaro e’tirofda !

🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakulteti FFRA-2301-guruh talabasi Matlabxonova Shahzoda Matlabxon qizi hamda FFRA-2303-guruh talabasi Azamjonova Sarvinoz Shuxratovna “Jadidlar” xalqaro ilmiy tadqiqotlar assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan “Yil talabasi – 2026” xalqaro ilmiy tanlovida munosib ishtirok etib, o‘zlarining yuqori ilmiy salohiyati va ilmiy maqolalari bilan faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdilar.

🔥 G‘oliblar maxsus ko‘krak nishoni, diplom hamda xalqaro sertifikatlar bilan taqdirlandilar.

💠 Mazkur yutuq talabalarimizning izlanishi, bilimga intilishi va qat’iyatining yorqin natijasidir. Ushbu muvaffaqiyatda ilmiy rahbari, Fransuz tili amaliy fanlar kafedrasi dotsenti Davronova Zulfiya Boboyevnaning munosib hissasi bor. Ustoz ilm-fan rivojiga qo‘shayotgan hissasi hamda fidoyiligi uchun “Kasb fidoyisi” maxsus ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

🎉 Roman-german filologiyasi fakulteti jamoasi talabalarimizni hamda ustozimizni ushbu yutuqlar bilan samimiy muborakbod etadi va kelgusidagi faoliyatlariga ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.


Bizni kuzatib boring ;

📱 Telegram 📱Instagram 📱Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
14🔥3🎉2👍1🤩1
🖥🟨🟨🟨 🟩🟩🟩🟩

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Tuxtasinov Ilxomjon Madaminovichning 2026-yil mart oyidagi faoliyati hisoboti

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram|Instagram|Facebook|Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍4