O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.7K subscribers
47.3K photos
2.93K videos
323 files
9.54K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
#tugarak #iqtidorlitalabalar

📢 Yoshlar o‘rtasida ilm-fanni rivojlantirish bo‘yicha ishlar davom etmoqda

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli dasturi asosida universitetda maktab o‘quvchilarini ilmiy faoliyatga jalb etish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.

🔹 Iqtidorli o‘quvchilar saralanib, ilmiy salohiyati yuqori bo’lgan iqtidorli talabalar bilan “ustoz–shogird” tamoyili asosida biriktirildi.
🔹 Mashg‘ulotlar interaktiv usullar, ijodiy topshiriqlar va amaliy yondashuv asosida tashkil etildi.
🔹 Natijada o‘quvchilarning ingliz tilida muloqot qilish ko‘nikmalari, ilmiy fikrlashi va motivatsiyasi sezilarli darajada oshdi.

Shuningdek, ilmiy to‘garaklar, seminarlar va loyihalar orqali o‘quvchilarning nazariy bilimlari amaliyot bilan mustahkamlanmoqda.

Mazkur ishlar yoshlarni ilm-fanga keng jalb etish hamda kelajakda yetuk kadrlar tayyorlashga xizmat qilmoqda.
3👍2
Gid-tarjimonlik kursi tinglovchilari uchun sayyor dars

O‘zDJTUda
yo‘lga qo‘yilgan Gid-tarjimonlik tayyorlov kursi tinglovchilari uchun navbatdagi sayyor dars Oʼzbekiston tarixi davlat muzeyi Toshkent muzeyi filialida bo‘lib o‘tdi.

Sayyor dars davomida tinglovchilar adiblar hiyobonida joylashgan Toshkent shahri muzeyi 2200 yillik tarixga ega boʼlgan hududning qadim oʼtmishi, urf-odat va anʼanalari, ilm-fani, madaniyati va sanʼatini oʼzida aks ettiradi. Hozirgacha bu yerda mingga yaqin eksponatlar toʼplangan. Muzey fondini boyitish izchil davom ettirilmoqda.

Mazkur sayyor dars tinglovchilarning nafaqat nazariy bilimlarini mustahkamlash, balki amaliy gidlik mahoratini rivojlantirishda ham muhim ahamiyat kasb etdi.

Universitetda tashkil etilgan "Gid-tarjimonlik" tayyorlov kursida o'qish istagini bildirgan talabalar quyidagi 👉 havola 👈 orqali bog'lanishlari mumkin.

Eslatma: Mazkur tayyorlov kurslari O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-iyuldagi PQ-269-son qarori asosida tashkil etilgan.


🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8👍1
Karyera imkoniyatlari: bojxona tizimi bilan ochiq muloqot

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida bitiruvchi bosqich talabalari uchun Karyera markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona organlari vakillari ishtirokida uchrashuv (workshop) tashkil etildi.

Tadbirni o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor M. Chutpulatov ochib berdi. Uchrashuv davomida bojxona tizimidagi xizmat faoliyati, mavjud imkoniyatlar hamda yosh mutaxassislar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.

Tadbirda quyidagi vakillar ishtirok etdilar:
🔹 Pirmuxamedova Umida Baxtiyarovna — Bojxona qo‘mitasi raisining maslahatchisi
🔹 Muminov Oybek Alisherovich — Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari
🔹 Saidov Abbos Tulkunovich — Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari
🔹 Mamajonov Adil Oripovich — Xalqaro hamkorlik boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i

Uchrashuv davomida talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi. Shuningdek, bojxona organlarida amaliyot o‘tash va kelgusida ish faoliyatini boshlash imkoniyatlari muhokama qilindi.

Mazkur workshop talabalarning kasbiy rivoji va bandligini ta’minlashga qaratilgan muhim uchrashuvlardan biri bo‘ldi.

Universitetda yaratilayotgan bunday imkoniyatlar talabalarning kelajakdagi faoliyatida mustahkam zamin yaratadi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍1
🟦🟦🟦

“Universitet malikasi” ko‘rik-tanlovi: sport bahslari o‘tkazildi

Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida talaba-qizlar o‘rtasida tashkil etilgan “Universitet malikasi” ko‘rik-tanlovining sport bo‘yicha bahslari muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

Musobaqa doirasida ishtirokchilar jismoniy tayyorgarlik, tezkorlik, chaqqonlik, kuch va chidamlilik ko‘rsatkichlari bo‘yicha o‘z mahoratlarini namoyish etdilar. Sport shartlari quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha baholandi:
100 metrga yugurish – belgilangan masofani maksimal tezlikda bosib o‘tish;
Arqonda sakrash – maksimal balni qayd etish;
Basketbol savatiga to‘p tashlash – vaqt ichida aniqlik va tezlik bilan to‘p tashlash;
Uzunlikka sakrash – maksimal masofaga sakrash.

Har bir sport yo‘nalishi hakamlar hay’ati tomonidan baholandi va natijalar umumiy ballar tizimida hisobga olindi.

Musobaqa jarayonida xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilindi, tibbiy xodimlar navbatchilikda bo‘ldi.

Bugungi sport bellashuvi talabalarning sog‘lom raqobat, jismoniy faollik va sport mahoratini rivojlantirishga qaratilgan muhim qadam bo‘ldi. Natijalar asosida eng yuqori ball to‘plagan ishtirokchilar keyingi bosqichga – universitet final bosqichiga tavsiya etiladi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8🔥2🤩2👍1