Ingliz tili №1 fakultetida milliy reyting masalalari muhokama qilindi
Universitet rektorining 2026-yil 30-martdagi “Universitetda fakultetlarning milliy reytingini yuritish”ga oid 102/11-08-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash doirasida, 31-mart kuni Ingliz tili №1 fakultetida kengaytirilgan yig‘ilish tashkil etildi.
Mazkur uchrashuvda fakultet dekani, barcha kafedra mudirlari, Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i L. Zaripov, O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i N. Ibragimov hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i B. Xashimov ishtirok etdi.
Yig‘ilish davomida fakultetda milliy reyting tizimini izchil joriy etish, uning samaradorligini oshirish hamda universitet miqyosida yuqori natijalarga erishishga qaratilgan ustuvor vazifalar yuzasidan batafsil muhokamalar olib borildi. Xususan, milliy reyting indikatorlari va baholash mezonlari, 2026–2027 o‘quv yili uchun ishlab chiqiladigan reja hamda kafedralar kesimida belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlarning ijro holati chuqur tahlil qilindi.
Shuningdek, korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, inson omili ta’sirini kamaytirish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar yuzasidan aniq tavsiyalar bildirildi.
Yig‘ilish yakunida o‘quv va ta’lim jarayonlarini zamonaviy talablar asosida tashkil etish, dars mashg‘ulotlari samaradorligini oshirish hamda o‘quv-metodik ta’minotni yanada takomillashtirish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5👍1
Talabalarni ish bilan ta’minlash — ustuvor yo‘nalish
Kecha O‘zDJTU Gid-tarjimonlik kursi tinglovchilari hamda Tarjimonlik fakulteti “Gid hamrohligi va tarjimashunoslik” yo‘nalishi 4-kurs talabalari uchun O‘zbekiston Islom sivilizatsiya markazida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Mazkur markazda tinglovchi va talabalar uchun gid-ekskursovod mutaxassisligi bo‘yicha ishga qabul qilish yuzasidan suhbat jarayonlari puxta tashkil etildi. Unda ishtirokchilar o‘z bilim va ko‘nikmalarini amalda namoyon etish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Suhbatlarda Markaz rahbariyati, O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining mas’ul vakillari qatnashib, jarayonning ochiqligi va xolisligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratdilar.
Jarayon davomida tinglovchi va talabgorlarning nafaqat nazariy tayyorgarligi, balki amaliy ko‘nikmalari, muloqot madaniyati, xorijiy tillarni bilish darajasi hamda gidlik faoliyatiga xos professional yondashuvi har tomonlama baholandi.
Mazkur uchrashuv talabalar uchun o‘z salohiyatini namoyon etish va kelajak kasbiy faoliyatiga muhim qadam qo‘yish imkonini berdi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5🔥2🤩2👍1👏1🎉1
Forwarded from Iqtidorli talabalar | OʻzDJTU
#tugarak #iqtidorlitalabalar
📢 Yoshlar o‘rtasida ilm-fanni rivojlantirish bo‘yicha ishlar davom etmoqda
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli dasturi asosida universitetda maktab o‘quvchilarini ilmiy faoliyatga jalb etish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.
🔹 Iqtidorli o‘quvchilar saralanib, ilmiy salohiyati yuqori bo’lgan iqtidorli talabalar bilan “ustoz–shogird” tamoyili asosida biriktirildi.
🔹 Mashg‘ulotlar interaktiv usullar, ijodiy topshiriqlar va amaliy yondashuv asosida tashkil etildi.
🔹 Natijada o‘quvchilarning ingliz tilida muloqot qilish ko‘nikmalari, ilmiy fikrlashi va motivatsiyasi sezilarli darajada oshdi.
Shuningdek, ilmiy to‘garaklar, seminarlar va loyihalar orqali o‘quvchilarning nazariy bilimlari amaliyot bilan mustahkamlanmoqda.
✨ Mazkur ishlar yoshlarni ilm-fanga keng jalb etish hamda kelajakda yetuk kadrlar tayyorlashga xizmat qilmoqda.

❤3👍2
Gid-tarjimonlik kursi tinglovchilari uchun sayyor dars
O‘zDJTUda yo‘lga qo‘yilgan Gid-tarjimonlik tayyorlov kursi tinglovchilari uchun navbatdagi sayyor dars Oʼzbekiston tarixi davlat muzeyi Toshkent muzeyi filialida bo‘lib o‘tdi.
Sayyor dars davomida tinglovchilar adiblar hiyobonida joylashgan Toshkent shahri muzeyi 2200 yillik tarixga ega boʼlgan hududning qadim oʼtmishi, urf-odat va anʼanalari, ilm-fani, madaniyati va sanʼatini oʼzida aks ettiradi. Hozirgacha bu yerda mingga yaqin eksponatlar toʼplangan. Muzey fondini boyitish izchil davom ettirilmoqda.
Mazkur sayyor dars tinglovchilarning nafaqat nazariy bilimlarini mustahkamlash, balki amaliy gidlik mahoratini rivojlantirishda ham muhim ahamiyat kasb etdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Universitetda tashkil etilgan "Gid-tarjimonlik" tayyorlov kursida o'qish istagini bildirgan talabalar quyidagi 👉 havola 👈 orqali bog'lanishlari mumkin.
Eslatma: Mazkur tayyorlov kurslari O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-iyuldagi PQ-269-son qarori asosida tashkil etilgan.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8👍1