O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.7K subscribers
47.3K photos
2.93K videos
323 files
9.55K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
🟦🟦🟦🟦

Tarjimonlik fakultetida guruh sardorlari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

31-mart kuni universitetning Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i L. Zaripov, O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i N. Ibragimov hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i B. Xashimov tomonidan Tarjimonlik fakultetidagi barcha guruh sardorlari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida ta’lim sifati, o‘quv jarayonlarining tashkil etilishi, talabalarga yaratilgan shart-sharoitlardan qoniqish darajasi hamda korrupsion holatlarning oldini olish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, talabalarni qiziqtirgan savollarga mas’ullar tomonidan batafsil javoblar berildi.

Bundan tashqari, guruh sardorlari bilan ochiq muloqot shaklida bahs-munozara olib borilib, ta’lim sifati va o‘quv jarayonlariga oid muammolar hamda ularning yechimlari yuzasidan fikr almashildi. Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i L. Zaripov universitetda talabalar fikrini o‘rganishga mo‘ljallangan rasmiy @uzdjtu_uzbot ishga tushirilganini ma’lum qilib, unda taklif va mulohazalarni erkin qoldirish mumkinligini ta’kidladi.

Shu bilan birga, B. Xashimov tomonidan korrupsion holatlarning oldini olish, talabalarning bunday jarayonlarga aralashib qolmasligi hamda uning salbiy oqibatlari haqida tushuntirishlar berildi.

Uchrashuv yakunida guruh sardorlariga o‘quv jarayonlarida faol, mas’uliyatli hamda tashabbuskor bo‘lib, boshqa talabalarga ijobiy namuna ko‘rsatish zarurligi qayd etildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
🟦🟦🟦

“Kasb fidoyisi” e’tirofi — ustoz va shogirdlar yutug‘i

Ingliz tili 3-fakulteti, Ingliz tili integrallashgan kursi–3 kafedrasi o‘qituvchisi Anarkulova Zubayda Fayzullo qizi “Jadidlar xalqaro ilmiy tadqiqotlar assotsiatsiyasi” faoliyatida faol ishtirok etib, ilm-fan rivojiga qo‘shayotgan hissasi, yuksak kasbiy mahorati hamda fidoyiligi uchun “Kasb fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Mazkur e’tirof ustozning ilmiy izlanishlarga bo‘lgan qiziqishi, pedagogik faoliyatdagi mas’uliyati va yosh avlodni barkamol etib tarbiyalash yo‘lidagi samarali mehnatining yaqqol natijasidir. Uning faoliyati nafaqat o‘qituvchilikda, balki ilmiy va ma’naviy yo‘nalishda ham ibrat bo‘lib kelmoqda.

Ayniqsa, ustozning mehnati shogirdlari misolida ham o‘z aksini topmoqda. Xudoyqulova Ruxshona, Barotova Gulifor hamda Toshpo‘latova Aziza kabi iqtidorli talabalar “Yil talabasi – 2026” ko‘krak nishoni va maxsus diplomlar bilan taqdirlandilar.

Bu natijalar ustoz va shogirdlar o‘rtasidagi uyg‘un hamkorlik, izlanish va qat’iyatning yorqin ifodasidir.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Ingliz tili №1 fakultetida milliy reyting masalalari muhokama qilindi

Universitet rektorining 2026-yil 30-martdagi “Universitetda fakultetlarning milliy reytingini yuritish”ga oid 102/11-08-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash doirasida, 31-mart kuni Ingliz tili №1 fakultetida kengaytirilgan yig‘ilish tashkil etildi.

Mazkur uchrashuvda fakultet dekani, barcha kafedra mudirlari, Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i L. Zaripov, O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i N. Ibragimov hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i B. Xashimov ishtirok etdi.

Yig‘ilish davomida fakultetda milliy reyting tizimini izchil joriy etish, uning samaradorligini oshirish hamda universitet miqyosida yuqori natijalarga erishishga qaratilgan ustuvor vazifalar yuzasidan batafsil muhokamalar olib borildi. Xususan, milliy reyting indikatorlari va baholash mezonlari, 2026–2027 o‘quv yili uchun ishlab chiqiladigan reja hamda kafedralar kesimida belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlarning ijro holati chuqur tahlil qilindi.

Shuningdek, korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, inson omili ta’sirini kamaytirish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar yuzasidan aniq tavsiyalar bildirildi.

Yig‘ilish yakunida o‘quv va ta’lim jarayonlarini zamonaviy talablar asosida tashkil etish, dars mashg‘ulotlari samaradorligini oshirish hamda o‘quv-metodik ta’minotni yanada takomillashtirish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍1
🟦🟦🟦🟦

Talabalarni ish bilan ta’minlash — ustuvor yo‘nalish

Kecha O‘zDJTU Gid-tarjimonlik kursi tinglovchilari hamda Tarjimonlik fakulteti “Gid hamrohligi va tarjimashunoslik” yo‘nalishi 4-kurs talabalari uchun O‘zbekiston Islom sivilizatsiya markazida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Mazkur markazda tinglovchi va talabalar uchun gid-ekskursovod mutaxassisligi bo‘yicha ishga qabul qilish yuzasidan suhbat jarayonlari puxta tashkil etildi. Unda ishtirokchilar o‘z bilim va ko‘nikmalarini amalda namoyon etish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Suhbatlarda Markaz rahbariyati, O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining mas’ul vakillari qatnashib, jarayonning ochiqligi va xolisligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratdilar.

Jarayon davomida tinglovchi va talabgorlarning nafaqat nazariy tayyorgarligi, balki amaliy ko‘nikmalari, muloqot madaniyati, xorijiy tillarni bilish darajasi hamda gidlik faoliyatiga xos professional yondashuvi har tomonlama baholandi.

Mazkur uchrashuv talabalar uchun o‘z salohiyatini namoyon etish va kelajak kasbiy faoliyatiga muhim qadam qo‘yish imkonini berdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5🔥2🤩2👍1👏1🎉1
#tugarak #iqtidorlitalabalar

📢 Yoshlar o‘rtasida ilm-fanni rivojlantirish bo‘yicha ishlar davom etmoqda

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli dasturi asosida universitetda maktab o‘quvchilarini ilmiy faoliyatga jalb etish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.

🔹 Iqtidorli o‘quvchilar saralanib, ilmiy salohiyati yuqori bo’lgan iqtidorli talabalar bilan “ustoz–shogird” tamoyili asosida biriktirildi.
🔹 Mashg‘ulotlar interaktiv usullar, ijodiy topshiriqlar va amaliy yondashuv asosida tashkil etildi.
🔹 Natijada o‘quvchilarning ingliz tilida muloqot qilish ko‘nikmalari, ilmiy fikrlashi va motivatsiyasi sezilarli darajada oshdi.

Shuningdek, ilmiy to‘garaklar, seminarlar va loyihalar orqali o‘quvchilarning nazariy bilimlari amaliyot bilan mustahkamlanmoqda.

Mazkur ishlar yoshlarni ilm-fanga keng jalb etish hamda kelajakda yetuk kadrlar tayyorlashga xizmat qilmoqda.
3👍2