O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.7K subscribers
47.4K photos
2.94K videos
323 files
9.56K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
📢 KOICA volontyorlari tomonidan tashkil etiladigan to‘garaklarga QABUL BOSHLANDI! 🇰🇷

Siz koreys tili va madaniyatiga qiziqasizmi? Unda ushbu ajoyib imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! KOICA volontyorlari tomonidan olib boriladigan turli yo‘nalishdagi to‘garaklarimizga taklif etamiz!


📌 Eslatma:
✔️ Darslar tajribali KOICA volontyorlari tomonidan olib boriladi
✔️ Amaliy va interaktiv mashg‘ulotlar
✔️ Koreys tilini o‘rganish bilan birga madaniyatni chuqur anglash imkoniyati

📌Qabul 30.03.2026 kuni 21:00da boshlanadi.
📍 Joylar soni cheklangan! Shoshiling va juma soat 12:00gacha ro‘yxatdan o‘ting!

Ro’yxatdan o’tish google form orqali amalga oshiriladi.

To’garaklar iyul oyigacha faoliyat olib boradi. Yakunda sizni sovg’alar va maxsus sertifikatlar kutib turibdi!


Kelajagingizni bugundan boshlang – Koreya sari bir qadam yaqinlashing! 🇰🇷

https://forms.gle/xYGwSmNmkfZa3cmd9

🌐Biz ijtimoiy tarmoqlarda 👇🏻
Telegram|Instagram|Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍1
📢 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PQ-61-son qarori ijrosini ta’minlash doirasida, davlat granti asosida tahsil olayotgan 4-kurs talabalari uchun uch tomonlama shartnomalarni tarqatish ishlari davom etmoqda.
📅 2025-yil 30-mart kuni Registrator ofisi Xizmat ko‘rsatish (Front office) bo‘limi boshlig‘i A. Ahmedov boshchiligida Sharq filologiyasi hamda Roman-german filologiyasi fakulteti bitiruvchi talabalari bilan uchrashuv tashkil etildi va shartnomalar topshirildi.
💬 Uchrashuv jarayonida talabalarga shartnoma shartlari yuzasidan batafsil ma’lumot berildi, ularning murojaatlari tinglanib, barcha savollarga atroflicha javob qaytarildi.
6🔥2👍1
🟦🟦

Dissertatsiya muhokamasi bo‘lib o‘tdi

30-mart kuni soat Samarqand davlat chet tillar instituti tadqiqotchisi Sadikova Bahora Maxmurovnaning 10.00.04 – Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti ixtisosligi bo‘yicha filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozgan dissertatsiyasining yetakchi tashkilotdagi muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

📖 Dissertatsiya mavzusi: “Italyan paremiologiyasida antonimik korrelyatsiyali maqollarning semantik xususiyatlari”

Muhokama davomida tadqiqot ishining dolzarbligi, ilmiy yangiligi hamda amaliy ahamiyati atroflicha tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari paremiologiya yo‘nalishida olib borilayotgan ilmiy izlanishlar uchun muhim manba sifatida baholandi.

Dissertatsiya yuzasidan bildirilgan fikr-mulohazalar va tavsiyalar asosida ishning mazmun-mohiyati keng muhokama qilindi.

Yakunda dissertatsiya ishi belgilangan talablar asosida bajarilgani qayd etilib, uni keyingi bosqichga tavsiya etish yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍1
O‘ZBEKISTON DAVLAT JAHON TILLARI UNIVERSITETI HUZURIDAGI PEDAGOG KADRLARNI QAYTA TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH TARMOQ MARKAZI

Malaka oshirish va stajirovka kurslari doirasida ilmiy faoliyat izchil davom etmoqda

Joriy yilning mart oyida tashkil etilgan malaka oshirish va stajirovka kurslari doirasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida o‘quv jarayoni yuqori saviyada davom ettirilmoqda.

Mazkur kurslar doirasida Qozog‘iston va Qirg‘iziston Respublikasi OTMlaridan tashrif buyurgan professor-o‘qituvchilar biriktirilgan kafedralarda ilmiy faoliyat olib bormoqdalar. Har bir tinglovchiga individual tarzda ilmiy konsultantlar biriktirilgan bo‘lib, ular orasida fan doktorlari, professorlar hamda dotsentlar faoliyat yuritmoqda. Ushbu ilmiy rahbarlik tizimi tinglovchilarning tadqiqot faoliyatini metodologik jihatdan to‘g‘ri yo‘naltirish, ilmiy izlanishlarning sifatini oshirish hamda natijadorligini ta’minlashda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

Ilmiy konsultantlar rahbarligida tinglovchilar individual tadqiqot mavzulari ustida ishlab, zamonaviy ilmiy yondashuvlar, akademik yozuv standartlari hamda ilmiy tahlil usullarini amaliyotga tatbiq etmoqdalar. Bu esa ularning mustaqil ilmiy faoliyat yuritish kompetensiyalarini rivojlantirish bilan bir qatorda, xalqaro ilmiy maydonga integratsiyalashuviga ham zamin yaratmoqda.

Tarmoq markazida tashkil etilayotgan ushbu kurslar ilmiy va pedagogik integratsiyani ta’minlash, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish hamda ta’lim va ilm-fan sohasida yuqori natijalarga erishishda muhim platforma bo‘lib xizmat qilmoqda.

📱Bizni quyidagi ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating👇🏻

🚀 Telegram

🔵Facebook

📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍3🔥2🤩2