O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori huzurida ishlab chiqarish yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
30-mart kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori huzurida ishlab chiqarish yig‘ilishi o‘tkazildi. Yig‘ilishga universitet rektori I. Tuxtasinov raislik qildi.
Unda barcha prorektorlar, rektor maslahatchisi, fakultet dekanlari, boshqarma va bo‘lim boshliqlari ishtirok etdi.
Yig‘ilish kun tartibiga muvofiq, dastlab 2026-yil aprel oyida universitetda o‘tkazilishi rejalashtirilgan qator tadbirlar muhokama qilindi. Jumladan, “Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi”, chim ustida xokkey bo‘yicha “Vazir kubogi” musobaqasi, “Talabalar ligasi” hamda “Talaba-yugur” ko‘ngillilar yugurish marafoni doirasidagi ishlar yuzasidan ma’lumot berildi.
Shuningdek, 2024–2025 va 2025–2026 o‘quv yillari bitiruvchilarini ishga joylashtirish masalasi hamda professor-o‘qituvchilar tomonidan yaratilgan kitoblarni chop etish bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.
Yig‘ilish davomida universitetning 2026-yilga mo‘ljallangan rivojlantirishga oid maqsadli ko‘rsatkichlarining fakultetlar va kafedralarda bajarilish holati atroflicha tahlil qilindi.
Bundan tashqari, universitetda 2026-yilga rejalashtirilgan investitsiyalar dasturi, xalqaro hamkorlik doirasidagi vazifalar, shuningdek qo‘shma ta’lim dasturlarini muvofiqlashtirish bo‘limi faoliyati va qabul jarayonlari yuzasidan ma’lumotlar taqdim etildi.
Yig‘ilish yakunida ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4👍2
Forwarded from Iqtidorli talabalar | OʻzDJTU
Yana bir yutuq❗️
Usmonov Otabek Iqboljon o’g’li
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5👍4🔥2👏1
Forwarded from Iqtidorli talabalar | OʻzDJTU
#togarak
O‘zDJTUning MDLU va BDChTU bilan hamkorlikdagi qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘limida “Umumiy tilshunoslik” kafedrasi katta o‘qituvchilari Madaminova N.R., Alimardanova Sh.A. va Galyamova A.R. tomonidan “Yosh tilshunos” ilmiy to‘garagi doirasida muhim seminar tashkil etildi.
👩🏫 Seminar “Umumiy tilshunoslik” kafedrasi katta o‘qituvchilari — Madaminova N.R., Alimardanova Sh.A. va Galyamova A.R. tomonidan “Kurs ishining tuzilishi va xususiyatlari” mavzusida olib borildi.
✍️ Tadbir davomida:
• kurs ishining mazmuni va tuzilishi
• ilmiy ish yozish talablari
• rasmiylashtirish qoidalari
• ilmiy manbalar bilan ishlash usullari
haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
💬 Seminar yakunida talabalar o‘z savollariga javob oldilar hamda amaliy va interaktiv topshiriqlar orqali bilimlarini mustahkamlashdi.
🎯 Ushbu seminar talabalarni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga jalb etish va ularda kurs ishini yozish bo‘yicha zarur akademik ko‘nikmalarni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
O‘zDJTUning MDLU va BDChTU bilan hamkorlikdagi qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘limida “Umumiy tilshunoslik” kafedrasi katta o‘qituvchilari Madaminova N.R., Alimardanova Sh.A. va Galyamova A.R. tomonidan “Yosh tilshunos” ilmiy to‘garagi doirasida muhim seminar tashkil etildi.
👩🏫 Seminar “Umumiy tilshunoslik” kafedrasi katta o‘qituvchilari — Madaminova N.R., Alimardanova Sh.A. va Galyamova A.R. tomonidan “Kurs ishining tuzilishi va xususiyatlari” mavzusida olib borildi.
✍️ Tadbir davomida:
• kurs ishining mazmuni va tuzilishi
• ilmiy ish yozish talablari
• rasmiylashtirish qoidalari
• ilmiy manbalar bilan ishlash usullari
haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
💬 Seminar yakunida talabalar o‘z savollariga javob oldilar hamda amaliy va interaktiv topshiriqlar orqali bilimlarini mustahkamlashdi.
🎯 Ushbu seminar talabalarni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga jalb etish va ularda kurs ishini yozish bo‘yicha zarur akademik ko‘nikmalarni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
❤4👍1
Forwarded from GENERALISSIMUS
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Давлат хизматчиларида малака жуда паст, ҳатто шундай вазирларимиз бор—Антикор раҳбари Бурханов
@u_generalissimus
@u_generalissimus
❤4👍1
Forwarded from GENERALISSIMUS
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Коррупцияга энг асосий сабаблардан бири - бу иш ҳақининг камлиги — Антикор раҳбари Бурханов
@u_generalissimus
@u_generalissimus
❤7👏2👍1
Nemis tili darslarida mobil videolardan foydalanish mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi
Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Roman-german filologiyasi fakultetida nemis tili yo‘nalishi professor-o‘qituvchilari hamda DAAD lektori Claudio Kasperl ishtirokida “Nemis tili darslarida imtihon formati sifatida mobil telefon videolaridan foydalanish” mavzusida seminar tashkil etildi.
Seminar davomida nemis tili darslarida mobil videolardan foydalanishning afzalliklari, amaliy imkoniyatlari hamda ayrim cheklovlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Ushbu yondashuvning talabalar bilimini baholashdagi samaradorligi va zamonaviy ta’lim jarayonidagi o‘rni alohida ta’kidlandi.
Shuningdek, ishtirokchilar Ozarbayjon Texnika Universiteti tajribasi bilan tanishib, mazkur usulni O‘zbekiston ta’lim tizimida qo‘llash istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar.
Seminar interaktiv muhitda, qizg‘in muhokamalar va foydali takliflar bilan o‘tdi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7👍2🔥1
Ochiq dars: “How to Write a Line Graph”
Xalqaro jurnalistika fakulteti, Lingvistika va ingliz adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi Mirjalilova Madina Jamshid qizi hamda 2-kurs xorijiy til yo‘nalishi magistratura talabasi Yusupova Maxbuba Bardi qizi tomonidan Toshkent shahri Uchtepa tumani 203-umumta’lim maktabi 11-sinf o‘quvchilari uchun B2 darajada “How to Write a Line Graph” mavzusida 80 daqiqalik ochiq dars o‘tkazildi.
Dars davomida o‘quvchilarga chiziqli grafik (line graph)ni to‘g‘ri tahlil qilish, asosiy tendensiyalarni aniqlash va ularni ingliz tilida yozma ravishda ifodalash usullari tushuntirildi. Shuningdek, grafikni tavsiflashda qo‘llaniladigan muhim iboralar, bog‘lovchi so‘zlar hamda grammatik konstruksiyalar ustida amaliy mashg‘ulotlar olib borildi.
Tadbir jarayonida o‘quvchilarning faolligi yuqori bo‘lib, ular berilgan topshiriqlarni qiziqish bilan bajardilar hamda mavzu yuzasidan o‘z bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash imkoniga ega bo‘ldilar.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5👍1
Forwarded from Edu.uz
✴️ Startap bo‘yicha onlayn seminarimiz BOSHLANDI!
G‘oyangizni qanday qilib daromadli loyihaga aylantirishni o‘rganmoqchimisiz? Unda hoziroq efirimizga qo‘shiling! Hech narsani o‘tkazib yubormaslik uchun tezroq safimizga kiring.
🔗 Hoziroq qo‘shiling va o‘z savollaringizni bering:
https://t.me/eduuz
Do‘stlaringizga ham ulashishni unutmang!
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2👍1