O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.7K subscribers
47.3K photos
2.94K videos
323 files
9.55K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
Forwarded from Fakultet talabalari
🌸 OʻDJTU Angren fakultetida Navro‘z shukuhi!

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Angren fakultetida bahor nafasi va yangilanish ayyomi — Navro‘z munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

27-mart kuni o‘tkazilgan ushbu tantana o‘ziga xos mazmun va ko‘tarinki ruhda tashkil etildi. Tadbirning asosiy diqqat markazida talabalarning ijodiy chiqishlari va milliy qadriyatlarimiz namoyishi turdi.

🇺🇿 Viloyatlar madaniyati bir manzilda.
Bayramning eng qiziqarli qismi talabalar tomonidan tayyorlangan "Viloyatlar taqdimoti" bo‘ldi. Har bir guruh yurtimizning turli hududlari — voha-yu vodiyning o‘ziga xos:

-Ur-odatlari va an’analarini;

-liboslarini;

-Dasturxon bezatish sirlari va tansiq taomlarini mahorat bilan namoyish etishdi.

Fakultet hovlisi go‘yo butun O‘zbekistonni o‘zida mujassam etgan kichik va rang-barang xaritaga aylandi. Talabalarning sho‘x raqslari, milliy kuy-qo‘shiqlar va qizg‘in chiqishlari yig‘ilganlarga haqiqiy bahoriy kayfiyat ulashdi.

Navro‘z — birlik va ahillik ramzi. Bugungi tadbir nafaqat bayram, balki talabalarimizning milliy o‘zligimizga bo‘lgan hurmati va mehrini yana bir bor isbotladi.

Barcha ustoz va talabalarni Navro‘z ayyomi bilan muborakbod etamiz! 🌿

#Navruz #OzDJTU #Angren #Talabalar #MilliyQadriyat #Bahor


🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
🌐
https://t.me/Angren_xorijiy_tillar_fakulteti
10👍6
O‘ZBEKISTON DAVLAT JAHON TILLARI UNIVERSITETI HUZURIDAGI PEDAGOG KADRLARNI QAYTA TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH TARMOQ MARKAZI

Joriy yilning mart oyida tashkil etilgan malaka oshirish va stajirovka kurslari davom etmoqda.

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida Qozog‘iston va Qirg‘iziston Respublikalari OTMlaridan tashrif buyurgan professor-o‘qituvchilar uchun malaka oshirish va stajirovka kurslari izchil tashkil etilmoqda.

Mazkur kurslar doirasida ishtirokchilar zamonaviy pedagogik yondashuvlar, innovatsion metodlar hamda ilg‘or xorijiy tajribalar bilan yaqindan tanishib, o‘zlarining ilmiy va kasbiy salohiyatlarini yanada rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘lmoqdalar.

Mashg‘ulotlar yuqori malakali professor-o‘qituvchilar tomonidan olib borilib, nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Xususan, metodika yo‘nalishidagi mashg‘ulotlar pedagogika fanlari doktori, professor Raxmonov Azizxon Bositxonovich tomonidan olib borildi. Malakali mutaxassis tomonidan tashkil etilgan darslar davomida samarali o‘qitish usullari, metodik yondashuvlar hamda amaliy tajribaga asoslangan yechimlar keng yoritildi.

Tarmoq markazida amalga oshirilayotgan ushbu kurslar xalqaro tajriba almashinuvi, ilmiy hamkorlikni rivojlantirish hamda ta’lim sifatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

📱Bizni quyidagi ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating👇🏻

🚀 Telegram

🔵Facebook

📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍2👏2🎉1
🟦🟦🟦🟦🟦

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti bitiruvchi bosqich talabalari uchun yangi imkoniyat!


O‘zbekiston Respublikasi Davlat Bojxona organlari tomonidan iqtidorli, bilimli hamda faol yoshlarni tizimga jalb etish maqsadida universitetimiz bitiruvchi talabalari bilan uchrashuv (suhbat) tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.

Mazkur uchrashuv davomida talabalarga bojxona organlarida xizmat qilishning afzalliklari, yaratilgan sharoitlar va imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot beriladi. Shuningdek, talabalar uchun bojxona organlarida amaliyot o‘tash imkoniyatlari ham ko‘rib chiqiladi.

Suhbatda ishtirok etish uchun quyidagi mezonlarga mos keluvchi talabalar taklif etiladi:
👇👇👇
🔖 Talabalarni saralash mezonlari:

🔻 Bilim va professional ko‘nikmalar

✔️ Kamida 2 ta xorijiy tilni bilishi (ingliz tili majburiy, qo‘shimcha ravishda fransuz, rus, xitoy, koreys, turk va boshqa tillar);

🔻Axborot texnologiyalari va raqamli dasturlar

✔️ MS Excel, maʼlumotlar tahlili, dasturlash asoslari va boshqalar bo‘yicha bilimga ega bo‘lishi;
✔️ Iqtisod, huquq, xalqaro savdo, logistika, axborot texnologiyalari yo‘nalishlari bo‘yicha yaxshi akademik ko‘rsatkichlarga ega bo‘lishi;

🔻 Ijtimoiy faollik

✔️ Universitet hayotida faol ishtirok etishi;
✔️ Talabalar tashkilotlari, yoshlar ittifoqi, ilmiy to‘garaklarda ishtirok etishi;
✔️ Jamoada ishlash va liderlik qobiliyati;

🔻Shaxsiy sifatlar

✔️ Intizomlilik va masʼuliyatlilik;
✔️ Halollik va fidoyilik;
✔️ Tashabbuskorlik va tahlil qilish qobiliyati;

🔻Qo‘shimcha yutuqlar

✔️ Respublika yoki xalqaro fan olimpiadalari, tanlovlar va konferensiyalarda ishtirok yoki g‘oliblik;
✔️Sport musobaqalarida yutuqlar;
✔️ Ilmiy maqolalar yoki startap loyihalar.


📌 Mazkur imkoniyatdan foydalanib, o‘z professional faoliyatini bojxona sohasida davom ettirish istagida bo‘lgan barcha faol talabalarni ushbu suhbatda ishtirok etishga chorlaymiz.

📎 Qo‘shimcha ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha Karyera markaziga murojaat qilishingiz mumkin.

Fursatni qo‘ldan boy bermang!


🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍2
Forwarded from Roman-german filologiyasi fakulteti (𝐒𝐮𝐡𝐫𝐨𝐛 𝐎𝐜𝐡𝐢𝐥𝐨𝐯)
🇺🇿 O‘zDJTU Roman-german filologiyasi fakultetida “Kelajak soati” tashkil etildi

🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakultetida “O‘zbek madaniyati” mavzusida Kelajak soati bo‘lib o‘tdi.

🧠 Mazkur tadbirda talabalarga o‘zbek milliy madaniyatining mazmun-mohiyati, uning tarixiy shakllanishi hamda jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni haqida batafsil ma’lumot berildi. Milliy urf-odatlar, an’analar va qadriyatlarning yoshlar ma’naviy kamolotidagi ahamiyati alohida yoritildi.

🖌 Shuningdek, globallashuv sharoitida milliy o‘zlikni saqlash, madaniy merosni asrab-avaylash va uni zamonaviy hayot bilan uyg‘un rivojlantirish zarurligi ta’kidlandi.

🇺🇿 “Kelajak soati” darsi fakultet dekani X. Xakimov tomonidan olib borilib, mavzuning dolzarbligi keng yoritildi hamda talaba-yoshlar milliy qadriyatlarga hurmat ruhida bo‘lishga chaqirildi.

✏️ Milliy madaniyatni o‘rganish, uni asrab-avaylash va rivojlantirish — har bir ongli insonning muhim vazifasidir.

Biz bilan birga bo’ling!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍3🔥1
Forwarded from Edu.uz
🔝 Startap g‘oyangiz bor, lekin uni qanday amalga oshirishni bilmayapsizmi? Unda ushbu onlayn seminar aynan siz uchun!


Bugun soat 20:00 da spiker – Azizbek Ilhomov bilan onlayn seminar bo‘lib o‘tadi. Unda startap loyihani birinchi qadamdan boshlab rivojlantirish bosqichlari tushuntiriladi.

Seminar davomida nimalarni bilib olasiz?

Startap nima va uning an'anaviy biznesdan farqi;
G‘oyani tekshirish va bozor talabini aniqlash usullari;
Ilk MVP (minimal viable product) yaratish jarayoni;
O‘zbekistondagi grantlar, akseleratorlar va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari;

🗓 Sana: 30-mart
Vaqt: 20:00
📍Manzil: Edu.uz
💰Ishtirok etish: bepul

Do‘stlaringizga ham ulashishni unutmang!

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
Forwarded from Edu.uz
Sun’iy intellekt — bugundan boshlanadigan kelajak!

📢 Hurmatli ustozlar, talabalar va o‘quvchilar! Xabaringiz bor, Prezidentimiz tashabbusiga ko‘ra start olgan “Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasi doirasida keng ko‘lamli amaliy ishlar boshlangan.

🏆 Loyiha doirasida:
– “Eng faol oliy ta’lim tashkiloti”
– “Eng faol maktab”
– “Eng faol informatika fani o‘qituvchisi”
– “Eng faol ishtirokchi”
nominatsiyalari bo‘yicha “Milliy tanlov” tashkil etilgan bo‘lib, g‘oliblar qimmatbaho sovg‘alar hamda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.


📍Hozirda IT Park Uzbekistan majmuasida birinchi taqdirlash marosimiga qizg'in tayyorgarlik boshlangan va mukofotlar o'z sohibini kutmoqda.

Siz ham imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

🚀aileaders.uz platformasi orqali sun’iy intellekt asoslarini o‘rganing, o‘z ko‘nikmalaringizni oshiring hamda olgan bilimlaringizni talaba va o‘quvchilarga o‘rgating!

Shunda nafaqat kelajakda muvaffaqiyatga erishish uchun zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lasiz, balki qimmatbaho sovg‘alarni ham qo‘lga kiritasiz!

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi barchangizni mazkur loyihada faol ishtirok etishga chorlaydi!

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
4👍2
“eng yaxshi fotoalbom” na'muna.pdf
11.1 MB
🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🎞 “Eng yaxshi fotoalbom” tanlovi – qayta e’lon!

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari diqqatiga!

Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan o‘tkazilayotgan “Eng yaxshi fotoalbom” tanlovi qayta e’lon qilinadi. Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan talabalar uchun fotoalbomlarni namuna asosida taqdim etish talab etiladi.

📅 Taqdim etish muddati: 2026-yil 3-aprelga qadar

🎯 Tanlov maqsadi:

• Talabalarning fotografiya sohasidagi ijodiy salohiyatini rivojlantirish
• Navro‘z bayrami va milliy qadriyatlarni keng targ‘ib qilish
• Universitet hayoti va madaniy jarayonlarni badiiy ifodalash
• Iqtidorli talabalarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash

Tanlovda qatnashish:

• Bakalavriat va magistratura talabalari
• Yakka tartibda yoki 2–3 kishilik jamoa bo‘lib
• Har bir ishtirokchi namuna asosida tayyorlangan 10–15 ta fotosuratdan iborat fotoalbomni taqdim etadi



📥 Murojaat qilish tartibi:

• Tayyorlangan fotoalbomlar bilan fakultetlarning Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muoviniga murojaat qilinadi

🧾 Baholash mezonlari:

• Kompozitsiya va kadr tanlash mahorati
• Mavzuning mazmunli va to‘liq yoritilishi
• Fotosuratlarning badiiy-estetik sifati
• Ijodkorlik va yangicha yondashuv
• Fotoalbomning umumiy konsepsiyasi.

Nizom bilan tanishing

🏆 Mukofotlar:

Yakka ishtirokchilar uchun:
🥇 1-o‘rin – bazaviy stipendiyaning 2 barobari + diplom
🥈 2-o‘rin – 1,5 barobari + diplom
🥉 3-o‘rin – 1 barobari + diplom

Jamoaviy ishtirokchilar uchun:
• Mos rag‘batlantiruvchi sovrinlar

Barcha faol ishtirokchilar diplom bilan taqdirlanadi

📌 Eslatma: Fotoalbomlar belgilangan namuna asosida taqdim etilishi shart.

🗓 Natijalar: Universitet rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilinadi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍2