O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.7K subscribers
47.6K photos
2.95K videos
323 files
9.59K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦

Faxrli yutuq egasi!

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakulteti ST-2204 guruhi talabasi Bozorboyev Eldorbek Husniddin o‘g‘li avval Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori bo‘lgan.

🎥 Ushbu yutuq ortidagi mehnat, izlanish va qat’iyat haqida kichik videorolik tayyorlandi. Unda uning muvaffaqiyat sari bosib o‘tgan yo‘li, tajribasi hamda foydali tavsiyalari aks etgan.

Bunday natijalar yoshlar uchun haqiqiy motivatsiya manbai.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 Rektor yotoqxonada — bir kun, bir tun — videolavha

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Rektor yotoqxonada — bir kun, bir tun” tashabbusi doirasida o‘tgan samimiy uchrashuvlardan lavhalar aks etgan videorolik tayyorlandi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👏6👍3🤩2
🟦🟦🟦🟦

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi delegatsiyasining O‘zDJTUga tashrifi bo‘lib o‘tdi

27-mart kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi delegatsiyasi ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Agentlik direktori Sevara Shakirova hamda xorijiy aloqalar bo‘limi bosh mutaxassisi Dilsora Mirzaahmedova, shuningdek, universitet rahbariyati — rektor Ilxomjon Tuxtasinov, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor M. Chutpulatov, ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor O. Yusupov, xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A. Nosirov hamda Karyera markazi yetakchi mutaxassisi Nodira Kadirova ishtirok etdi.

Muzokaralar davomida Agentlik va universitet o‘rtasida ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash, xorijiy tillarga ixtisoslashgan maktablar uchun malakali kadrlar tayyorlash, jumladan, xitoy tili yo‘nalishi bitiruvchilarini ishga jalb etish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, bitiruvchi kurs talabalarining pedagogik amaliyotlarini samarali tashkil etish yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish, amaliy loyihalarni yo‘lga qo‘yish hamda istiqboldagi rejalarni birgalikda amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍1🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📹 Sevaraning muvaffaqiyat sari yo‘li

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Roman-german filologiyasi fakulteti, Fransuz tili nazariy fanlar kafedrasi FFRA-2203 guruhi talabasi Pirnazarova Sevara Doniyor qizi ilgari Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori bo‘lgan.

🎥 Shu yutuq ortidagi mehnat va muvaffaqiyat yo‘li haqida yangi videorolik tayyorlandi. Unda Sevaraning tajribalari, izlanishlari va foydali tavsiyalari aks etgan.

👏 Bunday natijalar yoshlarimiz uchun haqiqiy ilhom manbai!

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍1
Forwarded from Ingliz tili 2-fakulteti | O’zDJTU (Nigora Xoshimxonova ㅤㅤ)
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Joriy yilning 27-mart sanasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti psixologi Z. Xayrullayeva hamda Ikkinchi ingliz fakulteti tyutori Sh. Hazratova tashabbusi bilan 3-bosqich talabalari ishtirokida nomutanosibliklar (psixologik disbalanslar)ning oldini olishga qaratilgan trening mashg‘uloti tashkil etildi.

Mazkur trening zamonaviy psixologik yondashuvlar asosida ishlab chiqilib, unda interaktiv metodlar, xususan, rolli o‘yinlar va psixodrama elementlaridan samarali foydalanildi. Trening jarayonida ishtirokchilarning emosional intellekti, kommunikativ kompetensiyasi hamda jtimoiy-psixologik moslashuvchanligini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.

Mashg‘ulot quyidagi asosiy bosqichlardan iborat bo‘ldi:
“Tanishuv” – guruhda ijobiy psixologik iqlim yaratish va ishtirokchilar o‘rtasida ishonchni shakllantirish;
“Sizga tanlov berilganda” – qaror qabul qilish jarayonida yuzaga keladigan kognitiv dissonans va ichki ziddiyatlarni anglash;
“Emotsiyalarni toping” – ishtirokchilarning emotsiyalarni identifikatsiya qilish va ularni adekvat ifodalash ko‘nikmalarini rivojlantirish;
Psixodrama – shaxsiy tajribalarni sahnalashtirish orqali katarsis, refleksiya va ichki kechinmalarni qayta ishlash;
Faollashtiruvchi mashg‘ulotlar (energizerlar) – diqqatni jamlash, motivatsiyani oshirish va guruh dinamikasini mustahkamlash.
Trening yakunida talabalar o‘zlarining ichki holatini tahlil qilish, stressli vaziyatlarda muvozanatni saqlash hamda samarali ijtimoiy xulq-atvor strategiyalarini qo‘llash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.

😊Ingliz tili ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

📱Telegram. 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4🔥2👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📹 Yoshlarimizning yuksak yutug‘i!

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili fakulteti, 2210-guruh talabasi Jumaniyazova Lobar Sirojiddin qizi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori bo‘ldi.

🎥 Ushbu yutuq ortidagi mehnat va muvaffaqiyat yo‘li haqida videorolik tayyorlandi. Unda Lobar o‘z tajribalari, izlanishlari va foydali tavsiyalari bilan o‘rtoqlashgan.

👏 Bunday natijalar yoshlarimizga ilhom bag‘ishlaydi!

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍1🔥1
Joriy yilning 28-mart kuni O‘zbekiston jahon tillari universiteti “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi professor-o‘qituvchilari psixol.f.d. (DSc) professori A.K.Shamshetova, universitet psixologi, psixol.f.f.d (PhD) Z.T.Xayrullayeva psixolog.f.f.d.( PhD), v.b. dotsent, D.T. Polvanova, psixol.f.f.d (PhD) dotsent, M.M. Miliyeva, katta o‘qtuvchi A.A.Bozorovlar

Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Amaliy psixologiya kafedrasi hamda “Maktabgacha va maktab ta’limi” vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Markaziy Osiyo mintaqasida psixologiya: Holati va rivojlanish istiqbollari” mavzusida xalqaro konferensiyada faol ishtirok etishdi.

Mazkur konferensiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 4-iyuldagi PQ–200-son qarori ijrosini ta’minlash xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar rejasiga muvofiq tashkil etildi.

Konferensiyada Evropa va MDH davlatlari olimlari tomonidan quyidagi dolzarb mavzularda ma’ruza va munozaralar olib borildi:
☆Kross-madaniy tadqiqotlar kontekstida turkiy xalqlarning psixologik maktablari va rivojlanish tendensiyalari;
☆Jamiyatning barqaror rivojlanishini ta’minlashda ruhiy salomatlik va psixologik farovonlik masalalari;
☆Inklyuziv ta’limni psixologik qo‘llab-quvvatlashning zamonaviy yondashuvlari;
☆Shaxs va ijtimoiy guruhlar psixologiyasining dolzarb amaliy tadqiqotlari;
☆Psixolog faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy asoslar (Markaziy Osiyo mamlakatlari tajribasi ochib berildi.


Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.
7👍2🔥1