O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.7K subscribers
47.5K photos
2.94K videos
323 files
9.58K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
🌍 Xorijiy tillar to‘garaklari samarali davom etmoqda

📍 Shayxontohur tumani, 41-maktab
2026-yil mart oyida ushbu maktabda ingliz tili to‘garagining navbatdagi mashg‘ulotlari tashkil etildi.

✔️3-mart kuni esa mashg‘ulot 1-bosqich 2524-guruh talabalari Farangiz Bozorova va Jasmina Olimova tomonidan o‘tkazilib, “Dessert” mavzusiga bag‘ishlandi.
Dars jarayonida o‘quvchilar:
— mavzuga oid yangi so‘zlarni o‘rgandilar;
— turli amaliy mashg‘ulotlarni bajardilar;
— o‘rganilgan so‘zlar asosida gaplar tuzdilar.

✔️4-mart kuni mashg‘ulot 1-bosqich 2524-guruh talabalari Aziza Raxmonqulova va Xurmatoy Tojiboyeva tomonidan olib borilib, “Shopping” mavzusiga bag‘ishlandi.
Dars davomida o‘quvchilar:
— mavzuga oid yangi lug‘at birliklarini o‘rgandilar;
— “warm up” mashg‘ulotlarida ishtirok etdilar;
— speaking ko‘nikmalarini rivojlantiruvchi o‘yinlar o‘ynadilar;
— sifatlarning qiyosiy va orttirma darajalari haqida bilimga ega bo‘ldilar.

✔️10-mart kuni esa 1-bosqich 2524-guruh talabalari Aziza Raxmonqulova va Farangiz Bozorova tomonidan “Marine life” mavzusida mashg‘ulot olib borildi. Darsda pantomima va speakingga yo‘naltirilgan o‘yinlar tashkil etildi.

✔️11-mart kuni mashg‘ulot 1-bosqich 2524-guruh talabasi Xurmatoy Tojiboyeva tomonidan o‘tkazilib, “Travelling” mavzusi yoritildi. Dars davomida countable va uncountable nouns mavzusi ham interaktiv mashqlar orqali mustahkamlandi.

Mashg‘ulotlar davomida o‘quvchilar:
— yangi lug‘at birliklarini o‘rgandilar;
— “warm up” mashg‘ulotlarida faol qatnashdilar;
— interaktiv o‘yinlar orqali bilimlarini mustahkamladilar;
— speaking ko‘nikmalarini rivojlantirdilar;
— berilgan topshiriqlarni muvaffaqiyatli bajardilar.

✔️17-mart kuni mashg‘ulot 1-bosqich 2524-guruh talabasi Jasmina Olimova tomonidan olib borilib, “Sea animals” mavzusiga bag‘ishlandi. O‘quvchilar mavzuga oid lug‘atlarni o‘rganib, qiziqarli o‘yinlar orqali bilimlarini mustahkamlashdi.

Ushbu mashg‘ulotlar o‘quvchilarning ingliz tiliga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning nutqiy va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
7👍3🔥2
🌿 OʻzDJTU Yoshlar akademiyasi jamoasi “Ziyo Day — Navro‘z 2026” tadbirida munosib ishtirok etdi.

📅 2026-yil 28-mart kuni “Ziyo Forum” fondi tomonidan tashkil etilgan “Ziyo Day — Navro‘z 2026” tadbirida universitetimiz Yoshlar akademiyasi jamoasi faol ishtirok etdi.

Mazkur tadbir festival ruhida tashkil etilib, unda ilm-fan, ta’lim va madaniyat yo‘nalishlari uyg‘unlashdi. Tadbir davomida jamoamiz:
— ilmiy-amaliy sessiyalarda qatnashib, o‘z bilim va tajribalarini oshirdi;
— turli oliy ta’lim muassasalari talabalari bilan fikr almashdi;
— madaniy-ko‘ngilochar
dasturlarda faol ishtirok etdi.


Ushbu tadbir yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ilm-fanga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish va o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

📍 OʻzDJTU Yoshlar akademiyasi jamoasi bundan keyin ham shunday nufuzli tadbirlarda faol ishtirok etishda davom etadi.

Yoshlar akademiyasi — ilm-fan yo‘lida birlashamiz!
6🔥2
ILMIY TO‘GARAK FAOLIYATINI BOSHLADI⚡️

Universitet iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi hamkorligida “ILMIY START” nomli ilmiy to‘garak tashkil etildi. Mazkur to‘garak talabalarni ilmiy faoliyatga jalb etish, ularning ilmiy-tadqiqot ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda akademik yozuv malakalarini oshirishga qaratildi.

To‘garak davomida ishtirokchilarga ilmiy maqola yozishning asosiy bosqichlari, dolzarb mavzu tanlash, ilmiy manbalar bilan ishlash va research olib borish usullari o‘rgatildi. Shuningdek, plagiatdan qochish, ilmiy etikaga rioya qilish hamda sifatli ilmiy matn yaratish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar berildi.

To‘garak amaliy mashg‘ulotlar, real tajribalar va individual yondashuv asosida olib borildi. Ishtirokchilar o‘z ilmiy ishlarini shakllantirish, tahrirlash va takomillashtirish bo‘yicha bevosita yordam oldilar.
Mazkur ilmiy to‘garak talabalar uchun ilmiy faoliyatni boshlashda muhim qadam bo‘lib xizmat qildi va ularning kelgusidagi ilmiy izlanishlariga mustahkam zamin yaratadi.

Eslatib o’tamiz: Ushbu ilmiy to’garak har hafta shanba kuni olib boriladi, qatnashmoqchi bo’lganlarni faollikka chorlab qolamiz.
Ma’lumot uchun:
@Z_ebinisojamolova
5👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦

Faxrli yutuq egasi!

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakulteti ST-2204 guruhi talabasi Bozorboyev Eldorbek Husniddin o‘g‘li avval Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori bo‘lgan.

🎥 Ushbu yutuq ortidagi mehnat, izlanish va qat’iyat haqida kichik videorolik tayyorlandi. Unda uning muvaffaqiyat sari bosib o‘tgan yo‘li, tajribasi hamda foydali tavsiyalari aks etgan.

Bunday natijalar yoshlar uchun haqiqiy motivatsiya manbai.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 Rektor yotoqxonada — bir kun, bir tun — videolavha

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Rektor yotoqxonada — bir kun, bir tun” tashabbusi doirasida o‘tgan samimiy uchrashuvlardan lavhalar aks etgan videorolik tayyorlandi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👏6👍3🤩2
🟦🟦🟦🟦

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi delegatsiyasining O‘zDJTUga tashrifi bo‘lib o‘tdi

27-mart kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi delegatsiyasi ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Agentlik direktori Sevara Shakirova hamda xorijiy aloqalar bo‘limi bosh mutaxassisi Dilsora Mirzaahmedova, shuningdek, universitet rahbariyati — rektor Ilxomjon Tuxtasinov, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor M. Chutpulatov, ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor O. Yusupov, xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A. Nosirov hamda Karyera markazi yetakchi mutaxassisi Nodira Kadirova ishtirok etdi.

Muzokaralar davomida Agentlik va universitet o‘rtasida ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash, xorijiy tillarga ixtisoslashgan maktablar uchun malakali kadrlar tayyorlash, jumladan, xitoy tili yo‘nalishi bitiruvchilarini ishga jalb etish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, bitiruvchi kurs talabalarining pedagogik amaliyotlarini samarali tashkil etish yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish, amaliy loyihalarni yo‘lga qo‘yish hamda istiqboldagi rejalarni birgalikda amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍1🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📹 Sevaraning muvaffaqiyat sari yo‘li

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Roman-german filologiyasi fakulteti, Fransuz tili nazariy fanlar kafedrasi FFRA-2203 guruhi talabasi Pirnazarova Sevara Doniyor qizi ilgari Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori bo‘lgan.

🎥 Shu yutuq ortidagi mehnat va muvaffaqiyat yo‘li haqida yangi videorolik tayyorlandi. Unda Sevaraning tajribalari, izlanishlari va foydali tavsiyalari aks etgan.

👏 Bunday natijalar yoshlarimiz uchun haqiqiy ilhom manbai!

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍1
Forwarded from Ingliz tili 2-fakulteti | O’zDJTU (Nigora Xoshimxonova ㅤㅤ)
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Joriy yilning 27-mart sanasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti psixologi Z. Xayrullayeva hamda Ikkinchi ingliz fakulteti tyutori Sh. Hazratova tashabbusi bilan 3-bosqich talabalari ishtirokida nomutanosibliklar (psixologik disbalanslar)ning oldini olishga qaratilgan trening mashg‘uloti tashkil etildi.

Mazkur trening zamonaviy psixologik yondashuvlar asosida ishlab chiqilib, unda interaktiv metodlar, xususan, rolli o‘yinlar va psixodrama elementlaridan samarali foydalanildi. Trening jarayonida ishtirokchilarning emosional intellekti, kommunikativ kompetensiyasi hamda jtimoiy-psixologik moslashuvchanligini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.

Mashg‘ulot quyidagi asosiy bosqichlardan iborat bo‘ldi:
“Tanishuv” – guruhda ijobiy psixologik iqlim yaratish va ishtirokchilar o‘rtasida ishonchni shakllantirish;
“Sizga tanlov berilganda” – qaror qabul qilish jarayonida yuzaga keladigan kognitiv dissonans va ichki ziddiyatlarni anglash;
“Emotsiyalarni toping” – ishtirokchilarning emotsiyalarni identifikatsiya qilish va ularni adekvat ifodalash ko‘nikmalarini rivojlantirish;
Psixodrama – shaxsiy tajribalarni sahnalashtirish orqali katarsis, refleksiya va ichki kechinmalarni qayta ishlash;
Faollashtiruvchi mashg‘ulotlar (energizerlar) – diqqatni jamlash, motivatsiyani oshirish va guruh dinamikasini mustahkamlash.
Trening yakunida talabalar o‘zlarining ichki holatini tahlil qilish, stressli vaziyatlarda muvozanatni saqlash hamda samarali ijtimoiy xulq-atvor strategiyalarini qo‘llash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.

😊Ingliz tili ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

📱Telegram. 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4🔥2👍1