O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.7K subscribers
47.3K photos
2.93K videos
323 files
9.54K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
📢 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PQ-61-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, davlat granti asosida tahsil olayotgan 4-kurs talabalari uchun uch tomonlama shartnomalar tarqatilmoqda.
📅 2025-yil 27-mart kuni Registrator ofisi Xizmat ko‘rsatish (Front office) bo‘limi boshlig‘i A. Ahmedov hamda xodimlar tomonidan Tarjimonlik fakulteti va Ingliz tili 3-fakulteti talabalariga shartnomalar topshirildi.
💬 Jarayon davomida talabalarga shartnomalar mazmuni batafsil tushuntirildi, savollariga javob berildi hamda zarur izohlar berildi.
3
Forwarded from Rasmiy axborot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🕗 “Kelajak muhandislari” respublika ko‘rik tanloviga arizalar qabuli yakunlanishiga atigi 3 kun qoldi!

📌 Vaqt kam — imkoniyat esa katta!

O‘z g‘oyangiz, loyihangiz yoki ixtiroyingizni namoyish etish imkonini qo‘ldan boy bermang!


📝 Eslatib o‘tamiz, tanlov 3 ta
yo‘nalishda o‘tkaziladi:


🔠 Eng yaxshi g‘oya
🔠Eng yaxshi loyiha
🔠 Eng yaxshi ixtiro

🚗 Har bir yo‘nalish g‘olibi — elektromobil sohibiga aylanadi!

Agar ariza topshirishga hali ulgurmagan bo‘lsangiz — bu sizning imkoniyatingiz!

📲 Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting: muhandis.edu.uz

Eslatma: arizalar qabuli 31-mart kuni soat 23:59 da yakunlanadi!

Balki navbatdagi g‘olib aynan siz bo‘larsiz!

https://t.me/Rasmiy_axborot_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍2
🟦🟦🟦

Bitiruv loyiha ishlari himoyasi muvaffaqiyatli o‘tkazildi

2026-yil 28-mart kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazida “Filologiya va tillarni o‘qitish” yo‘nalishi bo‘yicha ingliz, nemis va fransuz tillari mutaxassisliklarida tahsil olgan tinglovchilarning bitiruv loyiha ishlari himoyasi yuqori saviyada tashkil etildi.

Har bir bitiruv loyiha ishi attestatsiya komissiyasi tomonidan batafsil tahlil qilinib, tinglovchilarning kasbiy kompetensiyalari, metodik yondashuvlari hamda amaliy ko‘nikmalariga alohida e’tibor qaratildi. Taqdimotlar davomida ishtirokchilar o‘z fikrlarini aniq va asosli tarzda ifodalab, yuqori darajadagi tayyorgarlikni namoyon etdilar.

Tadbirda attestatsiya komissiyasi raisi, universitet rektori, professor Ilxomjon Tuxtasinov ishtirok etib, bitiruvchilarni muvaffaqiyatli yakun bilan samimiy tabrikladi. U o‘z nutqida tinglovchilarning ilmiy izlanishlarga bo‘lgan qiziqishi, o‘quv jarayonidagi faolligi hamda kasbiy rivojlanishga intilishini alohida e’tirof etdi va ularning kelgusidagi pedagogik hamda ilmiy faoliyatiga omad tiladi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍3
Foundation tinglovchilariga guvohnomalar topshirildi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida tashkil etilgan Foundation kursi tinglovchilariga guvohnoma va tasdiqnomalarni topshirish tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbir tinglovchilarning o‘quv jarayonidagi faolligini oshirish, kelgusidagi ta’lim bosqichlariga qiziqishini kuchaytirish hamda o‘zaro ishonch va hamkorlik muhitini mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.

28-mart kuni universitet hududida o‘tkazilgan ushbu tadbirda Foundation kursi tinglovchilari faol ishtirok etdi. Tadbir davomida kurs doirasida amalga oshirilayotgan o‘quv jarayonlari yuzasidan qisqacha ma’lumot berilib, erishilgan natijalar e’tirof etildi.

Shundan so‘ng tinglovchilarga rasmiy guvohnoma va tasdiqnomalar tantanali ravishda topshirildi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar yoshlarni izchil bilim olishga, o‘z ustida ishlashga va kelgusida yuqori natijalarga erishishga undadi.

Shuningdek, o‘quv jarayonida faol ishtirok etgan tinglovchilar alohida rag‘batlantirildi. Bu esa tadbir ishtirokchilarida yanada katta qiziqish va intilish uyg‘otdi.

Mazkur tadbir tinglovchilar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik va ijobiy muhitni yanada mustahkamladi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8👍4🔥1🤩1
🌍 Xorijiy tillar to‘garaklari samarali davom etmoqda

📍 Shayxontohur tumani, 41-maktab
2026-yil mart oyida ushbu maktabda ingliz tili to‘garagining navbatdagi mashg‘ulotlari tashkil etildi.

✔️3-mart kuni esa mashg‘ulot 1-bosqich 2524-guruh talabalari Farangiz Bozorova va Jasmina Olimova tomonidan o‘tkazilib, “Dessert” mavzusiga bag‘ishlandi.
Dars jarayonida o‘quvchilar:
— mavzuga oid yangi so‘zlarni o‘rgandilar;
— turli amaliy mashg‘ulotlarni bajardilar;
— o‘rganilgan so‘zlar asosida gaplar tuzdilar.

✔️4-mart kuni mashg‘ulot 1-bosqich 2524-guruh talabalari Aziza Raxmonqulova va Xurmatoy Tojiboyeva tomonidan olib borilib, “Shopping” mavzusiga bag‘ishlandi.
Dars davomida o‘quvchilar:
— mavzuga oid yangi lug‘at birliklarini o‘rgandilar;
— “warm up” mashg‘ulotlarida ishtirok etdilar;
— speaking ko‘nikmalarini rivojlantiruvchi o‘yinlar o‘ynadilar;
— sifatlarning qiyosiy va orttirma darajalari haqida bilimga ega bo‘ldilar.

✔️10-mart kuni esa 1-bosqich 2524-guruh talabalari Aziza Raxmonqulova va Farangiz Bozorova tomonidan “Marine life” mavzusida mashg‘ulot olib borildi. Darsda pantomima va speakingga yo‘naltirilgan o‘yinlar tashkil etildi.

✔️11-mart kuni mashg‘ulot 1-bosqich 2524-guruh talabasi Xurmatoy Tojiboyeva tomonidan o‘tkazilib, “Travelling” mavzusi yoritildi. Dars davomida countable va uncountable nouns mavzusi ham interaktiv mashqlar orqali mustahkamlandi.

Mashg‘ulotlar davomida o‘quvchilar:
— yangi lug‘at birliklarini o‘rgandilar;
— “warm up” mashg‘ulotlarida faol qatnashdilar;
— interaktiv o‘yinlar orqali bilimlarini mustahkamladilar;
— speaking ko‘nikmalarini rivojlantirdilar;
— berilgan topshiriqlarni muvaffaqiyatli bajardilar.

✔️17-mart kuni mashg‘ulot 1-bosqich 2524-guruh talabasi Jasmina Olimova tomonidan olib borilib, “Sea animals” mavzusiga bag‘ishlandi. O‘quvchilar mavzuga oid lug‘atlarni o‘rganib, qiziqarli o‘yinlar orqali bilimlarini mustahkamlashdi.

Ushbu mashg‘ulotlar o‘quvchilarning ingliz tiliga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning nutqiy va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
7👍3🔥2