O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.7K subscribers
47.3K photos
2.93K videos
323 files
9.54K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
Forwarded from Ingliz filologiyasi fakulteti (Ibroximxonova Sevaraxon)
3-TTJda nima gaplar?

Ijtimoiy-psixologik muhit bilan ishlash boʻlimi mutaxassislari M.Abdullayeva va N.O'roqboyeva tomonidan 3-TTJ navbatdagi tashrif uyushtirildi.

​Tashrif davomida talabalar bilan samimiy suhbatlar o‘tkazilib, ularning yashash sharoitlari va ijtimoiy-ruhiy holati o‘rganildi. Shuningdek, talabalarni qiynayotgan masalalar yuzasidan zarur tavsiyalar berilib, amaliy yordam ko‘rsatildi.


Ijtimoiy-psixologik muhit barqarorligini ta’minlash — bizning asosiy maqsadimiz!

Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube |Facebook
3👍3
Forwarded from Kontent markazi | Rasmiy
⚡️ “Media haftalik”: mamlakatimizda yilning eng yirik media loyihasi start olmoqda

Global axborot makonidagi shiddatli o‘zgarishlar, ijtimoiy tarmoqlar va sun’iy intellektning rivojlanishi, feyk xabarlar oqimi media sohasi vakillaridan mutlaqo yangicha yondashuvlarni talab etmoqda. Shu maqsadda respublikamizda yilning eng yirik va muhim ta’limiy-amaliy loyihasi — jurnalistlar, blogerlar va matbuot kotiblarini yagona platformada birlashtiruvchi “Media haftalik” o‘z ishini boshladi.

Kontent markazi tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda yo‘lga qo‘yilayotgan mazkur loyiha butun respublikadan qariyb 12,5 ming ishtirokchini qamrab oladi. Joriy yilning 30-martidan 26-iyuniga qadar har bir hududda 5 kunlik intensiv o‘quv-seminarlar va mahorat darslari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

⚙️ Dasturda nazariya va amaliyot birlashadi: asosiy urg‘u haqiqiy tajriba orttirishga qaratiladi. Mamlakatimizning eng yetakchi media-ekspertlari, muharrir va prodyuserlari ishtirokida kontent yaratish, faktcheking, raqamli gigiyena, SMM va strategik kommunikatsiyalar kabi muhim mavzular bo‘yicha treninglar olib boriladi.

Mashg‘ulotlar telejurnalistlar, bosma nashrlar, blogerlar va davlat idoralari matbuot kotiblari uchun alohida yo‘nalishlarda o‘tkaziladi. Bilimlarini oshirgan ishtirokchilarga maxsus sertifikatlar topshiriladi.

📌 O‘zbekiston bo‘ylab harakatlanuvchi mazkur media-estafetaning ilk bosqichi 30-mart kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasida boshlanadi. Darslar davomida ishtirokchilar real keyslar asosida ishlash, xatolarni tahlil qilish, yangi yondashuvlarni shakllantirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Spikerlar o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, zamonaviy media rivojining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar beradi.

💬 Haftalik yakunida hududdagi soha vakillarini qamrab oluvchi yirik Media forum tashkil etiladi.

Loyihada ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar Yoshlar ishlari agentligining hududiy boshqarma va bo‘limlariga murojaat qilishlari mumkin.

Media haftalik quyidagi sanalarda hududlar kesimida tashkil etiladi:

• 30-mart – 3-aprel: Qoraqalpog‘iston Respublikasida;
• 6-aprel – 10-aprel: Xorazm viloyatida;
• 13-aprel – 17-aprel: Surxondaryo viloyatida;
• 20-aprel – 24-aprel: Qashqadaryo viloyatida;
• 27-aprel – 1-may: Samarqand viloyatida;
• 4-may – 8-may: Navoiy viloyatida;
• 11-may – 15-may: Buxoro viloyatida;
• 18-may – 22-may: Farg‘ona viloyatida;
• 25-may – 29-may: Namangan viloyatida;
• 1-iyun – 5-iyun: Andijon viloyatida;
• 8-iyun – 12-iyun: Jizzax viloyatida;
• 15-iyun – 19-iyun: Sirdaryo viloyatida;
• 22-iyun – 26-iyun: Toshkent viloyati va Toshkent shahrida.


🦋 Kontent markazi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4
📢 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PQ-61-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, davlat granti asosida tahsil olayotgan 4-kurs talabalari uchun uch tomonlama shartnomalar tarqatilmoqda.
📅 2025-yil 27-mart kuni Registrator ofisi Xizmat ko‘rsatish (Front office) bo‘limi boshlig‘i A. Ahmedov hamda xodimlar tomonidan Tarjimonlik fakulteti va Ingliz tili 3-fakulteti talabalariga shartnomalar topshirildi.
💬 Jarayon davomida talabalarga shartnomalar mazmuni batafsil tushuntirildi, savollariga javob berildi hamda zarur izohlar berildi.
3
Forwarded from Rasmiy axborot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🕗 “Kelajak muhandislari” respublika ko‘rik tanloviga arizalar qabuli yakunlanishiga atigi 3 kun qoldi!

📌 Vaqt kam — imkoniyat esa katta!

O‘z g‘oyangiz, loyihangiz yoki ixtiroyingizni namoyish etish imkonini qo‘ldan boy bermang!


📝 Eslatib o‘tamiz, tanlov 3 ta
yo‘nalishda o‘tkaziladi:


🔠 Eng yaxshi g‘oya
🔠Eng yaxshi loyiha
🔠 Eng yaxshi ixtiro

🚗 Har bir yo‘nalish g‘olibi — elektromobil sohibiga aylanadi!

Agar ariza topshirishga hali ulgurmagan bo‘lsangiz — bu sizning imkoniyatingiz!

📲 Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting: muhandis.edu.uz

Eslatma: arizalar qabuli 31-mart kuni soat 23:59 da yakunlanadi!

Balki navbatdagi g‘olib aynan siz bo‘larsiz!

https://t.me/Rasmiy_axborot_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍2
🟦🟦🟦

Bitiruv loyiha ishlari himoyasi muvaffaqiyatli o‘tkazildi

2026-yil 28-mart kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazida “Filologiya va tillarni o‘qitish” yo‘nalishi bo‘yicha ingliz, nemis va fransuz tillari mutaxassisliklarida tahsil olgan tinglovchilarning bitiruv loyiha ishlari himoyasi yuqori saviyada tashkil etildi.

Har bir bitiruv loyiha ishi attestatsiya komissiyasi tomonidan batafsil tahlil qilinib, tinglovchilarning kasbiy kompetensiyalari, metodik yondashuvlari hamda amaliy ko‘nikmalariga alohida e’tibor qaratildi. Taqdimotlar davomida ishtirokchilar o‘z fikrlarini aniq va asosli tarzda ifodalab, yuqori darajadagi tayyorgarlikni namoyon etdilar.

Tadbirda attestatsiya komissiyasi raisi, universitet rektori, professor Ilxomjon Tuxtasinov ishtirok etib, bitiruvchilarni muvaffaqiyatli yakun bilan samimiy tabrikladi. U o‘z nutqida tinglovchilarning ilmiy izlanishlarga bo‘lgan qiziqishi, o‘quv jarayonidagi faolligi hamda kasbiy rivojlanishga intilishini alohida e’tirof etdi va ularning kelgusidagi pedagogik hamda ilmiy faoliyatiga omad tiladi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍3
Foundation tinglovchilariga guvohnomalar topshirildi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida tashkil etilgan Foundation kursi tinglovchilariga guvohnoma va tasdiqnomalarni topshirish tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbir tinglovchilarning o‘quv jarayonidagi faolligini oshirish, kelgusidagi ta’lim bosqichlariga qiziqishini kuchaytirish hamda o‘zaro ishonch va hamkorlik muhitini mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.

28-mart kuni universitet hududida o‘tkazilgan ushbu tadbirda Foundation kursi tinglovchilari faol ishtirok etdi. Tadbir davomida kurs doirasida amalga oshirilayotgan o‘quv jarayonlari yuzasidan qisqacha ma’lumot berilib, erishilgan natijalar e’tirof etildi.

Shundan so‘ng tinglovchilarga rasmiy guvohnoma va tasdiqnomalar tantanali ravishda topshirildi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar yoshlarni izchil bilim olishga, o‘z ustida ishlashga va kelgusida yuqori natijalarga erishishga undadi.

Shuningdek, o‘quv jarayonida faol ishtirok etgan tinglovchilar alohida rag‘batlantirildi. Bu esa tadbir ishtirokchilarida yanada katta qiziqish va intilish uyg‘otdi.

Mazkur tadbir tinglovchilar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik va ijobiy muhitni yanada mustahkamladi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8👍4🔥1🤩1