O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.7K subscribers
47.7K photos
2.96K videos
323 files
9.61K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
🟦🟦🟦

Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori talabalar turar joyida

27-mart kuni bugun, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori, professor Ilxomjon Tuxtasinov, “Rektor yotoqxonada — bir kun, bir tun” tashabbusi doirasida talabalar turar joyida bo‘lib, u yerda talabalar bilan bevosita uchrashuv va suhbatlar olib bormoqda.

Uchrashuv davomida talabalar kunlik muammo va ehtiyojlari, yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishtirildi. Rektor Ilxomjon Tuxtasinov talabalar bilan ochiq va samimiy muloqot qilib, ularning fikr-mulohazalari va takliflarini tingladi, shuningdek, joyida yechilishi mumkin bo‘lgan masalalarni belgiladi.

Tashabbus doirasida:
• talabalar bilan yaqindan uchrashuv va suhbatlar o‘tkazish,
• yashash sharoitlari va mavjud muammolarni aniqlash,
• talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish,

Muhim: Rektor talabalar bilan bir kecha turar joyda qolib, ularning kundalik hayoti va ehtiyojlarini yanada yaqindan o‘rganmoqda. Ushbu tashabbus talabalarning turar joyidagi sharoitlarini yaxshilash va ular bilan samarali muloqot olib borishga qaratilgan.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11🔥5👏2👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿 Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Sharq filologiyasi fakulteti professor-oʻqituvchilari hamda talabalari universitet Navroʻz saylida ishtirok etishdi. Ushbu sayldan videolavha tayyorlandi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda 👇🏻
Telegram|Instagram|Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌷🔤🔤🌹🔤😴🌷

🎥 NAVRO‘Z SAYLI – videolavha

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda Uchtepa tumani hokimligi hamkorligida tashkil etilgan “NAVRO‘Z SAYLI” bayram tadbiri ko‘tarinki ruh, milliy an’analar va yorqin chiqishlarga boy tarzda bo‘lib o‘tdi.

🎬 Quyidagi videolavha orqali bayramning eng unutilmas lahzalarini tomosha qilishingiz mumkin!

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥148🤩1
🏆🏆🏆

Talabalar bilan sog‘lom turmush sari muhim qadam

Bugun, 28-mart kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi yoshlar bilan birgalikda ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlarida ishtirok etdi. Ushbu mashg‘ulotlar talabalarning jismoniy faolligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda kunni tetik va yuqori kayfiyatda boshlashga undadi.

Mashg‘ulotlar davomida talabalar va rahbariyat vakillari bir safda turib mashqlarni bajarib, samimiy va ochiq muloqot olib borishdi. Bu jarayon talabalar bilan yaqindan tanishish, ularning fikr-mulohazalari, taklif va muammolarini tinglash uchun muhim imkoniyat yaratdi. Natijada jamoaviy muhit yanada mustahkamlanib, talabalar va rahbariyat o‘rtasidagi o‘zaro ishonch hamda hurmat yanada kuchaydi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur tadbir “Rektor yotoqxonada — bir kun, bir tun” tashabbusi doirasida tashkil etildi. Mazkur tashrif davomida rektor talabalar turar joyida bir kun davomida bo‘lib, yoshlarning kundalik hayoti, yashash sharoitlari hamda ularni qiziqtirayotgan masalalar bilan bevosita tanishdi va ular bilan birga tunab qoldi.

Ushbu tashabbus talabalar hayotiga yaqinlashish, ularning ehtiyoj va takliflarini joyida o‘rganish hamda mavjud masalalarga amaliy yechim topish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11👍3🔥2🤩2🎉1
🟦🟦🟦

Talabalar bilan bir kecha: Rektor 3-TTJda

27-mart kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov “Rektor yotoqxonada — bir kun, bir tun” tashabbusi doirasida 3-talabalar turar joyiga tashrif buyurdi. U yerda talabalar bilan bevosita uchrashuv o‘tkazilib, samimiy suhbatlar tashkil etildi.

Uchrashuv davomida talabalar kundalik muammolari, ehtiyojlari hamda yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishildi. Rektor talabalar bilan ochiq muloqot olib borib, ularning fikr-mulohazalari va takliflarini tingladi hamda joyida hal etilishi mumkin bo‘lgan masalalarni belgilab oldi.

Muhim jihat: rektor bir kecha TTJda qolib, talabalar kundalik hayoti va ehtiyojlarini yanada yaqindan o‘rgandi. Ushbu tashabbus talabalar turar joyidagi sharoitlarni yaxshilash va ular bilan samarali muloqotni yo‘lga qo‘yishga qaratildi.

Shuningdek, san’at va sportga qiziqadigan talabalar bilan ham samimiy suhbat o‘tkazilib, ular o‘z ijodiy ishlari va yutuqlarini namoyish etdilar.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤩62