RASMIY MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim foydalanuvchilar tomonidan oliy ta’lim muassasalari talabalari haqida turli mazmundagi asossiz va noto‘g‘ri talqinlar tarqatilayotgani kuzatilmoqda.
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-avgust kuni o‘tkazilgan kengaytirilgan yig‘ilishi hamda 2026-yil 24-fevraldagi “Yoshlar bilan ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlarga bag‘ishlangan” muloqotida oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining bandligini ta’minlash, ularni mehnat bozoriga tayyor holda olib chiqish, amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish va munosib ish o‘rinlariga yo‘naltirish yuzasidan aniq vazifalar belgilab berilgan.
Shuningdek, Prezidentning PQ-61-son qarorida ham bitiruvchilar bandligini ta’minlash, ularni ish beruvchilar bilan uzviy bog‘lash, amaliyot tizimini takomillashtirish hamda mehnat bozori talablariga mos kadrlar tayyorlash ustuvor yo‘nalish sifatida belgilangan.
Mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida bitiruvchi bosqich talabalari bilan tizimli va manzilli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, talabalarni mavjud vakant ish o‘rinlari bilan tanishtirish, ish beruvchi tashkilotlar bilan bevosita uchrashuvlar tashkil etish, amaliyot jarayonlarini real sektor bilan integratsiya qilish hamda ularni doimiy ish o‘rinlariga yo‘naltirish bo‘yicha kompleks choralar amalga oshirilmoqda.
Ta’kidlash joizki, universitet tomonidan olib borilayotgan barcha sa’y-harakatlar talabalarning bandligini ta’minlash, ularning kasbiy tayyorgarligini oshirish hamda mehnat bozorida munosib o‘rin egallashiga ko‘maklashishga qaratilgan.
Natijalarga to‘xtaladigan bo‘lsak, “Kelajakka qadam” dasturi doirasida 27 nafar bitiruvchi talabaga jami 5 mlrd 857 mln so‘m miqdorida moliyaviy ko‘mak ajratilib, 95 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Mazkur natijalar yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularni amaliy faoliyatga yo‘naltirish hamda barqaror daromad manbalarini shakllantirish borasida olib borilayotgan ishlarning amaliy ifodasidir.
Muhim jihat: universitet bitiruvchilarining bandlik ko‘rsatkichlari faqat rasmiy tasdiqlangan va barqaror ish o‘rinlari asosida shakllantiriladi. O‘zini o‘zi band qilish holatlari esa doimiy ish bilan ta’minlanganlikni to‘liq tasdiqlamagani sababli umumiy bandlik statistikasiga kiritilmaydi.
Ayrim bitiruvchilarning mehnat faoliyatiga darhol jalb etilmasligi turli obyektiv sabablarga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Jumladan, ularning bir qismi xorijda o‘qishni davom ettirayotgani, oilaviy (jumladan, dekret) holatlari yoki boshqa shaxsiy sabablarga ko‘ra vaqtincha mehnat bozoriga chiqmagan bo‘lishi mumkin.
Shu bois, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan “majburiy o‘zini o‘zi band qilish orqali ko‘rsatkichlarni sun’iy oshirish” haqidagi iddaolar haqiqatga mos kelmaydi.
Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan skrinshotlarga kelsak, ularning aynan universitet xodimlari yozishmalaridan olingani ishonchli dalillar bilan tasdiqlanmagan. Agar mazkur holat yuzasidan aniq va asosli ma’lumotlar taqdim etilsa, ular belgilangan tartibda o‘rganilib, tegishli choralar ko‘riladi.
Jamoatchilikdan tekshirilmagan va biryoqlama talqinlarga asoslangan xabarlarga tanqidiy yondashishni so‘raymiz. Universitet faoliyati amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar asosida, ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga qat’iy amal qilgan holda olib borilmoqda.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8
Bangladesh Mustaqillik kuni munosabati bilan madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi
26-mart kuni Bangladesh Xalq Respublikasining Mustaqillik kuni hamda Bengal xalqining Milliy bayrami munosabati bilan poytaxtimizdagi Hayyat Regency mehmonxonasining tadbirlar zalida yirik madaniy, ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston va Bangladesh tashqi ishlar vazirlari, madaniyat va sport ishlari vazirlari, shuningdek, mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan diplomatik korpus vakillari, oliy ta’lim muassasalari rektorlari, taniqli ziyolilar hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etdilar.
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti dan rektor, professor Ilxomjon Tuxtasinov, universitet huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi direktori Jamilya Rustamovna Abduganiyeva, universitet dotsenti, taniqli tarjimon Begoyim Xolbekova, shuningdek, ingliz tili amaliy fanlar kafedrasi mudiri, professor Dildora Isroilova tadbirda faol qatnashdilar.
Tadbir doirasida ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni mustahkamlash, madaniy hamkorlikni rivojlantirish hamda xalqaro aloqalarni kengaytirishga qaratilgan fikr-mulohazalar bildirildi. Ushbu uchrashuv o‘zaro hurmat va hamkorlik tamoyillariga asoslangan aloqalarni yanada rivojlantirish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etdi.

❤8🔥3👏1
Forwarded from ZAMON | RASMIY
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
16:00 27.03.2026
Bangladesh mustaqilligiga bagʻishlangan tadbir bo'lib o'tdi
#Toshkent
muxbir: Saidakbar Mo’minov
https://t.me/zamon_lavhalar

Fransiyaga jo‘nab ketayotgan professor-o‘qituvchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2026-yil 27-mart kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Fransiyaning Le Havre Normandie universitetiga jo‘nab ketayotgan professor-o‘qituvchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Mazkur uchrashuv Yevropa Ittifoqining Erasmus+ mobililik dasturi doirasida amalga oshirilayotgan xalqaro loyiha doirasida tashkil etildi. Unda universitet rahbariyati va mas’ul xodimlar ishtirok etib, safar oldidan professor-o‘qituvchilarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Ma’lum qilinishicha, universitetning 5 nafar professor-o‘qituvchilari 2026-yil 30-martdan 3-aprelga qadar Fransiyada bo‘lib, Le Havre Normandie universitetida o‘tkaziladigan seminar-treninglarda ishtirok etadi. Safar bilan bog‘liq barcha xarajatlar loyiha mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
Uchrashuvda universitet rektori I.M. To‘xtasinov, xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A. Nasirov, xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i X. Yo‘ldashev hamda Roman-german filologiyasi fakulteti dekani X. Hakimov ishtirok etib, ishtirokchilarga muvaffaqiyat tiladilar hamda safar davomida universitet nufuzini munosib namoyon etish muhimligini ta’kidladilar.
Safar doirasida professor-o‘qituvchilar Le Havre Normandie universiteti tegishli fakultetlari faoliyati bilan tanishadi, xorijiy hamkasblar bilan fransuz tilini o‘qitishni takomillashtirish masalalari bo‘yicha tajriba almashadi. Shuningdek, O‘zbekistonda chet tillarini o‘qitish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, universitet faoliyati hamda xalqaro reytinglardagi o‘rni haqida taqdimotlar o‘tkaziladi.
Bundan tashqari, hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish, indekslangan jurnallarda maqolalar chop etish, doktorantlarga qo‘shma ilmiy rahbarlikni yo‘lga qo‘yish hamda xorijiy professor-o‘qituvchilarni universitetga jalb etish bo‘yicha takliflar ilgari surilishi qayd etildi.
Shu bilan birga, talabalarni yozgi maktablar va madaniy-ma’rifiy dasturlarda ishtirok etish uchun jalb qilish masalalari ham muhokama qilindi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6👍2
Forwarded from Edu.uz
#rezidentlik_dasturi
Ijtimoiy siyosat laboratoriyasi (ISLAB) va J-PAL O‘zbekistonda ijtimoiy himoya, rivojlanish iqtisodiyoti hamda davlat siyosati ta’sirini baholash yo‘nalishlarida ilmiy izlanishlar olib borish istagidagi tadqiqotchilarni rezidentlik dasturiga taklif etadi.
2026-yilgi guruh uchun 10 dan ortiq o‘rin ajratilgan. Arizalar kelib tushish tartibiga ko‘ra ko‘rib chiqiladi, shu sababli hujjatlarni tezroq topshirish tavsiya etiladi.
Dastur doirasida siz quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘lasiz:
• ISLAB va J-PAL tadqiqotchilaridan bevosita mentorlik;
• MIT MicroMasters'ning “Ma’lumotlar, iqtisodiyot va rivojlanish siyosati (DEDP)” kurslarida o‘qish imkoniyati;
• Amaliy ijtimoiy siyosat tadqiqotlarida real tajriba;
• Mahalliy va xalqaro olimlar bilan professional netvorking;
• Kelajakdagi tadqiqotlar uchun moliyalashtirish imkoniyatlari;
• Tadqiqot akseleratori rezidenti sifatidagi rasmiy maqom.
👤 Kimlar topshirishi mumkin?
Iqtisodiyot, ijtimoiy siyosat, davlat boshqaruvi, statistika yoki tegishli miqdoriy (kvantitativ) fanlar bo‘yicha ma’lumotga, tadqiqot tajribasi va kuchli tahliliy ko‘nikmalarga ega nomzodlar.
🗓 Oxirgi muddat: 2026-yil 14-aprel.
🔗 Batafsil ma’lumot va ariza topshirish: Dastur yo‘riqnomasi.
Dasturga mos keladigan hamkasb va do‘stlaringiz bilan ulashishni unutmang!
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Yosh tadqiqotchilar diqqatiga: ISLAB va J-PAL hamkorligidagi 12 oylik Tadqiqot akseleratori dasturiga qabul ochildi

Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤4👏2
Forwarded from Iqtidorli talabalar | OʻzDJTU
📚 O‘zDJTUda navbatdagi ilmiy to‘garak mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi
📅 27-mart kuni O‘zDJTU 2-Ingliz tili fakulteti “Ingliz tilini o‘qitish metodikasi №2” kafedrasi katta o‘qituvchisi Rahmatova Nargiza tomonidan
📝 “How to Write an Effective Research Abstract” mavzusida navbatdagi to‘garak mashg‘uloti tashkil etildi.
🔍 Mashg‘ulot davomida talabalarga:
— ilmiy annotatsiyaning ahamiyati
— uning maqoladagi o‘rni
— asosiy tarkibiy qismlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
📌 Shuningdek, annotatsiyada:
dolzarb muammo, tadqiqot maqsadi, metodlar, natijalar va xulosalarni qisqa hamda aniq ifodalash usullari tushuntirildi.
✍️ Amaliy qismda talabalar o‘z mavzulari asosida annotatsiyalar tuzib, ularni tahlil qilish orqali ilmiy yozuv ko‘nikmalarini mustahkamlashdi.
🎯 Mashg‘ulot yakunida talabalar nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirib, ilmiy fikrni lo‘nda va aniq ifodalash malakalarini rivojlantirishdi.
🚀 Ushbu mashg‘ulot yosh izlanuvchilarning ilmiy yozuv madaniyatini shakllantirish va tadqiqotchilik ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

❤6