O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.7K subscribers
47.7K photos
2.96K videos
323 files
9.6K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
🟦🟦🟦

“Yangi O‘zbekiston talabalari Olimpiadasi” sport musobaqalari oʻtkaziladi

26-mart kuni “Yangi O‘zbekiston talabalari Olimpiadasi” sport musobaqalarini tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish oʻtkazildi. Respublika oliy taʼlim tashkilotlari rektorlari va prorektorlari, sport klublari rahbarlari ishtirok etgan yig‘ilishga Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov raislik qildi.

Mazkur yig‘ilish Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti vakillari ham onlayn tarzda ishtirok etdi.

Oliy taʼlim tashkilotlari talaba-yoshlarini sportga keng jalb etishga qaratilgan mazkur musobaqalar Sport vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Milliy olimpiya qoʻmitasi hamkorligida o‘tkaziladi.

Olimpiada 3 bosqichda tashkil etiladi:

— Oliy taʼlim tashkilotlari miqyosida (1–30-aprel);
— Hududiy bosqich (1–15-may);
— Respublika finali (1–10-iyun).

Musobaqalar 7 ta sport turi — basketbol 3x3, voleybol, gandbol, yengil atletika, stol tennisi, suzish va futbol boʻyicha yurtimizdagi barcha davlat, xususiy va xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari oʻrtasida oʻtkaziladi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍2
O‘ZBEKISTON DAVLAT JAHON TILLARI UNIVERSITETI HUZURIDAGI PEDAGOG KADRLARNI QAYTA TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH TARMOQ MARKAZI

Xorijiy tinglovchilar uchun malaka oshirish va stajirovka kurslari davom etmoqda.

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida Qozog‘iston va Qirg‘iziston Respublikalaridan tashrif buyurgan pedagog-o‘qituvchilar uchun malaka oshirish va stajirovka kurslari izchil davom etmoqda.

Mazkur o‘quv jarayonida tinglovchilarga ilmiy va innovatsion yo‘nalishdagi bilimlarni chuqurlashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, filologiya fanlari doktori, dotsent Daliyeva Madina Xabibullayevna tomonidan mazmunli mashg‘ulotlar olib borilib tinglovchilarning ilmiy tafakkurini rivojlantirish, zamonaviy tadqiqot yondashuvlarini o‘zlashtirish hamda innovatsion g‘oyalarni shakllantirishga xizmat qilmoqda.

Shuningdek, inklyuziv ta’lim yo‘nalishida filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori, dotsent Nilufar Muhamedova tomonidan ilmiy-amaliy loyiha doirasida approbatsiya jarayoni tashkil etildi. Mazkur jarayon tinglovchilar uchun inklyuziv ta’limning zamonaviy yondashuvlari bilan tanishish, amaliy tajriba orttirish va ushbu sohada ilg‘or metodlarni qo‘llash imkonini yaratdi.

Tarmoq markazida olib borilayotgan mazkur kurslar xorijiy tinglovchilarning nafaqat pedagogik, balki ilmiy salohiyatini oshirish, xalqaro tajriba almashinuvini kengaytirish hamda ta’lim sifatini yanada yuksaltirishga xizmat qilmoqda.

📱Bizni quyidagi ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating👇🏻

🚀 Telegram

🔵Facebook

📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👏3🔥2👍1🤩1
Forwarded from Roman-german filologiyasi fakulteti (Shahzoda Matlabxonova)
🌷NAVRO‘Z SAYLI: ROMAN-GERMAN FILOLOGIYASI FAKULTETIDA MILLIY QADRIYATLAR TARANNUMI 🌷

🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida o‘tkazilgan “Navro‘z Sayli” bayrami doirasida Roman-german filologiyasi fakulteti ham ushbu umumxalq bayramini ko‘tarinki ruhda nishonladi.

🔺 Fakultet jamoasi tomonidan Qashqadaryo viloyatiga xos milliy taomlar, urf-odatlar va an’analar o‘ziga xos tarzda namoyish etildi. Milliy dasturxon bezaklari, qadimiy udumlar va an’anaviy kiyimlar orqali mehmonlarga vohaning boy madaniy merosi taqdim qilindi.

🔺 Tadbir davomida Qashqadaryoga xos milliy o‘yinlar, kelin-salom marosimi va hunarmandchilik namunalari namoyish etilib, ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Mehmonlar milliy taomlardan tatib ko‘rib, xalqimizning bebaho qadriyatlarini yanada yaqindan his qilish imkoniga ega bo‘ldilar.

Ushbu bayram orqali talabalar milliy an’ana va qadriyatlarimizni chuqurroq anglab, ularni asrab-avaylash va kelajak avlodga yetkazish yo‘lida faol ishtirok etdilar.


Bizni kuzatib boring ;

📱 Telegram 📱Instagram 📱Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍2👏2🎉1