Dissertatsiya muhokamasi bo‘lib o‘tdi
25-mart kuni soat 12:00 da Pulatova Dilrabo Dilshodovnaning 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (koreys tili) ixtisosligi bo‘yicha tayyorlagan “Koreys tilini o‘qitishda filolog talabalarning lingvomadaniy kompetensiyasini shakllantirish” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasining kengaytirilgan kafedra ilmiy muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur muhokama oflayn shaklda hamda ZOOM onlayn platformasi orqali tashkil etilib, unda professor-o‘qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar va soha mutaxassislari faol ishtirok etdi.
Muhokama jarayonida dissertatsiya ishining dolzarbligi, ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyati keng yoritildi. Ishtirokchilar tomonidan mavzu yuzasidan savollar berilib, fikr va takliflar bildirildi.
Yig‘ilish yakunida dissertatsiya ishi ijobiy baholanib, uning keyingi bosqichga tavsiya etilishi qayd etildi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6👍2👏1
O‘zDJTUda hamkorlik memorandumi imzolandi
2026-yil 25-mart kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga University of Business and Science (UBS) oliy ta’lim muassasasi Kuzatuv kengashi a’zosi Xurramov Zufar tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida mehmon O‘zDJTU rektori, professor Ilxomjon Tuxtasinov bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida University of Business and Science hamda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Mazkur hujjat ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar sohalarida tizimli, barqaror va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan ta’lim jarayonining uzviy integratsiyasini ta’minlashga qaratilgan.
Memorandum doirasida tomonlar:
— o‘quv dasturlarini takomillashtirish,
— ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish,
— professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun malaka oshirish imkoniyatlarini kengaytirish,
— xalqaro akademik hamkorlikni rivojlantirish kabi ustuvor yo‘nalishlarda o‘zaro faoliyat olib borishga kelishib oldilar.
Mazkur hamkorlik ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi akademik aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish yo‘lida muhim qadam sifatida e’tirof etildi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6👍2👏1
Forwarded from Edu.uz
O‘zbekiston universitetlari xalqaro reytinglarda o‘z o‘rnini mustahkamlamoqda
2026-yil 25-mart kuni xalqaro nufuzli QS Quacquarelli Symonds agentligi tomonidan dunyoning eng yaxshi universitetlarining fan sohalari bo‘yicha reytingi – “QS World University Rankings by Subject - 2026” natijalari e’lon qilindi.
Mazkur reyting natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonning 7 ta oliy ta’lim muassasasi 12 ta fan yo‘nalishi bo‘yicha dunyoning top-1000 universitetlari ro‘yxatidan joy oldi. Ushbu natija mamlakatimiz oliy ta’lim tizimi uchun katta ahamiyatga ega bo‘lib, o‘tgan yilga nisbatan reytingga kirgan universitetlar soni 2 taga, fan yo‘nalishlari esa 4 taga oshgani bilan ajralib turadi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/145975
👉 На русском
👉 In English
#xalqaro_reyting #QS_2026
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤6👍6
Bugun, 25-mart kuni maxsus sertifikatlar O‘zDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinovga topshirildi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14❤8🔥1🎉1