O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.7K subscribers
47.8K photos
2.97K videos
323 files
9.62K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
🔻🔻🔻🔻🔻

Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi

2026-yil 25-mart kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Ijtimoiy davlatda inson huquqlarini ta’minlashning global ahamiyati va zamonaviy yondashuvlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori, pedagogika fanlari doktori, professor Ilxomjon Tuxtasinov ishtirokchilarni qutlab, anjumanni ochib berdi. Unda mamlakat va xorijdan yetakchi olimlar, siyosiy va huquqshunos mutaxassislar, professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, talabalar hamda xalqaro ekspertlar qatnashdi.

Anjumanda so‘z olgan asosiy mehmonlar qatorida:
• O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi raisi – Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov,
• O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti direktori – Murodjon Turg‘unov,
• O‘zbekiston davlat va jamoat arbobi, siyosiy fanlar doktori, professor – Narzulla Jo‘rayev,
• Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi deputatlari – To‘ychibek Yoqubov va Yulduzoy Mamadiyorova,
• Qarshi axborot texnologiyalari va menejment universiteti professori, turkiyalik olima – Beyxan Shan,
• O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti professori – Farxod Xatamov,
• Tojikiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi professori – Manzura Raupova,
• O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti professori, falsafa fanlari doktori – Sunnatillo Mavlonovich Raxmonov
va boshqa yetakchi mutaxassislar.

Anjuman doirasida ishtirokchilar ijtimoiy davlatda inson huquqlarini ta’minlashning nazariy va amaliy asoslari, global tajribalar va zamonaviy yondashuvlarni muhokama qildi. Shu bilan birga talabalar va yosh tadqiqotchilar savollariga javob olish, yangi ilmiy bilimlarni egallash imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Tadbir ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, xalqaro va mahalliy tajribalarni o‘rganish hamda soha mutaxassislari o‘rtasida fikr almashish uchun muhim platforma sifatida xizmat qildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍2
🔻🔻🔻🔻🔻

Ilmiy muhokamalar va ma’ruzalar

Anjumanning yalpi majlisida soha olimlari, professor-o‘qituvchilar va xalqaro ekspertlar ijtimoiy davlat sharoitida inson huquqlarini ta’minlashning nazariy-huquqiy asoslari va amaliy mexanizmlarini batafsil taqdim etdilar.

Keyin ishtirokchilar belgilangan sho‘balarga bo‘linib, mavzular bo‘yicha chuqur muhokamalarda qatnashdi. Har bir sho‘bada talaba va mutaxassislar savollariga javob oldi, yangi ilmiy bilim va tajriba bilan boyidi. Mazkur yig‘ilishlar ilmiy izlanishlarni muhokama qilish, yangi yondashuvlar va tajribalarni almashish, shuningdek, hamkorlik aloqalarini mustahkamlash uchun mo‘ljallangan edi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍1
🟦🟦🟦

Eng faol ishtirokchilar taqdirlandi

Anjuman yakunida eng faol ishtirokchilar hamda eng yaxshi ma’ruza mualliflari maxsus sertifikatlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Tanlov natijalariga ko‘ra, mehmon ishtirokchilar orasida faol qatnashgan Isomov Muxammadjon birinchi o‘rinni egalladi va yuqori baholandi.

🥇Birinchi o‘rin – Isomov Muxammadjon
🥈Ikkinchi o‘rin – Yoqubov Humoyiddin
🥉Uchinchi o‘rin – Mubina Shokirova (talaba)

Shuningdek, anjumanda ma’ruza bilan ishtirok etgan barcha ishtirokchilar tashakkurnomalar bilan taqdirlandi. Tadbir davomida bildirilgan ilmiy fikr va takliflar, dolzarb masalalar yuzasidan olib borilgan muhokamalar anjumanning mazmunan boy va samarali o‘tganini ko‘rsatdi.

Yakunda ishtirokchilarga konferensiya materiallari nashri hamda sertifikatlar topshirildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4