Workshop muvaffaqiyatli o‘tkazildi
“FROM EI TO AI: UNLOCKING SPEAKING SKILLS” nomli innovatsion workshop yuqori saviyada va katta qiziqish bilan tashkil etildi. Tadbir davomida professor-o‘qituvchilar hamda talabalar faol ishtirok etib, zamonaviy ta’lim yondashuvlari asosida o‘z bilim va ko‘nikmalarini boyitdilar.
Workshop jarayonida ishtirokchilar gapirish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan ilg‘or metodlar, emotsional intellekt va sun’iy intellekt integratsiyasi asosida ishlab chiqilgan samarali yondashuvlar bilan yaqindan tanishdilar. Amaliy mashg‘ulotlar esa olingan bilimlarni darhol sinab ko‘rish va mustahkamlash imkonini berdi.
Xalqaro ekspert Feruz Akbarov tomonidan olib borilgan trening yuqori professional darajada o‘tib, ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Trenerning zamonaviy g‘oyalari, real tajribaga asoslangan misollari va foydali tavsiyalari workshop mazmunini yanada boyitdi.
Ayniqsa, “The Art of Teaching: Let Your Teaching Voice Be Heard” kitobi asosida berilgan muhim fikrlar ishtirokchilarga yangi pedagogik qarashlar va innovatsion yondashuvlarni chuqurroq anglashga yordam berdi.
Tadbir ishtirokchilari workshopni nihoyatda foydali, motivatsion va amaliy jihatdan boy deb baholab, bunday treninglarni muntazam tashkil etish zarurligini ta’kidladilar.
Mazkur workshop nafaqat bilim, balki yangi g‘oyalar va ilhom manbai sifatida ishtirokchilarda ijobiy taassurot uyg‘otdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤10👍6
Forwarded from O'zDJTU “REGISTRATOR OFISI”
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PQ-61-son farmon ijrosini ta’minlash maqsadida, Oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash tizimini kuchaytirish doirasida davlat granti asosida tahsil olayotgan 4-kurs talabalariga uch tomonlama shartnomalar tarqatilmoqda.
2025-yil 25-mart kuni Registrator ofisi Xizmat ko‘rsatish (Front office) bo‘limi boshlig‘i A. Ahmedov va xodimlar xalqaro jurnalistika fakulteti hamda magistratura talabalariga ushbu shartnomalarni topshirdilar. Jarayon davomida talabalarga shartnomalar mazmuni batafsil tushuntirilib, ularning savollariga javob berildi va kerakli izohlar taqdim etildi.

❤2👍2🎉1
QS World University Rankings by Subject 2026: yangi bosqich sari muhim natijalar
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti QS World University Rankings by Subject 2026 xalqaro reytingida muhim yutuqlarga erishdi va o‘z tarixida yangi bosqichni boshlab berdi.
🌍 Shuningdek, universitet ilk bor Modern Languages yo‘nalishi bo‘yicha ham reytingdan o‘rin olib, 301-o‘rinni qayd etdi. Bu ko‘rsatkich xorijiy tillar ta’limi va ilmiy tadqiqotlar yo‘nalishida xalqaro miqyosda e’tirof ortib borayotganidan dalolat beradi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8👏4❤3🔥3🎉2
Rektor Koreya madaniyat markazi tashkil etish jarayonlari bilan tanishdi
Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov universitetning Zakovat ko‘chasi, 4-uy manzilida joylashgan hududda bo‘lib, Koreya madaniyat markazini tashkil etish hamda uni ta’mirlash jarayonlari bilan yaqindan tanishdi. Tashrifda KOICA O‘zbekiston vakolatxonasi direktor o‘rinbosari Kim Siyon hamda koreyalik ekspert Park Jiho hamrohlik qildi.
Tashrif davomida rektor markazni zamonaviy talablarga mos tashkil etish, talabalar uchun qulay sharoitlar yaratish hamda uni ta’lim jarayoniga samarali integratsiya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratdi.
Shuningdek, olib borilayotgan ta’mirlash ishlari sifati va muddatlari yuzasidan mas’ullar bilan suhbatlashilib, zarur tavsiyalar bildirildi.
Jarayonda universitet rahbariyati vakillari ham ishtirok etib, markaz faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish, uni xalqaro hamkorlikning muhim platformasiga aylantirish hamda talabalarning amaliy bilimlarini oshirishga qaratilgan yo‘nalishlar muhokama qilindi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4❤1
Germaniyaning Frayburg oliy o‘quv yurti professori Nadya Vulffning O‘zDJTUga tashrifi bo‘lib o‘tdi
25-mart kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Germaniyaning Frayburg pedagogika oliy o‘quv yurti professori Nadya Vulffning tashrifi doirasida uchrashuv va muzokaralar tashkil etildi.
Dastlab mehmon universitet rektorati binosida bo‘lib, O‘zDJTU faoliyati, ta’lim yo‘nalishlari hamda xalqaro hamkorlik aloqalari bilan yaqindan tanishdi.
Shundan so‘ng O‘zDJTU rektori, professor Ilxomjon Tuxtasinov boshchiligida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda tomonlar o‘rtasida Germaniyaning Frayburg pedagogika oliy o‘quv yurti bilan hamkorlikni kengaytirish, xususan, DAAD jamg‘armasining “Sharqiy hamkorlik dasturi” doirasida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Muzokaralar davomida quyidagi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi:
— nemis tili o‘qituvchilarining malakasini oshirish;
— xorijiy mutaxassislarni O‘zDJTUga jalb etish;
— professor-o‘qituvchilar, yosh olimlar va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish;
— Frayburg oliy o‘quv yurti talabalarining O‘zDJTUda amaliyot o‘tashi;
— hamkorlikda darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar va soha lug‘atlarini yaratish;
— nemis adabiyotini o‘zbek tiliga tarjima qilish;
— O‘zbekistonning turistik salohiyatini targ‘ib etuvchi materiallar tayyorlash;
— seminar, trening, konferensiya va simpoziumlarda o‘zaro ishtirok etish;
— talabalar uchun yozgi maktablar tashkil etish kabi muhim yo‘nalishlar.
Uchrashuvda universitetning xalqaro hamkorlik va mutaxassislik yo‘nalishlariga mas’ul rahbar xodimlari ham ishtirok etib, hamkorlikni amaliy jihatdan rivojlantirish bo‘yicha fikr almashdilar.
Mazkur tashrif ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi akademik aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish hamda qo‘shma ta’lim va ilmiy loyihalarni kengaytirish uchun muhim qadam bo‘ldi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4👍1👏1