O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.7K subscribers
47.5K photos
2.94K videos
323 files
9.58K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
🟦🟦🟦

BITIRUV MALAKAVIY ISHLARI HIMOYASI MUVAFFAQIYATLI O‘TKAZILDI

24-mart kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida “Xorijiy til” yo‘nalishi, rus tili mutaxassisligi bo‘yicha pedagogik qayta tayyorlash kurslari tinglovchilarining bitiruv malakaviy ishlari himoyasi muvaffaqiyatli tashkil etildi.

Mazkur jarayonda attestatsiya komissiyasi raisi, universitet rektori, professor Ilxomjon Madaminovich Tuxtasinov ishtirok etib, tinglovchilarni muvaffaqiyatli himoya bilan samimiy tabrikladi. Shuningdek, ularning kasbiy o‘sishga bo‘lgan intilishi, ilmiy yondashuvi va pedagogik salohiyatini alohida e’tirof etdi.

Himoya jarayonida tinglovchilar tomonidan taqdim etilgan bitiruv ishlari zamonaviy ta’lim yondashuvlari, innovatsion metodlar hamda xorijiy tillarni o‘qitish metodikasining dolzarb masalalarini qamrab oldi.

Taqdimotlarda nazariy bilimlar amaliy tajriba bilan uyg‘unlashtirilib, ilmiy asoslangan taklif va xulosalar ilgari surildi.

Mazkur jarayon tinglovchilarning egallagan bilim va ko‘nikmalarini amaliy jihatdan namoyon etish, mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish hamda samarali pedagogik yondashuvlarni mustahkamlashda muhim bosqich bo‘ldi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍3🤩2
🟦🟦🟦

XALQARO MALAKA OSHIRISH KURSLARINING AMALIY BOSQICHI BOSHLANDI

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida xalqaro hamkorlik doirasida tashkil etilgan malaka oshirish va stajirovka kurslarining navbatdagi muhim bosqichi boshlandi. Ikki haftaga mo‘ljallangan mazkur kurslarning bevosita tarmoq markazida o‘tkaziladigan amaliy mashg‘ulotlari yo‘lga qo‘yildi.

Ushbu bosqichda ishtirok etish uchun Qozog‘iston Respublikasining M.Kozybayev nomidagi Shimoliy Qozog‘iston universiteti, Meta University hamda Qirg‘iziston Respublikasining Qirg‘iziston Xalqaro universitetidan xorijiy mutaxassislar Toshkent shahriga tashrif buyurdi.

Qo‘shni respublikalardan kelgan 17 nafar tinglovchi mashg‘ulotlar davomida zamonaviy pedagogik yondashuvlar va innovatsion metodikalar bilan yaqindan tanishmoqda. Shu bilan birga, ular o‘zlarining ilmiy hamda pedagogik bilimlarini mustahkamlash imkoniga ega bo‘lmoqda. Darslar yuqori malakali professor-o‘qituvchilar tomonidan olib borilayotgani o‘quv jarayonining samaradorligini yanada oshiradi.

Mazkur kurslar xalqaro tajriba almashinuvi, ilmiy salohiyatni rivojlantirish va pedagoglarning kasbiy kompetensiyalarini takomillashtirishda muhim o‘rin tutadi.

Tarmoq markazida bunday hamkorlik loyihalarini kengaytirish bo‘yicha ishlar izchil davom ettiriladi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍43🔥2👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📢 AMITY CAREER FEST 2026

🔥Ready to take the next step in your career?
Join one of the biggest student career events of the season and connect directly with top employers from leading industries.

Participating companies include:
UZCARD, Fido-biznes, KPMG Uzbekistan, Texnomart, Uzbekistan Airports, EPAM, TBC Bank, Huawei, UNICON, IT Park, Hyatt Regency Tashkent, UZINFOCOM, National Bank of Uzbekistan and more.


📅 Date: 6 April
Time: 14:00 – 16:00
📍 Venue: Amity University in Tashkent (Labzak, 70)

💼 What awaits you at the fest:
• Career Talks from industry experts
• Interview Corner with recruiters
• CV Workshop Zone to improve your resume
• Networking Zone to build valuable connections
• Refreshment & Drink Zone

👔 Dress smart & professional to make a strong first impression.
📄 Don’t forget to bring your CV (e-version)

🎯 Whether you are actively job-hunting or just exploring opportunities — this event is for you!

✉️ Companies registration: @amitycareer
📝 Job seekers registration: FORM

Your future career starts with one conversation!
See you there 🚀


😜Telegram 😂Facebook 😀Instagram 😅Youtube 😃Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍1🤩1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎉Yangi yutuq – yangi marralar sari! 🎓

🇺🇿🇺🇿O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Tarjimonlik fakulteti TING–2303 guruhi talabasi Karimova O‘g‘iloy Rahmatulla qizi nufuzli Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori bo‘ldi.

Ushbu yutuq talabamizning ilmiy izlanishlari, intilishi hamda bilimga bo‘lgan yuqori qiziqishining yorqin natijasi hisoblanadi.

👉Talabaning ilmiy rahbari — Pedagogika fanlari doktori, dotsent Yo‘ldoshev Ulug‘bek Ravshanbekovich.

💡Hozirgi kunda Karimova O‘g‘iloy ekologiya sohasiga oid inglizcha–o‘zbekcha lug‘at yaratish, shuningdek ingliz va rus tillaridagi ekologik terminlarga o‘zbek tilida muqobil variantlar ishlab chiqish ustida ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda. Ushbu izlanishlar nafaqat tarjimonlik sohasining rivojiga, balki ekologik terminologiyaning boyishiga ham muhim hissa qo‘shishi kutilmoqda.

👏 Karimova O‘g‘iloy Rahmatulla qizini ushbu yuksak yutuq bilan samimiy tabriklaymiz hamda kelgusidagi ilmiy faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

🌐Bizning ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Telegram. Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👏3👍2
🎓 Bugungi foydali ma’lumot!

📌 Akademik mobillik nima?

Oddiy qilib aytganda — siz o‘z universitetingiz talabasi bo‘lib turib, vaqtincha boshqa OTMda o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lasiz 😎

📖 Ushbu imkoniyat:
578-son qaror (umumiy tartib)
824-son qaror (akademik mobillikning aniq tartibi)
asosida amalga oshiriladi

💡 Eng muhim jihatlari:

Talaba boshqa OTMda ko‘pi bilan 2 semestr o‘qishi mumkin
Akademik mobillikka chiqish odatda semestr boshida amalga oshiriladi
📅 Ya’ni: fevral yoki sentabr–oktabr oylarida

📝 Qanday tartibda bo‘ladi?
— Talaba ariza topshiradi
— Universitet tomonidan ko‘rib chiqiladi
— Tasdiqlansa, boshqa OTMga yuboriladi

🎯 Eng zo‘r tomoni:
Boshqa joyda o‘qigan fanlaringiz o‘z universitetingizda tan olinadi

🚀 Qisqacha:
Bir muddat boshqa universitet + yangi tajriba + yangi muhit = katta imkoniyat!

📌 To‘liq ma’lumot uchun Registrator ofisiga murojaat qiling.

📢 Batafsil tushuntirishlar kanalda davom etadi — kuzatib boring!
6
Forwarded from Edu.uz
#Prezident_stipendiyasi #rasman

⚡️Magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha Prezident stipendiyasi g‘oliblari rasman tasdiqlandi!


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Hay’at qarori bilan 2025/2026-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalari magistratura bosqichining 22 nafar talabasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi tanlovi g‘olibi sifatida tasdiqlandi.

Shuningdek, tanlovda ishtirok etib, sovrindor bo‘lmagan talabalar ham tegishli OTM rahbari (rektor/direktor) tomonidan rag‘batlantiriladi.

Jumladan:
➡️ Prezident davlat stipendiyasi tanlovida ishtirok etib, tanlovning suhbat bosqichiga tavsiya etilgan ammo sovrindor bo‘la olmagan talabgorlarga bazaviy stipendiya miqdorining 5 baravari;

➡️ Prezident davlat stipendiyasi tanlovida ishtirok etib, tanlovning suhbat bosqichiga tavsiya etilmagan talabgorlari esa, bazaviy stipendiya miqdorining 3 baravari miqdoridagi bir martalik pul mablag‘i bilan mukofotlanadi. 

Ma’lumot o‘rnida, joriy o‘quv yilida magistratura mutaxassisligi bo‘yicha jami 195 nafar talabgor nomzodlarning hujjatlari taqdim etilib, 22 ta yo‘nalishda tanlovning so‘nggi suhbat bosqichiga tavsiya etilgan 61 nafar talabgor bilan alohida suhbatlar o‘tkazildi. Suhbat natijasi Maxsus tanlov komissiyasi tomonidan yashirin ovoz berish yo‘li bilan g‘oliblar tavsiya etildi.


👉Prezident davlat stipendiyasi g‘oliblari ro‘yxati

💐Barcha stipendiat talabalarimizni chin dildan muborakbod etamiz!


Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍1
Forwarded from Edu.uz
#Prezident_stipendiyasi #rasman

⚡️Magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha Prezident stipendiyasi g‘oliblari rasman tasdiqlandi!


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Hay’at qarori bilan 2025/2026-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalari magistratura bosqichining 22 nafar talabasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi tanlovi g‘olibi sifatida tasdiqlandi.

Shuningdek, tanlovda ishtirok etib, sovrindor bo‘lmagan talabalar ham tegishli OTM rahbari (rektor/direktor) tomonidan rag‘batlantiriladi.

Jumladan:
➡️ Prezident davlat stipendiyasi tanlovida ishtirok etib, tanlovning suhbat bosqichiga tavsiya etilgan ammo sovrindor bo‘la olmagan talabgorlarga bazaviy stipendiya miqdorining 5 baravari;

➡️ Prezident davlat stipendiyasi tanlovida ishtirok etib, tanlovning suhbat bosqichiga tavsiya etilmagan talabgorlari esa, bazaviy stipendiya miqdorining 3 baravari miqdoridagi bir martalik pul mablag‘i bilan mukofotlanadi. 

Ma’lumot o‘rnida, joriy o‘quv yilida magistratura mutaxassisligi bo‘yicha jami 195 nafar talabgor nomzodlarning hujjatlari taqdim etilib, 22 ta yo‘nalishda tanlovning so‘nggi suhbat bosqichiga tavsiya etilgan 61 nafar talabgor bilan alohida suhbatlar o‘tkazildi. Suhbat natijasi Maxsus tanlov komissiyasi tomonidan yashirin ovoz berish yo‘li bilan g‘oliblar tavsiya etildi.


👉Prezident davlat stipendiyasi g‘oliblari ro‘yxati

💐Barcha stipendiat talabalarimizni chin dildan muborakbod etamiz!


Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍1
Italiya–Markaziy Osiyo biznes forumi doirasida tarjimonlik faoliyati

24-mart kuni Toshkent shahridagi Intercontinental mehmonxonasida Italiya hamda Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan nufuzli biznes forum bo‘lib o‘tdi. Unda Italiya kompaniyalari vakillari, mahalliy tadbirkorlar hamda turli soha mutaxassislari ishtirok etdi.

Forum doirasida tashkil etilgan B2B uchrashuvlar jarayonida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Italiya tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi talabalari ketma-ket tarjima qilib, italiyalik hamkorlar va mahalliy tadbirkorlar o‘rtasidagi muloqotni samarali yo‘lga qo‘yishda faol qatnashdilar. Ushbu jarayonda Muslima Gaziyeva, Jasmina Keldiyorova, Sevinch Keldiyorova, Maftuna Latipova, Go‘zaloy Nazarqulova, Mo‘tabar Nishonova, Muhayyo Odilxo‘jayeva hamda Umida Shodiyeva ishtirok etdi.

Shuningdek, forumning konferensiya qismida kafedra professor-o‘qituvchilari Baxora Ergashova va Ruxsora Abduzohirova tomonidan sinxron tarjima yuqori saviyada amalga oshirildi. Tadbir yakunida Italiya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi vakillari tarjimonlar faoliyatini alohida e’tirof etib, universitet jamoasiga minnatdorlik bildirdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4521🎉17🤩8👏3👍1