AQSH oliygohlari bilan hamkorlik aloqalari rivojlanmoqda
24-mart kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda universitet rektori I. Tuxtasinov AQSHning Brigem Yang universiteti Gumanitar fanlar kolleji dekani Kristofer Oskarson hamda dekan muovini, slavyanistika bo‘yicha mutaxassisi Grant Landbergni qabul qildi. Mehmonlarga universitet faoliyatiga oid videorolik namoyish etilib, O‘zDJTUning xalqaro aloqalari, ta’lim yo‘nalishlari va reytinglardagi o‘rni haqida batafsil ma’lumot berildi.
Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Jumladan, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi, o‘qituvchilar malakasini oshirish, onlayn va an’anaviy shakldagi seminar hamda vebinarlar tashkil etish, shuningdek, Brigem Yang universiteti talabalari uchun O‘zDJTUda stajirovka dasturlari va yozgi madaniy lagerlar yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.
Kristofer Oskarson O‘zDJTU faoliyatini yuqori baholab, hamkorlikni rivojlantirishga tayyor ekanini bildirdi. Grant Landberg esa rus tili yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun 6 haftadan 2 oygacha davom etadigan madaniy-ma’rifiy dasturlar hamda qisqa muddatli stajirovkalarni tashkil etish tashabbusini qo‘llab-quvvatladi.
Ma’lumot o‘rnida, Brigem Yang universiteti 1875-yilda akademiya sifatida tashkil etilgan bo‘lib, 1903-yilda universitet maqomini olgan. Bugungi kunda unda 35 mingdan ortiq talaba tahsil oladi, 1200 ga yaqin professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritadi. Universitet tarkibida 11 ta kollej va maktab mavjud bo‘lib, Gumanitar fanlar kollejida 80 dan ortiq xorijiy tillar o‘qitiladi.
Uchrashuv yakunida tomonlar ilgari surilgan tashabbuslarni amalga oshirish, tegishli shartnomalarni imzolash va istiqbolda hamkorlikni izchil rivojlantirish borasida o‘zaro kelishuvga erishdilar.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤11🎉3👍1
BITIRUV MALAKAVIY ISHLARI HIMOYASI MUVAFFAQIYATLI O‘TKAZILDI
24-mart kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida “Xorijiy til” yo‘nalishi, rus tili mutaxassisligi bo‘yicha pedagogik qayta tayyorlash kurslari tinglovchilarining bitiruv malakaviy ishlari himoyasi muvaffaqiyatli tashkil etildi.
Mazkur jarayonda attestatsiya komissiyasi raisi, universitet rektori, professor Ilxomjon Madaminovich Tuxtasinov ishtirok etib, tinglovchilarni muvaffaqiyatli himoya bilan samimiy tabrikladi. Shuningdek, ularning kasbiy o‘sishga bo‘lgan intilishi, ilmiy yondashuvi va pedagogik salohiyatini alohida e’tirof etdi.
Himoya jarayonida tinglovchilar tomonidan taqdim etilgan bitiruv ishlari zamonaviy ta’lim yondashuvlari, innovatsion metodlar hamda xorijiy tillarni o‘qitish metodikasining dolzarb masalalarini qamrab oldi.
Taqdimotlarda nazariy bilimlar amaliy tajriba bilan uyg‘unlashtirilib, ilmiy asoslangan taklif va xulosalar ilgari surildi.
Mazkur jarayon tinglovchilarning egallagan bilim va ko‘nikmalarini amaliy jihatdan namoyon etish, mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish hamda samarali pedagogik yondashuvlarni mustahkamlashda muhim bosqich bo‘ldi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6👍3🤩2
XALQARO MALAKA OSHIRISH KURSLARINING AMALIY BOSQICHI BOSHLANDI
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida xalqaro hamkorlik doirasida tashkil etilgan malaka oshirish va stajirovka kurslarining navbatdagi muhim bosqichi boshlandi. Ikki haftaga mo‘ljallangan mazkur kurslarning bevosita tarmoq markazida o‘tkaziladigan amaliy mashg‘ulotlari yo‘lga qo‘yildi.
Ushbu bosqichda ishtirok etish uchun Qozog‘iston Respublikasining M.Kozybayev nomidagi Shimoliy Qozog‘iston universiteti, Meta University hamda Qirg‘iziston Respublikasining Qirg‘iziston Xalqaro universitetidan xorijiy mutaxassislar Toshkent shahriga tashrif buyurdi.
Qo‘shni respublikalardan kelgan 17 nafar tinglovchi mashg‘ulotlar davomida zamonaviy pedagogik yondashuvlar va innovatsion metodikalar bilan yaqindan tanishmoqda. Shu bilan birga, ular o‘zlarining ilmiy hamda pedagogik bilimlarini mustahkamlash imkoniga ega bo‘lmoqda. Darslar yuqori malakali professor-o‘qituvchilar tomonidan olib borilayotgani o‘quv jarayonining samaradorligini yanada oshiradi.
Mazkur kurslar xalqaro tajriba almashinuvi, ilmiy salohiyatni rivojlantirish va pedagoglarning kasbiy kompetensiyalarini takomillashtirishda muhim o‘rin tutadi.
Tarmoq markazida bunday hamkorlik loyihalarini kengaytirish bo‘yicha ishlar izchil davom ettiriladi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4❤3🔥2👏1