O‘zDJTU talabalari “Qatag‘on qurbonlari” muzeyiga tashrif uyushtirdi
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari siyosiy qatag‘on qurboni bo‘lgan yurtdoshlarimiz hayoti va faoliyatini o‘rganish maqsadida “Qatag‘on qurbonlari” muzeyiga tashrif buyurdi.
Talabalar muzey eksponatlari bilan tanishib, tarixiy hujjatlar va fotografiyalar orqali qatag‘on qurbonlarining jasorat va fidoyiliklari haqida batafsil ma’lumot oldi. Shu orqali ular tarixiy voqealarni chuqurroq anglash imkoniga ega bo‘ldi.
Tashrif davomida yoshlarimiz tarixiy xotirani saqlash va hurmat qilishning ahamiyatini his qildi. Muzeyga tashrif ularning tarixiy ongini rivojlantirish va milliy xotirani yanada mustahkamlashga hissa qo‘shdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari siyosiy qatag‘on qurboni bo‘lgan yurtdoshlarimiz hayoti va faoliyatini o‘rganish maqsadida “Qatag‘on qurbonlari” muzeyiga tashrif buyurdi.
Talabalar muzey eksponatlari bilan tanishib, tarixiy hujjatlar va fotografiyalar orqali qatag‘on qurbonlarining jasorat va fidoyiliklari haqida batafsil ma’lumot oldi. Shu orqali ular tarixiy voqealarni chuqurroq anglash imkoniga ega bo‘ldi.
Tashrif davomida yoshlarimiz tarixiy xotirani saqlash va hurmat qilishning ahamiyatini his qildi. Muzeyga tashrif ularning tarixiy ongini rivojlantirish va milliy xotirani yanada mustahkamlashga hissa qo‘shdi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8👍1
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori huzuridagi ishlab chiqarish yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
24-mart kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori huzurida navbatdagi ishlab chiqarish yig‘ilishi o‘tkazildi. Yig‘ilishga universitet rektori I. Tuxtasinov raislik qildi. Unda barcha prorektorlar, rektor maslahatchilari, fakultet dekanlari, shuningdek boshqarma va bo‘lim boshliqlari ishtirok etdi.
Yig‘ilish kun tartibiga muvofiq, 2026-yil 26-mart kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan Navro‘z sayli bayramiga tayyorgarlik ishlari hamda aprel oyida bo‘lib o‘tadigan talabalar sport ligasi musobaqalariga tayyorgarlik masalalari ko‘rib chiqildi. Bu yuzasidan Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor V. Sadiyev axborot berdi.
Shuningdek, 2024–2025 va 2025–2026 o‘quv yillari bitiruvchilarini ishga joylashtirish holati muhokama qilindi. Mazkur masala yuzasidan o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Ch. Chutpulotov ma’lumot taqdim etdi. Yig‘ilishda bitiruvchilar bandligini ta’minlash borasidagi ishlar tahlil qilindi.
Kun tartibidan o‘rin olgan yana bir muhim masala — universitetning 2026-yilga mo‘ljallangan rivojlantirish ko‘rsatkichlarining fakultet va kafedralarda bajarilish holati bo‘ldi. Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor O. Yusupov bu borada amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axborot berdi.
Yig‘ilish davomida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va xalqaro reytinglar bilan ishlash yo‘nalishidagi ishlar ham muhokama qilindi. Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A. Nasirov tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarda mazkur yo‘nalishdagi ustuvor vazifalarga alohida e’tibor qaratildi.
Shu bilan birga, universitetda to‘lov-kontrakt mablag‘lari bo‘yicha mavjud qarzdorliklarni undirish jarayonlarini tizimlashtirish va ichki nazoratni kuchaytirish masalasi ham ko‘rib chiqildi. Moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektor M. Hamrayev ushbu masala yuzasidan axborot berdi.
Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi hamda belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha mas’ullarga ko‘rsatmalar berildi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6👍2
AQSH oliygohlari bilan hamkorlik aloqalari rivojlanmoqda
24-mart kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda universitet rektori I. Tuxtasinov AQSHning Brigem Yang universiteti Gumanitar fanlar kolleji dekani Kristofer Oskarson hamda dekan muovini, slavyanistika bo‘yicha mutaxassisi Grant Landbergni qabul qildi. Mehmonlarga universitet faoliyatiga oid videorolik namoyish etilib, O‘zDJTUning xalqaro aloqalari, ta’lim yo‘nalishlari va reytinglardagi o‘rni haqida batafsil ma’lumot berildi.
Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Jumladan, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi, o‘qituvchilar malakasini oshirish, onlayn va an’anaviy shakldagi seminar hamda vebinarlar tashkil etish, shuningdek, Brigem Yang universiteti talabalari uchun O‘zDJTUda stajirovka dasturlari va yozgi madaniy lagerlar yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.
Kristofer Oskarson O‘zDJTU faoliyatini yuqori baholab, hamkorlikni rivojlantirishga tayyor ekanini bildirdi. Grant Landberg esa rus tili yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun 6 haftadan 2 oygacha davom etadigan madaniy-ma’rifiy dasturlar hamda qisqa muddatli stajirovkalarni tashkil etish tashabbusini qo‘llab-quvvatladi.
Ma’lumot o‘rnida, Brigem Yang universiteti 1875-yilda akademiya sifatida tashkil etilgan bo‘lib, 1903-yilda universitet maqomini olgan. Bugungi kunda unda 35 mingdan ortiq talaba tahsil oladi, 1200 ga yaqin professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritadi. Universitet tarkibida 11 ta kollej va maktab mavjud bo‘lib, Gumanitar fanlar kollejida 80 dan ortiq xorijiy tillar o‘qitiladi.
Uchrashuv yakunida tomonlar ilgari surilgan tashabbuslarni amalga oshirish, tegishli shartnomalarni imzolash va istiqbolda hamkorlikni izchil rivojlantirish borasida o‘zaro kelishuvga erishdilar.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤11🎉3👍1