O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.7K subscribers
47.8K photos
2.97K videos
323 files
9.62K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
Dissertatsiya muhokamasi bo‘lib o‘tdi

2026-yil 24-mart kuni kengaytirilgan kafedra ilmiy muhokamasi oflayn hamda ZOOM onlayn platformasi orqali muvaffaqiyatli tashkil etildi.

Mazkur ilmiy muhokamada 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan “Reklama sloganlari tarjimasining pragmatik xususiyatlari (ingliz va o‘zbek tillari misolida)” mavzusidagi dissertatsiya ishi muhokama qilindi.

Muhokama jarayonida tadqiqotning dolzarbligi, ilmiy yangiligi hamda amaliy ahamiyati atroflicha ko‘rib chiqildi. Bildirilgan fikr va mulohazalar asosida tegishli tavsiyalar berildi.

Shuningdek, muhokamada ilmiy rahbar, taqrizchilar hamda ekspertlar faol ishtirok etdi.

Tadbir yakunida dissertatsiya ishi yuzasidan muhim xulosalar shakllantirildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
5
Forwarded from Edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎓 SMM AI Savodxon — bepul onlayn kurs

Bu kursda:
— SMM asoslari
— sun’iy intellekt orqali kontent qilish
— targeting tushunchalari
— dizayn va vizual bilan ishlash

hammasi oddiy tilda va amaliy misollar bilan o‘rgatiladi.
📌 Hozirgacha 7.700+ kishi kursdan bepul foydalanib o’rganishmoqda.


AloqaBank tomonidan tashkil qilgan ushbu kurs darslar online va offline bo’lib o’tadi.

Aloqa uchun: +998 55 520 60 60 | @smmsavodxon_dm

Agar SMM va AI’ni o‘rganmoqchi bo‘lsangiz — 👉 hozir ro’yxatdan o’ting

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
2
O‘zDJTU talabalari “Qatag‘on qurbonlari” muzeyiga tashrif uyushtirdi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari siyosiy qatag‘on qurboni bo‘lgan yurtdoshlarimiz hayoti va faoliyatini o‘rganish maqsadida “Qatag‘on qurbonlari” muzeyiga tashrif buyurdi.

Talabalar muzey eksponatlari bilan tanishib, tarixiy hujjatlar va fotografiyalar orqali qatag‘on qurbonlarining jasorat va fidoyiliklari haqida batafsil ma’lumot oldi. Shu orqali ular tarixiy voqealarni chuqurroq anglash imkoniga ega bo‘ldi.

Tashrif davomida yoshlarimiz tarixiy xotirani saqlash va hurmat qilishning ahamiyatini his qildi. Muzeyga tashrif ularning tarixiy ongini rivojlantirish va milliy xotirani yanada mustahkamlashga hissa qo‘shdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8👍1
🟦🟦🟦

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori huzuridagi ishlab chiqarish yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

24-mart kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori huzurida navbatdagi ishlab chiqarish yig‘ilishi o‘tkazildi. Yig‘ilishga universitet rektori I. Tuxtasinov raislik qildi. Unda barcha prorektorlar, rektor maslahatchilari, fakultet dekanlari, shuningdek boshqarma va bo‘lim boshliqlari ishtirok etdi.

Yig‘ilish kun tartibiga muvofiq, 2026-yil 26-mart kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan Navro‘z sayli bayramiga tayyorgarlik ishlari hamda aprel oyida bo‘lib o‘tadigan talabalar sport ligasi musobaqalariga tayyorgarlik masalalari ko‘rib chiqildi. Bu yuzasidan Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor V. Sadiyev axborot berdi.

Shuningdek, 2024–2025 va 2025–2026 o‘quv yillari bitiruvchilarini ishga joylashtirish holati muhokama qilindi. Mazkur masala yuzasidan o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Ch. Chutpulotov ma’lumot taqdim etdi. Yig‘ilishda bitiruvchilar bandligini ta’minlash borasidagi ishlar tahlil qilindi.

Kun tartibidan o‘rin olgan yana bir muhim masala — universitetning 2026-yilga mo‘ljallangan rivojlantirish ko‘rsatkichlarining fakultet va kafedralarda bajarilish holati bo‘ldi. Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor O. Yusupov bu borada amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axborot berdi.

Yig‘ilish davomida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va xalqaro reytinglar bilan ishlash yo‘nalishidagi ishlar ham muhokama qilindi. Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A. Nasirov tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarda mazkur yo‘nalishdagi ustuvor vazifalarga alohida e’tibor qaratildi.

Shu bilan birga, universitetda to‘lov-kontrakt mablag‘lari bo‘yicha mavjud qarzdorliklarni undirish jarayonlarini tizimlashtirish va ichki nazoratni kuchaytirish masalasi ham ko‘rib chiqildi. Moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektor M. Hamrayev ushbu masala yuzasidan axborot berdi.

Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi hamda belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha mas’ullarga ko‘rsatmalar berildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍2