O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.7K subscribers
47.6K photos
2.95K videos
323 files
9.6K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
🟦🟦🟦

Ijara xonadonlarida yashovchi talabalar bilan ishlash kuchaytirildi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida ijara xonadonlarida istiqomat qilayotgan talabalar bilan ishlash samaradorligini oshirish maqsadida alohida tizim yo‘lga qo‘yildi.

Rektor Ilxomjon Tuxtasinov topshirig‘iga ko‘ra, maxsus grafik ishlab chiqilib, mas’ul xodimlar tomonidan talabalar holidan xabar olinmoqda.

Ularning yashash sharoitlari o‘rganilib, zarur hollarda amaliy yordam va maslahatlar berilmoqda. Shuningdek, talabalar bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish, sport va ijodiy faolligini oshirish yuzasidan tavsiyalar berilib, ular bilan muntazam muloqot yo‘lga qo‘yilgan.

Bundan tashqari, rektor shaxsan ijara xonadonlaridagi jarayonlarda ishtirok etib, talabalar bilan suhbatlashmoqda va ularning ehtiyojlarini yaqindan o‘rganmoqda.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9🔥3👍1👏1
Forwarded from Edu.uz
“Yangi O‘zbekiston” bog‘ida Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tantanali marosim boshlandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev butun xalqimizni tabrikladi.

Butun dunyo nurga, go‘zallikka to‘lgan shu dilbar faslda jonajon diyorimizga sharqona yangi yil – Navro‘zi olam kirib kelmoqda.

Bugun bamisoli ikki azim daryo tutashmoqda – Navro‘z bayramini muborak Ramazon hayiti bilan birga nishonlamoqdamiz.

Tabiatning uyg‘onishi va ruhiy poklanish ramzi bo‘lgan mana shunday qutlug‘ ayyomlar bilan sizlarni, ko‘p millatli butun xalqimizni chin qalbimdan samimiy tabriklayman.

Dunyoning olis va yaqin mamlakatlarida ishlayotgan, tahsil olayotgan vatandoshlarimizni ham muborakbod etib, ularga ezgu salom va tilaklarimizni izhor etaman.

Bayram barchamizga muborak bo‘lsin!

Navro‘zi olam diyorimizga tinchlik va baxt olib kelsin!
”,

– dedi davlatimiz rahbari.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
6👍1
Forwarded from Edu.uz
Yangi O‘zbekiston mamlakatimiz yoshlari uchun yuksak parvozlar, katta-katta g‘alabalar maydoniga aylanib bormoqda. Har bir yo‘nalishda – ta’lim, ilm-fan, madaniyat va san’at, sport, axborot texnologiyalari va biznes sohalarida yangi nomlar, yangi qahramonlar paydo bo‘lmoqda. Mana shunday bilimli, jo‘shqin va izlanuvchan o‘g‘il-qizlar bilan barchamiz haqli ravishda faxrlanamiz.

“Aziz farzandlarim, bugun Uchinchi Renessans bunyodkorlari bo‘lishdek ulkan baxt va yuksak sharaf sizlarga nasib etmoqda. Qancha-qancha ajdodlarimiz intilib yashagan shu buyuk orzuni ro‘yobga chiqarishga sizlar, shubhasiz, qodirsiz.

Bugungi tinch va osoyishta hayotning, yaratilgan katta imkoniyatlar, ota-onalar, ustoz-murabbiylaringiz mehnatining qadriga yetib, tinimsiz o‘qib-o‘rgansangiz, bilim va mahoratingizni doimo oshirib borsangiz, kelajak, albatta, siznikidir.

Bu yo‘lda sizlarga, butun O‘zbekiston yoshlariga yana qanday sharoit zarur bo‘lsa, barchasini yaratib berishga tayyormiz. Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun deb yashasangiz, Vatan va xalq ham sizni e’zozlab, boshiga ko‘taradi!

Yangi O‘zbekistonning oltin avlodi bo‘lib, uning zafar bayrog‘ini baland ko‘tarishdan hech qachon to‘xtamang, aziz farzandlarim!

– dedi davlatimiz rahbari.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
5👍1
Forwarded from Edu.uz
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi tabrik nutqi

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
6👍1👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Eʼlon

🚀 Zamonaviy ta’lim yondashuvlari, emotsional intellekt va sun’iy intellekt integratsiyasiga asoslangan “FROM EI TO AI: UNLOCKING SPEAKING SKILLS” nomli innovatsion workshopga barcha o‘qituvchilar va talabalarni taklif etamiz.

🌍 Bugungi globallashuv davrida samarali muloqot va erkin nutq ko‘nikmalari har qanday sohada muvaffaqiyat kaliti hisoblanadi. Mazkur workshop aynan shu ehtiyojdan kelib chiqib ishlab chiqilgan bo‘lib, unda ishtirokchilar speaking ko‘nikmalarini rivojlantirishning zamonaviy, ilmiy asoslangan va amaliyotga yo‘naltirilgan metodlari bilan tanishadilar.

🌟 Workshop xalqaro miqyosda e’tirof etilgan, mukofotlarga sazovor ingliz tili mutaxassisi FERUZ AKBAROV tomonidan olib boriladi. U Hindistonning Pune universitetida ingliz tili bo‘yicha magistr darajasini olgan bo‘lib, 16 yillik boy pedagogik tajribaga ega. 2014-yilda Xitoyda “Yilning eng yaxshi TESOL o‘qituvchisi” deb topilgan hamda O‘zbekistondan ilk bor Buyuk Britaniyada C2 darajasini qo‘lga kiritgan mutaxassislardan biridir. Shuningdek, u xalqaro miqyosda tanilgan ETA Uzbekistan tarmog‘i asoschisi hisoblanadi.

📘 Trener tomonidan 2025-yilda AQSHda chop etilgan “The Art of Teaching: Let Your Teaching Voice Be Heard” nomli kitob asosida sun’iy intellektga oid eng so‘nggi va qimmatli insaytlar taqdim etiladi.

🌐 Ta’kidlash joizki, mazkur workshop avvalroq Ozarbayjon Respublikasi AzETA, Panama TESOL, Sharja universitetida o‘tkazilgan 29-xalqaro TESOL konferensiyasi, Toshkent shahridagi Nordik xalqaro universiteti, shuningdek, Namangan, Samarqand va Buxoro viloyatlarida muvaffaqiyatli tashkil etilib, yuzlab ingliz tili mutaxassislarining katta qiziqishiga sabab bo‘lgan.

🏆 Bundan tashqari, ushbu amaliy workshop 2026-yil may oyida Xitoyda bo‘lib o‘tadigan 24-xalqaro AsiaTEFL konferensiyasi, Sankt-Peterburg shahrida o‘tkaziladigan 9-xalqaro Trendy Pete TESOL konferensiyasi hamda Gong Kongdagi xalqaro konferensiyalar dasturiga ham qabul qilingan.

🎯 Agar siz o‘z nutqingizni yangi bosqichga olib chiqmoqchi, erkin va professional muloqot qilishni istasangiz, ushbu workshop aynan siz uchun.

🗓 Sana: 2026-yil 25-mart, 14:00
📍 Manzil: O‘zDJTU, asosiy bino, 2-qavat, faollar zali,

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
16👍5🤩3👏2
🌺 Navro'z

Uchtepa hokimiyati tomonidan tashkil etilgan Navro‘z bayrami tadbirida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari faol ishtirok etdilar

🔂Rasmiy sahifalarimiz:
📱 Telegram | 📱 Instagram
📱 Youtube | 📱 Facebook
10👍4🔥3🤩3🎉1
🎓 Familiyangiz o‘zgarganmi? (turmush, ajrashish yoki pasport yangilanish)

👉 Unda universitetdagi ma’lumotlaringizni ham yangilashni unutmang!

📌 Qachon o‘zgartiriladi?

Agar siz:
• Turmushga chiqqan bo‘lsangiz 💍
• Ajrashgan bo‘lsangiz
• Pasportingizni yangilagan bo‘lsangiz

👉 Familiya va pasport ma’lumotlari yangilanadi

📝 Qanday amalga oshiriladi?

📍 1. Registrator ofisiga kelasiz
📍 2. Ariza yozasiz
📍 3. Hujjat nusxasini shu yerda qoldirasiz

Keyin nima bo‘ladi?

👉 Mas’ullar tomonidan tekshiriladi
👉 Belgilangan tartibda ma’lumotlaringiz yangilanadi

⚠️ MUHIM

❗️ Ma’lumotlar yangilanmasa:
• Diplomda xatolik chiqishi mumkin
• Rasmiy hujjatlarda muammo bo‘lishi mumkin

📢 Eslatma:
Ma’lumotlaringizni o‘z vaqtida yangilang — keyin muammo bo‘lmaydi!

📢 Batafsil tushuntirishlar kanalda davom etadi — kuzatib boring!
7
📢 Talabalar diqqatiga!

📄 Turli tillarda ma’lumotnoma va transkript olish tartibi

Agar sizga o‘qish joyingizdan chet tilida ma’lumotnoma yoki transkript kerak bo‘lsa, quyidagi tartibda murojaat qilishingiz mumkin:

1-qadam:
Talaba tomonidan xorijga chiqish (zagran) pasporti olinishi tavsiya etiladi.

2-qadam:
Registrator ofisi ga shaxsan murojaat qiling.

3-qadam:
Pasport ma’lumotlaringizni taqdim eting.

4-qadam:
Arizangiz asosida sizga ma’lumotnoma yoki transkript o‘sha joyning o‘zida rasmiylashtirib beriladi.

ℹ️ Muhim eslatma:

Agar transkriptni chet el magistratura bosqichi yoki sayohat uchun olayotgan bo‘lsangiz — zagran pasport bo‘lishi tavsiya etiladi.
Boshqa hollarda esa zagran pasport majburiy emas.

📌 Savollaringiz bo‘lsa, bemalol Registrator ofisiga murojaat qiling!
5👍2
📢📢📢📢📢

🌿NAVRO‘Z SAYLI – barchangizni bayramga chorlaymiz!🌸

Hurmatli professor-o‘qituvchilar, xodimlar va aziz talabalar!

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti ma’muriyati hamda Uchtepa tumani hokimligi hamkorligida Navro‘z bayrami munosabati bilan “NAVRO‘Z SAYLI” nomli bayram tadbiri tashkil etilmoqda.

📅 26-mart kuni soat 12:00 da
📍Zakovat ko‘chasi, 4-uy

🎙 Bayram dasturida sizlarni o‘zbek estrada yulduzlari ishtiroki kutmoqda:
• G‘aybulla Tursunov
• Mirjalol Nematov
• Farrux Fazel
• Ziyoda
• Omar

Ularning jonli ijrolari, ko‘tarinki kayfiyat va bayramona muhit sizga Navro‘zning haqiqiy ruhini his etish imkonini beradi.

Barchangizni ushbu shukuhli bayram tadbiriga taklif etamiz! Keling, yangilanish, mehr-oqibat va milliy qadriyatlar ruhida Navro‘zni birgalikda nishonlaylik!

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7🎉6👍2
Yosh tilshunos” to‘garagi a’zolari diqqatiga!
Sizni "Структура и особенности курсовой работы" ("Kurs ishining tuzilishi va xususiyatlari") ilmiy seminarga taklif qilamiz.

Seminar maqsadi:
Talabalarga kurs ishining tuzilishi, yozish qoidalari va ilmiy talablari haqida tushuncha berish, ularni mustaqil ilmiy izlanishga yo‘naltirish.

Seminarda ko‘rib chiqiladigan masalalar:
- Kurs ishining asosiy qismlari (kirish, asosiy qism, xulosa, adabiyotlar ro‘yxati);
- Kurs ishini yozish bosqichlari;
- Mavzu tanlash va dolzarblikni asoslash;
- Ilmiy uslub va rasmiylashtirish talablari;
- Manbalar bilan ishlash va iqtibos keltirish qoidalari.

To‘garak vaqti va joyi:
24.03.2026 13:20
(2 Ingliz tili fakulteti, 122 xona)
7🔥5
O‘zDJTUda seminar-trening bo‘lib o‘tdi

2026-yil 24-mart kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Davlat xaridlari va moliyaviy-iqtisodiyotda huquqbuzarliklarning oldini olish” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining fan doktori S. Turabov ishtirok etib, moliya-iqtisod yo‘nalishiga aloqador rahbar va xodimlarga sohaga oid muhim tushunchalar, amaldagi tartiblar hamda huquqbuzarliklarning oldini olish mexanizmlari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berdi.

Seminar davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, mavzu yuzasidan ochiq muloqot va fikr almashinuvi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda jamoatchilik nazorati a’zolari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
6👍3