O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.7K subscribers
47.8K photos
2.96K videos
323 files
9.62K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
🟦🟦🟦

Rektor barcha talabalar turar joylarida bayram muhitini o‘rgandi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov bayram kunlari universitetga qarashli barcha talabalar turar joylarida bo‘lib, u yerda yaratilgan sharoitlar hamda tashkil etilgan tadbirlar bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida talabalar bilan samimiy suhbat o‘tkazilib, ularning yashash sharoitlari, kayfiyati hamda bayramni qanday o‘tkazayotgani o‘rganildi.

Shuningdek, TTJlarda o‘tkazilayotgan madaniy-ma’rifiy va sport tadbirlari ko‘zdan kechirildi. Rektor ayrim sport musobaqalarida talabalar bilan birga ishtirok etib, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish muhimligini alohida ta’kidladi.

Bundan tashqari, u barcha TTJlarda talabalar bilan birga kechki ovqatga tayyorgarlik jarayonlarida ham ishtirok etdi, bu esa bayram muhitini yanada iliq va samimiy qildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10👍1
🟦🟦🟦

Yotoqxonalarda qolgan talabalar bilan ishlash alohida nazoratda

Universitetning barcha talabalar turar joylarida qolgan talabalar bir joyga jamlanib, ular ustidan nazorat kuchaytirildi.

Rektor Ilhomjon Tuxtasinov topshirig‘iga asosan ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish uchun turli tadbirlar yo‘lga qo‘yildi.

Jumladan, sport musobaqalari, ijodiy tanlovlar va ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar tashkil etildi. Ayrim sport musobaqalarida rektorning talabalar bilan birgalikda ishtirok etgani yoshlarga qo‘shimcha motivatsiya bag‘ishlab, bayram kunlarini yanada ko‘tarinki ruhda o‘tkazishga zamin yaratdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥43👍1
🟦🟦🟦

Ijara xonadonlarida yashovchi talabalar bilan ishlash kuchaytirildi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida ijara xonadonlarida istiqomat qilayotgan talabalar bilan ishlash samaradorligini oshirish maqsadida alohida tizim yo‘lga qo‘yildi.

Rektor Ilxomjon Tuxtasinov topshirig‘iga ko‘ra, maxsus grafik ishlab chiqilib, mas’ul xodimlar tomonidan talabalar holidan xabar olinmoqda.

Ularning yashash sharoitlari o‘rganilib, zarur hollarda amaliy yordam va maslahatlar berilmoqda. Shuningdek, talabalar bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish, sport va ijodiy faolligini oshirish yuzasidan tavsiyalar berilib, ular bilan muntazam muloqot yo‘lga qo‘yilgan.

Bundan tashqari, rektor shaxsan ijara xonadonlaridagi jarayonlarda ishtirok etib, talabalar bilan suhbatlashmoqda va ularning ehtiyojlarini yaqindan o‘rganmoqda.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9🔥3👍1👏1
Forwarded from Edu.uz
“Yangi O‘zbekiston” bog‘ida Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tantanali marosim boshlandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev butun xalqimizni tabrikladi.

Butun dunyo nurga, go‘zallikka to‘lgan shu dilbar faslda jonajon diyorimizga sharqona yangi yil – Navro‘zi olam kirib kelmoqda.

Bugun bamisoli ikki azim daryo tutashmoqda – Navro‘z bayramini muborak Ramazon hayiti bilan birga nishonlamoqdamiz.

Tabiatning uyg‘onishi va ruhiy poklanish ramzi bo‘lgan mana shunday qutlug‘ ayyomlar bilan sizlarni, ko‘p millatli butun xalqimizni chin qalbimdan samimiy tabriklayman.

Dunyoning olis va yaqin mamlakatlarida ishlayotgan, tahsil olayotgan vatandoshlarimizni ham muborakbod etib, ularga ezgu salom va tilaklarimizni izhor etaman.

Bayram barchamizga muborak bo‘lsin!

Navro‘zi olam diyorimizga tinchlik va baxt olib kelsin!
”,

– dedi davlatimiz rahbari.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
6👍1