Navro‘z shukuhi – qalblarda yangilanish nafasi!
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti 1-TTJda tarbiyachi-pedagog Z. Karimova tashabbusi bilan Navro‘z bayrami o‘zgacha shukuh va ko‘tarinki ruhda nishonlandi.
Ushbu qadimiy va betakror bayram bahorning ilk nafasi, yangilanish va ezgulik timsoli sifatida talaba-yoshlar qalbiga iliqlik ulashdi. Tadbir davomida milliy an’analarimiz aks etgan sahna ko‘rinishlari, kuy-qo‘shiqlar hamda qiziqarli chiqishlar namoyish etildi.
Talabalar milliy o‘yinlar, an’anaviy taomlar va ijodiy chiqishlar orqali Navro‘zning o‘ziga xos ruhini yanada yorqin ifoda etdilar. Bayram jarayoni samimiy muloqot, quvonch va ko‘tarinki kayfiyatga boy tarzda o‘tdi.
Navro‘z – bu birlik, mehr-oqibat va qalblarda yangi umidlar uyg‘otadigan ayyom!
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7👍2😢2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Navro‘z tarovati – yoshlik qalbida bahor nafasi!
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti 2-talabalar turar joyida ham Navro‘z bayrami keng nishonlanib, talaba-yoshlar uchun unutilmas lahzalar ulashdi.
Mazkur bayram bahorning kirib kelishi, tabiatning uyg‘onishi va inson qalbidagi ezgu tuyg‘ularni uyg‘otishi bilan ajralib turadi. Shu bois tadbir davomida har bir chiqish va tashabbusda yangilanish ruhi yaqqol sezildi.
Dastur davomida talabalar tomonidan tayyorlangan sahna chiqishlari, milliy raqslar, kuy-qo‘shiqlar va turli interaktiv o‘yinlar bayramga o‘zgacha fayz bag‘ishladi. Ayniqsa, milliy taomlar ko‘rgazmasi va an’anaviy urf-odatlar namoyishi barchada katta taassurot qoldirdi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4👍1
Navro‘z – sog‘lom ruh va milliy qadriyatlar uyg‘unligi!
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti 5-talabalar turar joyida Navro‘z bayrami sport va milliy an’analar uyg‘unligida ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.
Tadbir doirasida talabalar o‘rtasida turli sport musobaqalari tashkil etilib, ular jamoaviylik, epchillik va sog‘lom raqobat muhitini yanada mustahkamladi. Bellashuvlar jarayoni qizg‘in va maroqli kechib, ishtirokchilarga yuqori kayfiyat ulashdi.
Shuningdek, talabalar tomonidan milliy taom — palov tayyorlanib, bayram dasturxoni did bilan bezatildi. Turli xil milliy noz-ne’matlar, bezaklar va ijodiy yondashuvlar orqali Navro‘zning o‘ziga xos muhitini yanada boyitdi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8🎉2👍1😢1