O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.7K subscribers
47.9K photos
2.97K videos
323 files
9.65K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
🟦🟦🟦

Polo sport turi bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda O‘zbekiston Polo federatsiyasi o‘rtasida imzolangan memorandum asosida bugun universitetda ushbu sport turiga qiziqadigan talaba-yoshlar uchun seminar-trening tashkil etildi.

Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan polo sportining o‘yin shartlari, asosiy qonun-qoidalari hamda uning o‘ziga xos jihatlari haqida batafsil tushunchalar berildi. Ishtirokchilar sport turining nazariy va amaliy tomonlari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.

Seminar-treningda universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov hamda sport turi mutaxassislari ishtirok etdi. Rektor o‘z so‘zida sportga qiziqadigan yoshlarni qo‘llab-quvvatlab, ushbu yo‘nalishda muntazam shug‘ullanish muhimligini ta’kidladi hamda talabalarga zarur tavsiyalar berdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍1😢1
🟦🟦🟦

“Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi. Mazkur uchrashuv O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” sifatida o‘tkazilishi belgilanganligi munosabati bilan o‘tkazildi.

Uchrashuvda universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov hamda universitet rahbariyati vakillari ishtirok etdi. Tadbir davomida talabalar bilan ochiq va samimiy muloqot tashkil etilib, ularning fikr-mulohazalari, takliflari hamda mavjud masalalari tinglandi.

Rektor talabalar bilan suhbat jarayonida ularning ta’lim olish jarayoni, yashash sharoitlari, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda kelgusidagi rejalari bilan qiziqdi. Shuningdek, talabalar tomonidan bildirilgan savollarga atroflicha javob berildi.

Uchrashuv davomida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning tashabbuslarini rag‘batlantirish hamda muammolarni tizimli hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9👍1👏1
📢📢📢📢📢

🌿NAVRO‘Z SAYLI – barchangizni bayramga chorlaymiz!🌸

Hurmatli professor-o‘qituvchilar, xodimlar va aziz talabalar!

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti ma’muriyati hamda Uchtepa tumani hokimligi hamkorligida Navro‘z bayrami munosabati bilan “NAVRO‘Z SAYLI” nomli bayram tadbiri tashkil etilmoqda.

📅 26-mart kuni soat 12:00 da
📍Zakovat ko‘chasi, 4-uy

🎙 Bayram dasturida sizlarni o‘zbek estrada yulduzlari ishtiroki kutmoqda:
• G‘aybulla Tursunov
• Mirjalol Nematov
• Farrux Fazel
• Ziyoda
• Omar

Ularning jonli ijrolari, ko‘tarinki kayfiyat va bayramona muhit sizga Navro‘zning haqiqiy ruhini his etish imkonini beradi.

Barchangizni ushbu shukuhli bayram tadbiriga taklif etamiz! Keling, yangilanish, mehr-oqibat va milliy qadriyatlar ruhida Navro‘zni birgalikda nishonlaylik!

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
23👍4🔥4🤩4🎉2👏1
🟦🟦🟦

Hurmatli professor-o‘qituvchilar, qadrli jamoamiz a’zolari va shijoatli talaba-yoshlar!

Sizlarni yuksak ezgulik, mehr-oqibat va shukronalik ayyomi — muborak Ramazon hayiti bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman!

Ramazon hayiti insonni sabr-qanoatga, saxovat va muruvvatga undaydigan, qalblarni poklaydigan ulug‘ ayyomdir. Ushbu muborak kunlarda har birimiz ezgu niyatlar bilan yaxshilik qilishga, atrofimizdagilarga mehr ulashishga intilamiz. Bu esa jamiyatimizda bag‘rikenglik, hamjihatlik va insoniylik qadriyatlarini yanada mustahkamlaydi.


Bu yil barchamiz uchun yanada quvonchli — xalqimizning eng ulug‘ va aziz bayramlari bo‘lgan Ramazon hayiti va Navro‘z ayyomlarini ketma-ket nishonlash nasib etmoqda. Ushbu qutlug‘ kunlar qalblarimizni yanada yaqinlashtirib, jamiyatimizda mehr-oqibat, bag‘rikenglik va hamjihatlik muhitini mustahkamlaydi.

Universitetimiz jamoasi ilm-ma’rifat yo‘lida fidokorona mehnat qilib, yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda. Siz azizlarning izlanishlari, mehnati va intilishi yanada yuksak natijalar bilan davom etishiga tilakdoshman.

Xonadonlaringizga fayz-u baraka, tinchlik va totuvlik, qalblaringizga esa shodlik va xotirjamlik yor bo‘lsin! Har bir qilgan ezgu amalingiz o‘zingizga ko‘p karra yaxshilik bo‘lib qaytsin.

🌙 Ramazon hayiti muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Ilxomjon Tuxtasinov
O‘zDJTU rektori, professor
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
29🎉5👍3👏2🔥1🤩1
🌷🔤🔤🌹🔤🔤

Assalomu alaykum, aziz yurtdoshlar! Qadrli ustozlar, universitetimiz jamoasi va shijoatli talaba-yoshlar!

Yangi kun nafasi, tabiatning uyg‘onishi va qalblarga iliqlik olib kiruvchi ulug‘ bayram — Navro‘zi olam barchangizga muborak bo‘lsin!

Navro‘z — bu shunchaki fasllar almashinuvi emas, balki yangilanish, poklanish va ezgulik sari dadil qadam qo‘yish timsolidir. Asrlar davomida xalqimiz ushbu ayyomni mehr-oqibat, bag‘rikenglik va hamjihatlik ramzi sifatida nishonlab kelgan. Bugun ham ana shu go‘zal an’analar qalblarimizni birlashtirib, har birimizni ezgu niyatlar sari chorlaydi.


Hurmatli ustozlar va aziz talabalar!


Sizlar bilan faxrlanamiz. Ilm yo‘lida olib borilayotgan izlanishlar, yangi g‘oyalar va tashabbuslar — ertangi kunimiz poydevoridir. Fidoyi ustozlarimizning zahmati va izlanuvchan, shijoatli yoshlarimizning intilishi yurtimiz taraqqiyotining muhim omillaridan biridir.

Navro‘z har bir xonadonga quvonch, fayz va baraka olib kirsin. Har bir oila bag‘rida mehr, totuvlik va farovonlik mustahkam bo‘lsin. Bu yorug‘ kunlarda yaqinlaringiz bilan birga bo‘lib, samimiy lahzalardan bahramand bo‘lish barchangizga nasib etsin.

Yangi orzularingiz ushaladigan, ezgu rejalaringiz ro‘yobga chiqadigan yil bo‘lsin! Ilm va mehnat yo‘lida qilgan harakatlaringiz albatta samarali natijalar bilan quvontirsin.

Navro‘zi olam barchamizga muborak bo‘lsin!


Hurmat bilan
Ilxomjon Tuxtasinov
O‘zDJTU rektori, professor


🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
17👍1
🟦🟦🟦

Navro‘z kunida talabalar bilan samimiy uchrashuv

Bugun, 21-mart — Navro‘z bayrami kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov universitetning Zakovat ko‘chasi, 4-uy manzilida joylashgan 4-, 5- va 6-talabalar turar joylarida bo‘lib, bu yerda istiqomat qilayotgan talabalar bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida bayram kunlarini talabalar turar joyida o‘tkazayotgan yoshlarning holidan xabar olinib, ularning bo‘sh vaqtlarini qanday mazmunli o‘tkazayotgani bilan qiziqildi. Rektor talabalar bilan samimiy suhbatlashib, bayram kayfiyatini ular bilan birga baham ko‘rdi.

Xususan, 6-talabalar turar joyida xorijlik talabalar bilan ham alohida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Suhbat davomida ularning Navro‘z haqidagi taassurotlari tinglanib, milliy qadriyatlarimiz va bayram an’analari yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, talabalar bayramni ko‘tarinki ruhda, mazmunli va xavfsiz tarzda o‘tkazishlari lozimligi ta’kidlanib, ularga zarur tavsiyalar berildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10🔥5👍1🤩1