O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.7K subscribers
47.5K photos
2.94K videos
323 files
9.58K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
🟦🟦🟦

Hamkorlik memorandumi imzolandi

Bugungi marosim ikki ta’lim muassasasi o‘rtasidagi muhim hamkorlikni yangi bosqichga olib chiquvchi qadam sifatida ahamiyat kasb etdi. Unda “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi hamda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Mazkur hamkorlik yosh avlodni har tomonlama barkamol, intellektual salohiyatga ega, yurt taqdiriga daxldor kadrlar etib tarbiyalashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Ayniqsa, globallashuv sharoitida xorijiy tillarni puxta o‘zlashtirish, xalqaro tajribalarni o‘rganish va zamonaviy bilimlarni egallash muhim vazifalardan biri sifatida qayd etildi.

Memorandum doirasida ta’lim, ilmiy-tadqiqot va amaliy yo‘nalishlarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish ko‘zda tutilgan. Bu esa kelgusida yuqori malakali, vatanparvar va raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashga mustahkam asos bo‘ladi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍1
🟦🟦🟦

Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov universitetning Zakovat ko‘chasi, 4-uy manzilida joylashgan 4-, 5- va 6-talabalar turar joylarida bo‘lib, talabalar bilan yaqindan suhbatlashdi.

Uchrashuv davomida yaqinlashib kelayotgan qo‘shaloq bayram munosabati bilan talabalar holidan xabar olindi. Rektor oilasi, ota-onasi yoniga borishni rejalashtirayotgan talabalar bilan suhbatlashib, ularga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatdi hamda xavfsizlik qoidalariga qat’iy amal qilish zarurligini alohida ta’kidladi.

Shuningdek, bayramni talabalar turar joyida o‘tkazish istagida bo‘lgan talabalar bilan ham muloqot qilinib, ularni bayram bilan samimiy tabrikladi va mazmunli, ko‘tarinki ruhda o‘tkazishlarini tiladi.

Bundan tashqari, rektor talabalar turar joylarida xavfsizlikni yanada kuchaytirish hamda talabalar uchun doimiy qulay va xavfsiz muhit yaratish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥32👍1
🟦🟦🟦

Rektor Koreya madaniyat markazi tashkil etish jarayonlari bilan tanishdi

Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov universitetning Zakovat ko‘chasi, 4-uy manzilida joylashgan hududda bo‘lib, Koreya madaniyat markazini tashkil etish hamda uni ta’mirlash jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida rektor mazkur markazni zamonaviy talablarga mos holda tashkil etish, talabalar uchun qulay sharoitlar yaratish hamda ta’lim jarayoniga integratsiya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratdi. Shuningdek, olib borilayotgan ta’mirlash ishlari sifati va muddatlari yuzasidan mas’ullar bilan suhbatlashib, tegishli tavsiyalar berdi.

Jarayonda universitet rahbariyati vakillari ham ishtirok etib, markaz faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish, uni xalqaro hamkorlikning muhim platformasiga aylantirish hamda talabalarning amaliy bilimlarini oshirishga xizmat qiladigan maskan sifatida rivojlantirish bo‘yicha fikr almashildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍1
🟦🟦🟦

Polo sport turi bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda O‘zbekiston Polo federatsiyasi o‘rtasida imzolangan memorandum asosida bugun universitetda ushbu sport turiga qiziqadigan talaba-yoshlar uchun seminar-trening tashkil etildi.

Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan polo sportining o‘yin shartlari, asosiy qonun-qoidalari hamda uning o‘ziga xos jihatlari haqida batafsil tushunchalar berildi. Ishtirokchilar sport turining nazariy va amaliy tomonlari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.

Seminar-treningda universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov hamda sport turi mutaxassislari ishtirok etdi. Rektor o‘z so‘zida sportga qiziqadigan yoshlarni qo‘llab-quvvatlab, ushbu yo‘nalishda muntazam shug‘ullanish muhimligini ta’kidladi hamda talabalarga zarur tavsiyalar berdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍1😢1