INSHOLAR TANLOVI O‘TKAZILDI
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo’limi
Tarjimonlik fakulteti Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasi tashabbusi bilan, Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi hamkorligida
• Yoshlarning ijodiy va intellektual salohiyatini rivojlantirish
• Xorijiy tillarga bo‘lgan qiziqishni oshirish
• Tarjimonlik ko‘nikmalarini mustahkamlash
• Milliy adabiyotimizni targ‘ib qilish
• Halima Xudoyberdiyeva ijodini xorijiy tillarda sharhlash
• Asarlarni tarjima qilish
• Shoiraning hayoti va ijodiga oid savollarga javob berish
Faol qatnashgan barcha o‘quvchilarga esa maxsus sertifikatlar topshirildi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6👍2
Hamkorlik memorandumi imzolandi
Bugungi marosim ikki ta’lim muassasasi o‘rtasidagi muhim hamkorlikni yangi bosqichga olib chiquvchi qadam sifatida ahamiyat kasb etdi. Unda “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi hamda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.
Mazkur hamkorlik yosh avlodni har tomonlama barkamol, intellektual salohiyatga ega, yurt taqdiriga daxldor kadrlar etib tarbiyalashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Ayniqsa, globallashuv sharoitida xorijiy tillarni puxta o‘zlashtirish, xalqaro tajribalarni o‘rganish va zamonaviy bilimlarni egallash muhim vazifalardan biri sifatida qayd etildi.
Memorandum doirasida ta’lim, ilmiy-tadqiqot va amaliy yo‘nalishlarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish ko‘zda tutilgan. Bu esa kelgusida yuqori malakali, vatanparvar va raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashga mustahkam asos bo‘ladi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5👍1
Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov universitetning Zakovat ko‘chasi, 4-uy manzilida joylashgan 4-, 5- va 6-talabalar turar joylarida bo‘lib, talabalar bilan yaqindan suhbatlashdi.
Uchrashuv davomida yaqinlashib kelayotgan qo‘shaloq bayram munosabati bilan talabalar holidan xabar olindi. Rektor oilasi, ota-onasi yoniga borishni rejalashtirayotgan talabalar bilan suhbatlashib, ularga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatdi hamda xavfsizlik qoidalariga qat’iy amal qilish zarurligini alohida ta’kidladi.
Shuningdek, bayramni talabalar turar joyida o‘tkazish istagida bo‘lgan talabalar bilan ham muloqot qilinib, ularni bayram bilan samimiy tabrikladi va mazmunli, ko‘tarinki ruhda o‘tkazishlarini tiladi.
Bundan tashqari, rektor talabalar turar joylarida xavfsizlikni yanada kuchaytirish hamda talabalar uchun doimiy qulay va xavfsiz muhit yaratish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berdi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3❤2👍1