O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.7K subscribers
47.6K photos
2.95K videos
323 files
9.6K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
🐫🐫🐫 Mediasavodxonlik karvoni: yangi manzil — O‘zDJTU ☀️🐫🐫

Karvonimiz keti uzulmas chorlovlar ichida qoldi! Har manzilga borish — sharaf. Tanlash esa alohida mas'uliyat. Xullas, yana kuchimizni to'plab shijoat bilan yangi manzillar sari otlanyapmiz. Yo'lda hamrohlik qilasiz degan umiddamiz!

Xullas, yana yangi manzildamiz, azizlar! Mamlakatdagi eng nufuzli universitetlardan biri — Oʻzbekiston Davlat Jahon tillari universitetida!

Bugungi trening davomida asosiy e’tibor post-haqiqatlar davrida akademik mas’uliyat va etika masalalariga qaratildi. Ayniqsa, ilmiy tadqiqot jarayonida dezinformatsiya muammosi va uning oldini olish bilan bog’liq muammolar atroflicha muhokama qilindi. Chunki tezis, maqola yoki dissertatsiya yozishda kerakli manbalarni to‘g‘ri tanlash hamda har bir empirik ma’lumotni faktchekingdan o‘tkazish bugungi davrda dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

Yosh ilmiy tadqiqotchilar o’z o’rnida bugun olingan yangi ko’nikmalarni ko‘plab tengdoshlari va talabalar bilan bo‘lishadigan kuchli bilimlar multiplikatoriga aylanadi.

Mashg‘ulotlar O‘zDJTU Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi hamda Media va kommunikatsiya ilmiy tadqiqot instituti hamkorligida tashkil etilib, tayanch doktorantlar, doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar, yosh o’qituvchilarni qamrab oldi. Dastur doirasida mediasavodxonlik, sun’iy intellektning fan va media sohasidagi o‘rni, raqamli xavfsizlik, faktcheking va global trendlar kabi muhim mavzular muhokama qilindi.

🐪 Karvonimiz to‘xtamaydi. Oldinda yana yangi maskanlar, yangi muloqotlar bor!

#mediasaboq_karvoni
#bemediasmart
3👍2
Toshkent shahar Shayxontohur tumani 299-sonli umumta’lim maktabida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili ikkinchi fakulteti Ingliz tilini o‘qitish metodikasi kafedrasi professor-o‘qituvchisi N. Egamberdiyeva, o‘qituvchi F. Ashurova hamda XT2-2214 guruhi talabasi Yusupova Sevinch Bahromovna ishtirokida ingliz tili to‘garagining navbatdagi mashg‘uloti yuqori saviyada tashkil etildi.

Mazkur mashg‘ulot “Conditionals: Second Conditional – Understanding Key Points of Sentences” mavzusiga bag‘ishlanib, 10-sinf o‘quvchilaridan shakllantirilgan variativ guruh bilan olib borildi. Dars jarayonida o‘quvchilarning grammatik bilimlarini mustahkamlash, xususan, ikkinchi shart maylining qo‘llanilishi, gap tuzilishi hamda mazmunini to‘g‘ri anglash ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.

Mashg‘ulot davomida second conditional gaplarning tuzilishi, ularning real bo‘lmagan vaziyatlarni ifodalashdagi o‘rni, shuningdek, “if clause” va “main clause” o‘rtasidagi bog‘liqlik kabi muhim jihatlar batafsil tushuntirildi. Dars interfaol usullar asosida tashkil etilib, o‘quvchilarning mavzuni chuqur o‘zlashtirishiga erishildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
2👍1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

INSHOLAR TANLOVI O‘TKAZILDI

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo’limi
Tarjimonlik fakulteti Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasi tashabbusi bilan, Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi hamkorligida
“H. Xudoyberdiyeva – o‘zbek she’riyatining nozik ruhi” nomli insholar tanlovi bo‘lib o‘tdi.

🗓 2026-yil 19-mart kuni tashkil etilgan ushbu tanlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori asosida amalga oshirildi.

🎯 Tanlovdan maqsad:
• Yoshlarning ijodiy va intellektual salohiyatini rivojlantirish
• Xorijiy tillarga bo‘lgan qiziqishni oshirish
• Tarjimonlik ko‘nikmalarini mustahkamlash
• Milliy adabiyotimizni targ‘ib qilish

📚 Ishtirokchilar:
• Halima Xudoyberdiyeva ijodini xorijiy tillarda sharhlash
• Asarlarni tarjima qilish
• Shoiraning hayoti va ijodiga oid savollarga javob berish

🏆G‘oliblar:

🥇 Quyliboyeva Sarvara (10-A)
🥈 Hazratqulova Zarnigor (11-A)
🥉Saidova Sevinch (11-A)

🫴 G‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Faol qatnashgan barcha o‘quvchilarga esa maxsus sertifikatlar topshirildi.

🌸 Ushbu tadbir “Navro‘z – yangi kuning, yangi davron muborak O‘zbekistonim” ilmiy-ma’rifiy loyihalari doirasida o‘tkazilib, yoshlarning bilim va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍2
🟦🟦🟦

Hamkorlik memorandumi imzolandi

Bugungi marosim ikki ta’lim muassasasi o‘rtasidagi muhim hamkorlikni yangi bosqichga olib chiquvchi qadam sifatida ahamiyat kasb etdi. Unda “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi hamda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Mazkur hamkorlik yosh avlodni har tomonlama barkamol, intellektual salohiyatga ega, yurt taqdiriga daxldor kadrlar etib tarbiyalashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Ayniqsa, globallashuv sharoitida xorijiy tillarni puxta o‘zlashtirish, xalqaro tajribalarni o‘rganish va zamonaviy bilimlarni egallash muhim vazifalardan biri sifatida qayd etildi.

Memorandum doirasida ta’lim, ilmiy-tadqiqot va amaliy yo‘nalishlarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish ko‘zda tutilgan. Bu esa kelgusida yuqori malakali, vatanparvar va raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashga mustahkam asos bo‘ladi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍1