O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.7K subscribers
48K photos
2.98K videos
323 files
9.66K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
Turli tillar va madaniyatlarga bag‘ishlangan to‘garak mashg‘ulotlari o‘tkazildi

2026-yil 18-mart kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 3-fakulteti Ikkinchi chet tili kafedrasi tomonidan turli tillar va xalqlar madaniyatiga bag‘ishlangan navbatdagi to‘garak mashg‘ulotlari tashkil etildi.

Jumladan, golland tili katta o‘qituvchisi Rahmonkulova Xabiba rahbarligida Ingliz tili 3-fakultet 2418-guruhi talabalari ishtirokida “Nederlandse keuken” (Niderlandiya oshxonasi) mavzusida mashg‘ulot o‘tkazildi. Unda Gollandiya milliy taomlari, xususan, mashhur “Gouda” va “Edam” pishloqlari hamda “patat” kabi taomlar haqida ma’lumot berildi. Talabalar golland va o‘zbek milliy oshxonalari o‘rtasidagi o‘xshashlik va farqlar yuzasidan fikr almashdilar.

Shuningdek, grek tili katta o‘qituvchisi Musayeva Surayyo rahbarligida Ingliz tili 1-fakultet 2307-guruhi talabalari bilan “Ελληνική κουζίνα” (Gretsiya oshxonasi) mavzusida to‘garak mashg‘uloti tashkil etildi. Mashg‘ulot davomida Gretsiya oshxonasining sog‘lom va muvozanatli ovqatlanishga asoslanganligi, uning “Mediterranean diet” tamoyillariga mos kelishi haqida so‘z yuritildi. Talabalar faol qatnashib, savol-javoblar va interaktiv topshiriqlar orqali o‘z bilimlarini mustahkamlashdi.

Bundan tashqari, kafedra o‘qituvchisi Maxamadxodjayeva Umida tomonidan Hind tili markazida hindiy tili to‘garagining navbatdagi mashg‘uloti o‘tkazildi. Mashg‘ulot “Hindistonning tarixiy obidalari” mavzusiga bag‘ishlanib, unda Toj Mahal, Qizil qal’a, Akbarshoh maqbarasi, Qutub minor kabi mashhur yodgorliklar haqida nazariy va amaliy ma’lumotlar berildi. Talabalar o‘zlari tayyorlagan taqdimotlar bilan chiqish qildilar hamda mavzuga oid qiziqarli o‘yinlar tashkil etildi.

Mazkur mashg‘ulotlar zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida tashkil etilib, talabalar bilimini mustahkamlash bilan birga ularning dunyo xalqlari madaniyati va an’analariga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍42
🟦🟦

Dissertatsiya ishining kengaytirilgan kafedra ilmiy muhokamasi bo‘lib o‘tdi

2026-yil 18-mart kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Rus filologiyasi fakulteti Rus tili va o‘qitish metodikasi kafedrasi tomonidan navbatdagi kengaytirilgan kafedra ilmiy muhokamasi oflayn shaklda hamda ZOOM platformasi orqali tashkil etildi.

Muhokama doirasida Kononova Irina Yurevnaning 10.00.04 – Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tillari va adabiyoti mutaxassisligi bo‘yicha «Kiritma konstruksiyalar sintaksisning subyekt-ekspressiv shakli sifatida (M. Svetayeva badiiy prozasi asosida)» mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasi ko‘rib chiqildi.

Muhokama ochiq ilmiy muloqot va mazmunli munozara ruhida o‘tdi. Kafedra a’zolari tomonidan tadqiqot yuzasidan ilmiy fikrlar bildirilib, ishni yanada takomillashtirishga qaratilgan tavsiyalar berildi.

O‘tkazilgan ilmiy muhokama dissertatsiya ishining dolzarbligi, ilmiy yangiligi hamda amaliy ahamiyatini yana bir bor tasdiqladi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍3🔥2
Forwarded from Edu.uz
#Kelajak_muhandislari #tanlov #muddatuzaytirildi

❗️“Kelajak muhandislari” respublika ko‘rik tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 30-martga qadar uzaytirildi!

Ishtirokchilardan kelib tushgan ko‘plab murojaatlar va talablarni inobatga olgan holda, shuningdek, yanada ko‘proq yoshlarning o‘z iqtidorini namoyon etishiga imkon yaratish maqsadida tanlovga hujjat topshirish muddati uzaytirildi.

Endi sizda o‘z g‘oyangiz, loyihangiz yoki ixtiroyingizni taqdim etish uchun yana qo‘shimcha vaqt bor!

Eslatib o‘tamiz tanlov 3 ta yo‘nalishda o‘tkaziladi:
Eng yaxshi g‘oya
Eng yaxshi loyiha
Eng yaxshi ixtiro

Bundan tashqari siz ushbu tanlovga avvalroq to‘ldirgan arizangizni tahrirlash, ma‘lumotlarni qayta yuklash va nizom bo‘yicha talab etiladigan hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish imkoniga egasiz!

🏆 Har bir yo‘nalish g‘olibi — elektromobil sohibiga aylanadi!

Agar ariza topshirishga hali ulgurmagan bo‘lsangiz — bu sizning imkoniyatingiz!

👉 Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting: muhandis.edu.uz

Balki navbatdagi g‘olib aynan siz bo‘larsiz!

😅KELAJAK MUHANDISLARI | XALQARO FESTIVALINING IJTIMOIY TARMOQLARIGA OBUNA BO‘LING!

🚀Telegram | 📷 Instagram | 🗣Web sahifa
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍1
🟦🟦🟦

O‘zDJTUda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi

19-mart kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti akademik litseyida rektor Tuxtasinov Ilxomjon Madaminovich ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbir litsey direktori Obidova Maxsudaxon Obidovna tomonidan olib borildi.

Tadbirni rektor ochib berdi va yoshlar bilan bevosita muloqot qilish, ularning fikr va tashabbuslarini eshitish har doim ustuvor vazifa ekanligini ta’kidladi.

Uchrashuv davomida eng faol talabalarning “Akademik litsey iftixori” va “Rektor stipendiyasi” bilan taqdirlanishi bo‘lib o‘tdi. Talabalar o‘z fikr va takliflarini bildirdi, rektor esa ularni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini qayd etdi.

Mazkur tadbir yoshlar bilan muloqot qilish, ularning tashabbuslari va kelajak rejalari bilan yaqindan tanishish imkonini berdi. Litsey talabalari uchun bunday uchrashuvlar nafaqat bilim olish, balki o‘z salohiyatini namoyon etish va kelajakka ishonch bilan qadam tashlash imkonini yaratadi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11🤩4👍2👏1
Forwarded from Yoshlar.edu.uz
🟥🟥🟥 Kitob o‘qib qimmatbaho sovg‘alarga ega bo‘ling!

🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovining 2026-yilgi 1-mavsumini e’lon qiladi.

☑️Tanlovda barcha oliy ta’lim tashkilotlarining talaba-yoshlari (bakalavr va magistrlar), akademik litsey, kollej va texnikum o‘quvchilari qatnashishi mumkin.
📚Tanlovda ishtirok etish uchun @kitobtanlovbot manzili orqali ro‘yxatdan o‘tib, rasmda ko‘rsatilgan kitoblarni o‘qish va ular asosida tuzilgan testlarni ishlash kerak bo‘ladi.

Tanlov g‘oliblari quyidacha taqdirlanadi:

🔵1-o‘rin (1 nafar) – Noutbuk (core i5)"
🔵2-o‘rin (2 nafar) – Smart televizor 43
🔵3-o‘rin (3 nafar) – Planshet (6/128)
🔵4-o‘rin (4 nafar) – Planshet (4/64)
🔵5-o‘rin (5 nafar) – Smart televizor 32"

“Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi:

🔵1-o‘rin (1 nafar) – Planshet (6/128)
🔵2-o‘rin (2 nafar) – Planshet (4/64)
🔵3-o‘rin (3 nafar) – Smart televizor 32"

🔖 Tanlovda faol qatnashgan barcha ishtirokchilar sertifikat bilan taqdirlanadi.

➡️Tanlov nizomi bilan tanishish

Kitob o‘qing, testlarni ishlang. Tanlovda yuqori natijaga erishib, g‘oliblar qatoridan o‘rin egallang. Barchaga omad!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍1