O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.7K subscribers
47.5K photos
2.94K videos
323 files
9.57K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
Forwarded from Roman-german filologiyasi fakulteti (Shahzoda Matlabxonova)
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿 17-mart kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakulteti Fransuz tili nazariy fanlar kafedrasi talabalari hamda Ozarbayjon tillar universiteti Roman tillari tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi talabalari bilan hamkorlikda “Célébration de la fête de Novruz” mavzusida onlayn vebinar tashkil etilib, muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

💠 Mazkur uchrashuv Ozarbayjon tillar universiteti Roman tillari tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri, PhD, dotsent Ulfet Ibrahim Zakir o‘g‘li hamda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Roman-german filologiyasi fakulteti Fransuz tili nazariy fanlar kafedrasi mudiri G.A. Raximova boshchiligida olib borildi.

💠 Uchrashuv davomida Navro’z bayramining tarixiy ildizlari, uning turkiy xalqlar madaniyatidagi o‘rni, boy an’ana va urf-odatlari haqida atroflicha fikr almashildi. Talabalar bayramning O‘zbekiston va Ozarbayjondagi o‘xshash hamda farqli jihatlari yuzasidan o‘z mulohazalarini bildirib, interaktiv savol-javoblarda faol ishtirok etdilar.

🔺 Mazkur onlayn muloqot Ozarbayjon tillar universiteti Roman tillari tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi hamda O‘zDJTU Fransuz tili nazariy fanlar kafedrasi o‘rtasida 2025-yil 19-mart kuni tuzilgan hamkorlik shartnomasiga muvofiq tashkil etildi.

💠 Tadbir talabalarning nafaqat til ko‘nikmalarini rivojlantirish, balki turli xalqlar madaniyati bilan yaqindan tanishish, xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5🔥2👍1👏1
🟦🟦🟦

O‘zDJTUda bitiruv malakaviy ishlari himoyasi bo‘lib o‘tdi

18-mart kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida “Xorijiy til” yo‘nalishi, ingliz tili mutaxassisligi bo‘yicha kasbiy qayta tayyorlash kurslari tinglovchilarining bitiruv malakaviy ishlari himoyasi muvaffaqiyatli tashkil etildi.

Mazkur himoya jarayonini universitet o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori M. Ch. Chutpulatov ochib berdi hamda o‘z nutqida bunday ilmiy-amaliy ishlar tinglovchilarning kasbiy rivojlanishida muhim o‘rin tutishini ta’kidladi.

Attestatsiya komissiyasi a’zolari tomonidan har bir ish chuqur tahlil qilinib, ilmiy yondashuvi, metodik asoslari, yangiligi va amaliy ahamiyati yuqori baholandi. Himoya jarayoni ochiq va shaffof tarzda o‘tkazilib, savol-javoblar orqali tinglovchilarning bilim va kompetensiyalari sinovdan o‘tkazildi.

Tadbir yakunida tinglovchilarning aksariyati bitiruv ishlarini muvaffaqiyatli himoya qilib, yuqori natijalarni qayd etdilar. Ushbu jarayon ularning kelgusidagi pedagogik faoliyatida zamonaviy yondashuvlarni qo‘llash va kasbiy kompetensiyalarini yanada mustahkamlashida muhim bosqich bo‘ldi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10👍6🤩2
Bugun kelajak sari ilhom oldik!

Xalqaro jurnalistika fakulteti M.Abdullayeva hamda tyutorlar boshchiligida o‘tkazilgan uchrashuvimiz nafaqat bilim va tajriba bilan boy bo‘ldi, balki har birimiz uchun ruhiy energiya manbai bo‘ldi. Olima ayollar o‘zining boy tajribasi, amaliy maslahatlari va hayotiy hikoyalari bilan biz bilan bo‘lishdi. Har bir so‘z, har bir tavsiya, har bir qiziqarli savol-javob — barchasi kelajak uchun yangi fikrlar va ilhom bag‘ishladi.

🎓Spikerlarimiz:
🔹Ergasheva Guli Ismoilovna – O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili №1 fakulteti dekani, “UzWAVE” gender tadqiqotlari markazi direktori, filologiya fanlari doktori, professor. U sohada yillarga cho‘zilgan tajribasi bilan bilimning naqadar qudratli ekanligini namoyish etdi.
🔹Xayrullayeva Zebiniso Toxirovna – psixolog, trener-kouch, psixologiya fanlari bo‘yicha PhD. U hayotiy tajriba va ilmiy bilimlarni amalda qo‘llashni o‘rgatdi, insonning ichki resurslarini qanday faollashtirishni ko‘rsatdi.

💬Tadbir davomida ishtirokchilar:
• o‘z savollarini berib, spikerlar bilan shaxsiy muloqot qildi
• ilhomlantiruvchi hikoyalar va amaliy maslahatlarni o‘rgandi

🌟Uchrashuv nafaqat bilimimizni boyitdi, balki kelajakdagi maqsadlarimizni yanada aniqroq ko‘rishga va ularga intilishga ilhom berdi. Har bir ishtirokchi o‘z ichidagi potensialni his qilib, yangi imkoniyatlar sari qadam tashladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
🕊Telegram|📸Instagram|📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍2🔥1🤩1
🟦🟦🟦

🇺🇿 16-mart kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Sharq filologiyasi fakultetida Zamonaviy axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt kafedrasi o‘qituvchilari K. Muhammadiyeva hamda Sh. Qodirberganovalar tomonidan “Sun’iy intellektdan maksimal foyda olish san’ati” mavzusida seminar tashkil etildi.

Seminar davomida fakultet oʻqituvchilari hamda yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha dekan oʻrinbosari U. Nazarov tomonidan seminar ochib berilib, mavzuga doir oʻz fikr-mulohazalarini bildirildi. Mutaxassislar tomonidan esa sharq tillarini o‘rganishda qo‘llash mumkin bo‘lgan turli sun’iy intellekt platformalari, tarjima dasturlari, matn tahlili va nutqni rivojlantirishga yordam beruvchi zamonaviy raqamli vositalar taqdim etildi. Ushbu vositalardan to‘g‘ri va samarali foydalanish orqali talabalar o‘z bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashi, mustaqil ravishda til o‘rganish jarayonini yanada samarali tashkil etishi mumkinligi ta’kidlandi.

Shuningdek, seminar davomida sun’iy intellekt texnologiyalarining sharq tillarini, xususan, arab, koreys, xitoy, yapon va turk tillarini o‘rganishda qo‘llanilishi haqida amaliy misollar keltirildi. Bu esa talabalarga zamonaviy texnologiyalar yordamida til o‘rganish imkoniyatlarini kengaytirish hamda ta’lim jarayonini yanada samarali tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Seminar yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar hamda sun’iy intellekt vositalaridan ta’lim jarayonida to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

🌐Biz ijtimoiy tarmoqlarda 👇🏻
Telegram|Instagram|Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍1