O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.7K subscribers
47.4K photos
2.94K videos
323 files
9.56K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
#Yangi_daraxt_yangi_nafas #Yashil_makon

🟦🟦🟦

O‘zDJTUda “Yashil makon” loyihasi doirasida ko‘chat ekish aksiyasi davom etmoqda

“Yashil makon” umummilliy loyihasi hamda “Yangi daraxt — yangi nafas” respublika eko-chempionati doirasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Zakovat ko‘chasi, 4-uy manzilida bunyod etilayotgan yangi bino hududida ham ko‘chat ekish tadbiri tashkil etildi.

Mazkur ekologik aksiyada fakultet dekanlari, professor-o‘qituvchilar, universitet xodimlari hamda talaba-yoshlar faol ishtirok etdilar.

Tadbir davomida hududni obodonlashtirish, yashil zonani kengaytirish hamda ekologik muhitni yaxshilash maqsadida ko‘plab ko‘chatlar ekildi. Ishtirokchilar tomonidan tabiatga e’tibor, ekologik madaniyatni rivojlantirish va yashil hududlarni ko‘paytirishga qaratilgan tashabbuslar qo‘llab-quvvatlandi.

Ushbu aksiya orqali hududning ekologik qiyofasi yanada yaxshilanib, yashil makonlar ko‘lami kengaymoqda.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍1
🟦🟦🟦

O‘zDJTUda sun’iy intellektga bag‘ishlangan o‘quv kursi yakunlandi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda universitet huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi tomonidan tashkil etilgan “Xorijiy tillarni o‘qitishda sun’iy intellekt: nazariya va amaliyot–II” nomli qisqa muddatli o‘quv kursining yakuniga bag‘ishlangan tantanali sertifikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur kursda universitet rahbar xodimlari, jumladan dekanlar va kafedra mudirlari faol ishtirok etib, sun’iy intellekt texnologiyalaridan ta’lim jarayonida samarali foydalanish, zamonaviy metodik yondashuvlarni joriy etish hamda o‘quv jarayonini raqamlashtirish bo‘yicha zarur bilim va amaliy ko‘nikmalarni egalladilar.

Tantanali marosimda sertifikatlar universitet rektori, professor Ilxomjon Tuxtasinov tomonidan topshirildi. U o‘z nutqida sun’iy intellektni ta’lim tizimiga joriy etish bugungi kunning muhim strategik yo‘nalishlaridan biri ekanini alohida ta’kidladi.

Mazkur kurs oliy ta’lim tizimida zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish, ta’lim sifatini oshirish hamda rahbar kadrlarning kasbiy salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍4👏1
Forwarded from Roman-german filologiyasi fakulteti (Shahzoda Matlabxonova)
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿 17-mart kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakulteti Fransuz tili nazariy fanlar kafedrasi talabalari hamda Ozarbayjon tillar universiteti Roman tillari tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi talabalari bilan hamkorlikda “Célébration de la fête de Novruz” mavzusida onlayn vebinar tashkil etilib, muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

💠 Mazkur uchrashuv Ozarbayjon tillar universiteti Roman tillari tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri, PhD, dotsent Ulfet Ibrahim Zakir o‘g‘li hamda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Roman-german filologiyasi fakulteti Fransuz tili nazariy fanlar kafedrasi mudiri G.A. Raximova boshchiligida olib borildi.

💠 Uchrashuv davomida Navro’z bayramining tarixiy ildizlari, uning turkiy xalqlar madaniyatidagi o‘rni, boy an’ana va urf-odatlari haqida atroflicha fikr almashildi. Talabalar bayramning O‘zbekiston va Ozarbayjondagi o‘xshash hamda farqli jihatlari yuzasidan o‘z mulohazalarini bildirib, interaktiv savol-javoblarda faol ishtirok etdilar.

🔺 Mazkur onlayn muloqot Ozarbayjon tillar universiteti Roman tillari tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi hamda O‘zDJTU Fransuz tili nazariy fanlar kafedrasi o‘rtasida 2025-yil 19-mart kuni tuzilgan hamkorlik shartnomasiga muvofiq tashkil etildi.

💠 Tadbir talabalarning nafaqat til ko‘nikmalarini rivojlantirish, balki turli xalqlar madaniyati bilan yaqindan tanishish, xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5🔥2👍1👏1