O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.7K subscribers
47.4K photos
2.94K videos
323 files
9.56K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
🟦🟦🟦🟦

O‘zDJTU fakultetlarida ijtimoiy-psixologik muhit uchun mas’ullar belgilandi

Universitetda ijtimoiy-psixologik barqaror muhitni ta’minlash va talaba-yoshlar bilan manzilli ishlashni kuchaytirish maqsadida fakultetlar kesimida mas’ul xodimlar tayinlandi.

Mas’ullar ro‘yxati:
1. Artikova Oydin Eshquvatovna – Ingliz tili 2-fakulteti
2. Israilova Nazokat Sabirjanovna – Ingliz tili 3-fakulteti
3. Xatamova Xolida Taxirbayevna – Tarjimonlik fakulteti
4. Abdurahmonova Munisa Navzod qizi – Roman-german filologiyasi fakulteti
5. Abdullaeva Matluba Abdullaevna – Xalqaro jurnalistika fakulteti
6. Yuldasheva Madina Ravshan qizi – Rus filologiyasi fakulteti
7. Yuldosheva Maftuna Rayimovna – Sharq filologiyasi fakulteti
8. Matyakubova Dinora Anvarovna – Ingliz tili 1-fakulteti
9. O’roqboyeva Nigora Alisherovna – Ingliz filologiyasi fakulteti

Mazkur tayinlovlar universitetda sog‘lom ijtimoiy-psixologik muhitni shakllantirish va tizimli ishlarni yo‘lga qo‘yishda muhim qadam hisoblanadi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9👍1🔥1🎉1
#Yangi_daraxt_yangi_nafas #Yashil_makon

🟦🟦🟦

O‘zDJTUda “Yangi daraxt — yangi nafas” shiori ostida hashar tashkil etildi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ekologik madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan qarori hamda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida keng ko‘lamli ekologik hashar tashkil etildi.

Universitetning bosh bino hududida bo‘lib o‘tgan ushbu tadbirda universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov, rahbariyat a’zolari hamda 100 dan ortiq talaba-yoshlar faol ishtirok etdi.

Hashar davomida “Yangi daraxt — yangi nafas” shiori ostida hududga 400 ga yaqin manzarali va mevali ko‘chatlar ekildi. Tadbir nafaqat atrof-muhitni obodonlashtirish, balki talaba-yoshlarda ekologik ong va mas’uliyatni shakllantirishga xizmat qildi.

Mazkur tashabbus orqali universitet jamoasi yashil muhitni kengaytirish, ekologik barqarorlikni ta’minlash hamda kelajak avlod uchun sog‘lom muhit yaratishga o‘z hissasini qo‘shmoqda.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8👍1
#Yangi_daraxt_yangi_nafas #Yashil_makon

🟦🟦🟦

O‘zDJTUda “Yashil makon” loyihasi doirasida ko‘chat ekish aksiyasi davom etmoqda

“Yashil makon” umummilliy loyihasi hamda “Yangi daraxt — yangi nafas” respublika eko-chempionati doirasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Zakovat ko‘chasi, 4-uy manzilida bunyod etilayotgan yangi bino hududida ham ko‘chat ekish tadbiri tashkil etildi.

Mazkur ekologik aksiyada fakultet dekanlari, professor-o‘qituvchilar, universitet xodimlari hamda talaba-yoshlar faol ishtirok etdilar.

Tadbir davomida hududni obodonlashtirish, yashil zonani kengaytirish hamda ekologik muhitni yaxshilash maqsadida ko‘plab ko‘chatlar ekildi. Ishtirokchilar tomonidan tabiatga e’tibor, ekologik madaniyatni rivojlantirish va yashil hududlarni ko‘paytirishga qaratilgan tashabbuslar qo‘llab-quvvatlandi.

Ushbu aksiya orqali hududning ekologik qiyofasi yanada yaxshilanib, yashil makonlar ko‘lami kengaymoqda.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍1