O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.7K subscribers
47.5K photos
2.94K videos
323 files
9.58K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
Xorijiy tillar to‘garaklari samarali davom etmoqda

📍 Sergeli tumani, 104-maktab
2026-yil 17-mart kuni ushbu maktabda nemis tili to‘garagining navbatdagi mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. Mashg‘ulot RGF filologiyasi fakulteti 4-bosqich talabasi Suyunova Shahlo tomonidan olib borildi.
Dars “Die Begrüßung” va “Woher kommen Sie?” mavzulariga bag‘ishlanib, o‘quvchilarga salomlashish, o‘zini tanishtirish hamda yashash joyi haqida so‘zlash ko‘nikmalari o‘rgatildi. Amaliy misollar asosida o‘quvchilar yangi iboralarni erkin qo‘llashga muvaffaq bo‘ldilar.

📍 Uchtepa tumani, 283-maktab
Mazkur kunda ushbu maktabda ham nemis tili to‘garagi mashg‘uloti o‘tkazildi. Mashg‘ulotni RGF filologiyasi fakulteti 4-bosqich talabasi Xushvaqtova Munavvar olib bordi.
Dars “haben” va “sein” fe’llarining hozirgi zamondagi qo‘llanilishiga bag‘ishlanib, o‘quvchilar ushbu fe’llarning tuslanishi va kundalik nutqdagi ahamiyatini amaliy mashqlar orqali mustahkamlashdi.

📍 Shayxontohur tumani, 84-maktab
Ushbu maktabda tashkil etilgan mashg‘ulotni RGF filologiyasi talabasi Abdusharipova Munisa olib bordi.
Dars “Personalpronomen” mavzusida o‘tkazilib, kishilik olmoshlarining qo‘llanilishi, fe’llar bilan moslashuvi hamda dialoglar orqali amaliy o‘zlashtirilishi ta’minlandi. O‘quvchilar guruh va juftliklarda faol ishtirok etdilar.

📍 Chilonzor tumani, 195-maktab
2026-yil 16-mart kuni ushbu maktabda ingliz tili bo‘yicha ochiq dars tashkil etildi. Mashg‘ulotni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti katta o’qituvchisi Muxtashamova Parvina Zaxitovna olib bordi.
Dars davomida interaktiv metodlar, savol-javoblar, guruh ishlari va rolli o‘yinlar orqali o‘quvchilarning kommunikativ ko‘nikmalari rivojlantirildi.

Mazkur mashg‘ulotlar davomida o‘quvchilarning nemis va ingliz tillariga bo‘lgan qiziqishi sezilarli darajada oshdi. Interfaol metodlar asosida tashkil etilgan darslar ularning og‘zaki nutqi, fikrlash qobiliyati hamda amaliy til ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi. Hamkorlik doirasidagi bu kabi mashg‘ulotlar ta’lim samaradorligini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
4👍1🎉1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

2026-yil 17-mart kuni 😊“Ingliz tili nazariy aspektlari 2” kafedrasi o‘qituvchisi Meyliyeva Sh. tomonidan “Ilmiy rahbar xulosasini rasmiylashtirish talablari” mavzusida ilmiy to‘garak mashg‘uloti o‘tkazildi.

Mazkur mashg‘ulotdan ko‘zlangan
asosiy maqsad talabalarga ilmiy ishlar jarayonida ilmiy rahbar xulosasini to‘g‘ri va talab darajasida rasmiylashtirish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat bo‘ldi.

Mashg‘ulot davomida o‘qituvchi tomonidan ilmiy rahbar xulosasining mazmuni, tuzilishi va rasmiylashtirish qoidalari batafsil tushuntirib berildi. Xususan, xulosada talabaning ilmiy ishining dolzarbligi, maqsad va vazifalarining aniqligi, tadqiqot metodlarining to‘g‘ri tanlanganligi, olingan natijalarning ilmiy ahamiyati hamda amaliy qo‘llanilish imkoniyatlari aks ettirilishi zarurligi ta’kidlandi.


Shuningdek, xulosa yozishda ilmiy uslubga rioya qilish, aniq va lo‘nda fikr bayon etish, ortiqcha takror va umumiy gaplardan qochish kerakligi haqida ham tushunchalar berildi.

Mashg‘ulot jarayonida talabalar bilan interfaol usullar asosida ishlanib, ularga namunaviy ilmiy rahbar xulosalari taqdim etildi hamda ular tahlil qilindi. Talabalar o‘zlari tayyorlayotgan ilmiy ishlar asosida xulosa yozish bo‘yicha amaliy topshiriqlarni bajardilar. O‘qituvchi tomonidan ularning ishlari muhokama qilinib, zarur tavsiyalar va metodik ko‘rsatmalar berildi.


Mashg‘ulot yakunida talabalar ilmiy rahbar xulosasini rasmiylashtirish bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lganliklari qayd etildi. To‘garak mashg‘uloti yuqori saviyada va samarali tarzda tashkil etildi.

😊Ingliz tili ikkinchi fakultetining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling

📱Telegram. 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍2
17-mart kuni Ikkinchi chet tillar kafedrasi mudiri Moydinova Elmira hamda kafedra o‘qituvchilari Musayeva Sevinj va Oripova Xusnida rahbarligida talabalar bilan birgalikda Ozarbayjon madaniyat markazida tashkil etilgan Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan tantanali tadbirda ishtirok etdi.

Mazkur tadbir O‘zbekiston va Ozarbayjon xalqlari o‘rtasidagi tarixiy do‘stlik, madaniy yaqinlik va umumiy qadriyatlarning yorqin ifodasiga aylandi. Bayram davomida ikki xalqning boy madaniy merosi, milliy urf-odatlari va san’ati namoyish etilib, rang-barang konsert dasturi orqali milliy kuy-qo‘shiqlar hamda sahna chiqishlari taqdim etildi.

Tadbir talabalarda boshqa xalqlar madaniyatiga hurmat ruhini shakllantirish, xalqaro do‘stlikni mustahkamlash hamda madaniyatlararo muloqotni rivojlantirishga xizmat qildi. Shu bilan birga, u yoshlarning dunyoqarashini kengaytirib, ularni yanada faol va ochiq fikrli bo‘lishga undadi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍1
🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti

🇺🇿 "Tarjimonlik" fakulteti

"Ingliz tili tarjima nazariyasi" kafedrasi

“Yil boshi – Navro‘z” mavzusida “Kelajak soati” rukni ostida “Ma’rifat darsi” tashkil etildi.

Qadriyatlar, an’ana va urf-odatlarga hurmat ruhini shakllantirishga xizmat qiluvchi muhim ma’naviy-ma’rifiy tadbir sifatida o‘tkazildi.
🎀Mazkur dars davomida Navro‘z bayramining tarixiy ildizlari, uning qadimiy an’analari va bugungi kundagi ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Ta’kidlab o‘tildiki, 🌸Navro‘z - bu nafaqat yangi yil boshlanishi, balki tabiatning uyg‘onishi, yangilanish, mehr-oqibat va bag‘rikenglik timsolidir.
Davra suhbati jarayonida talabalar Navro‘zga xos urf-odatlar - sumalak sayli, milliy taomlar tayyorlash, hashar va xayriya ishlari haqida qiziqarli ma’lumotlar bilan tanishdilar.
🌸Shuningdek, o‘quvchilar tomonidan she’rlar, sahna ko‘rinishlari, kuy-qo‘shiqlar orqali bayram ruhiyati yanada jonlantirildi.
“Kelajak soati” rukni doirasida tashkil etilgan ushbu ma’rifat darsi yosh avlodni milliy o‘zlikni anglash, Vatanga muhabbat, ajdodlar merosiga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qildi. Dars yakunida o‘quvchilarga Navro‘zning asosiy g‘oyalari - tinchlik, do‘stlik, yangilanish va ezgulik haqida xulosalar chiqarildi.
Ushbu tadbir o‘quvchilarda milliy qadriyatlarga sadoqat, ijtimoiy faollik va ma’naviy yetuklikni shakllantirishda muhim o‘rin tutdi.

👉Bizni kuzatishda davom eting:
https://t.me/PhDAssociateProfessor
https://t.me/scientificconferences
https://t.me/ITIT_ILMIY_TADQIQOT_INSTITUTI
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍1
Forwarded from Edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ta'qiqlangan dori vositalarini tekshiruvchi bot ishga tushdi

Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti mutaxassislari tomonidan psixotrop va noqonuniy dori vositalarining tarqalishini oldini olish, shuningdek, aholining bu boradagi xabardorligini oshirish maqsadida @Psixotrop_moi_bot ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etildi.

Bot qanday ishlaydi?
Foydalanuvchi botga ma'lum bir dori vositasi haqidagi ma'lumotni yuboradi. Tizim esa:
— O‘zbekiston hududida ta'qiqlangan yoki ta‘qiqlanmagani;
— psixotrop ta‘sirga egaligi;
— inson salomatligiga ta’siri;
— qonunchilikdagi maqomi va boshqalar haqida aniq ma’lumot beradi.


❗️Nega bu muhim?
Bugungi kunda ayrim dorilar yoshlar orasida noto‘g‘ri maqsadda iste’mol qilinmoqda. Ko‘pchilik ularning aslida qanday ta’sirga ega ekanini bilmaydi. Mazkur bot aynan shunday muammolarning oldini olishga xizmat qiladi.

🤷‍♂️ Talabalar uchun foydali:
— Tengdoshlari orasida shubhali holatlarni aniqlash;
— Do‘stlari, oila a‘zolari yoki tanishlari tomonidan iste’mol qilinayotgan vositalarni tekshirish;
— o‘z salomatligini himoya qilish imkonini beradi.

⏯️ Yuqoridagi videoda botning ishlash tartibi va imkoniyatlari haqida mutaxassis tomonidan batafsil ma'lumot berilgan.

🛑Noma’lum dori vositalarini tekshirmasdan qabul qilmang. O‘zingizni va yaqinlaringizni asrang!

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
4👍1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Roman-german filologiyasi fakultetida ilmiy va amaliy to‘garaklar faoliyati keng yo‘lga qo‘yilmoqda

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Roman-german filologiyasi fakultetida talabalar bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida qator ilmiy va amaliy to‘garaklar tashkil etilmoqda. Jumladan, “Badiiy tarjima” hamda “Badiiy tarjima masalalari” mavzularidagi mashg‘ulotlarda talabalar tarjimaning nazariy va amaliy jihatlari, xususan, maqol va topishmoqlar tarjimasi orqali lingvistik hamda madaniy xususiyatlarni o‘rganishdi.

Shuningdek, “Ilmiy tadqiqot sari ilk qadam”, “Ilmiy jurnallarda maqola nashr etish” hamda “Til va madaniyat” fanidan “Ilmiy maqola yozish bosqichlari (Globalizatsiya va til madaniyati)” mavzularidagi to‘garaklarda talabalarga ilmiy izlanish olib borish, maqola yozish va uni nashr etish tartibi bo‘yicha muhim bilimlar berildi. “Fransuz va o‘zbek tillarida lingvokulturologik timsollarning ifodalanishi” mavzusidagi seminar hamda “Nemis-o‘zbek badiiy tarjimasida ekvivalentlik muammolari” to‘garagida esa tarjima nazariyasi, frazeologiya va paremiologiya kabi muhim tushunchalar keng yoritildi.

Bundan tashqari, amaliy mashg‘ulotlar doirasida “Personalpronomen”, “haben” va “sein” im Präsens hamda “Die Begrüßung” va “Woher kommen Sie?” mavzularida nemis tili darslari tashkil etilib, o‘quvchilarga interfaol usullar orqali samarali ta’lim berildi.

Mazkur to‘garak va seminarlar talabalarning ijodiy, ilmiy hamda amaliy salohiyatini rivojlantirib, ularni mustaqil fikrlashga undamoqda. Bu jarayon yoshlarning kelajakda yetuk va raqobatbardosh mutaxassis sifatida shakllanishida muhim o‘rin tutadi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4