O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.7K subscribers
47.6K photos
2.95K videos
323 files
9.6K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PQ-61-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida, Oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini, xususan davlat granti asosida tahsil olayotgan yosh mutaxassislarni ish bilan ta’minlash tizimini yanada kuchaytirish yo‘lida 4-kurs bitiruvchi grant talabalarga uch tomonlama shartnomalar tarqatish ishlari boshlandi.
Joriy yilning 17-mart sanasida Registrator ofisi boshlig‘i A.Xalillayev boshchiligida Ingliz tili birinchi hamda Ingliz tili ikkinchi fakultetlarida talabalarga uch tomonlama shartnomalar tarqatildi. Shuningdek, Xizmat ko‘rsatish (Front office) bo‘limi boshlig‘i A.Ahmedov tomonidan talabalarga qo‘shimcha izoh va tushuntirishlar berilib, ularning savollariga batafsil javoblar taqdim etildi.
Jarayon davomida talabalarga mazkur shartnomalarning mazmun-mohiyati yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berildi.
3👍1
Xorijiy tillar to‘garaklari samarali davom etmoqda

📍 Sergeli tumani, 104-maktab
2026-yil 17-mart kuni ushbu maktabda nemis tili to‘garagining navbatdagi mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. Mashg‘ulot RGF filologiyasi fakulteti 4-bosqich talabasi Suyunova Shahlo tomonidan olib borildi.
Dars “Die Begrüßung” va “Woher kommen Sie?” mavzulariga bag‘ishlanib, o‘quvchilarga salomlashish, o‘zini tanishtirish hamda yashash joyi haqida so‘zlash ko‘nikmalari o‘rgatildi. Amaliy misollar asosida o‘quvchilar yangi iboralarni erkin qo‘llashga muvaffaq bo‘ldilar.

📍 Uchtepa tumani, 283-maktab
Mazkur kunda ushbu maktabda ham nemis tili to‘garagi mashg‘uloti o‘tkazildi. Mashg‘ulotni RGF filologiyasi fakulteti 4-bosqich talabasi Xushvaqtova Munavvar olib bordi.
Dars “haben” va “sein” fe’llarining hozirgi zamondagi qo‘llanilishiga bag‘ishlanib, o‘quvchilar ushbu fe’llarning tuslanishi va kundalik nutqdagi ahamiyatini amaliy mashqlar orqali mustahkamlashdi.

📍 Shayxontohur tumani, 84-maktab
Ushbu maktabda tashkil etilgan mashg‘ulotni RGF filologiyasi talabasi Abdusharipova Munisa olib bordi.
Dars “Personalpronomen” mavzusida o‘tkazilib, kishilik olmoshlarining qo‘llanilishi, fe’llar bilan moslashuvi hamda dialoglar orqali amaliy o‘zlashtirilishi ta’minlandi. O‘quvchilar guruh va juftliklarda faol ishtirok etdilar.

📍 Chilonzor tumani, 195-maktab
2026-yil 16-mart kuni ushbu maktabda ingliz tili bo‘yicha ochiq dars tashkil etildi. Mashg‘ulotni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti katta o’qituvchisi Muxtashamova Parvina Zaxitovna olib bordi.
Dars davomida interaktiv metodlar, savol-javoblar, guruh ishlari va rolli o‘yinlar orqali o‘quvchilarning kommunikativ ko‘nikmalari rivojlantirildi.

Mazkur mashg‘ulotlar davomida o‘quvchilarning nemis va ingliz tillariga bo‘lgan qiziqishi sezilarli darajada oshdi. Interfaol metodlar asosida tashkil etilgan darslar ularning og‘zaki nutqi, fikrlash qobiliyati hamda amaliy til ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi. Hamkorlik doirasidagi bu kabi mashg‘ulotlar ta’lim samaradorligini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
4👍1🎉1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

2026-yil 17-mart kuni 😊“Ingliz tili nazariy aspektlari 2” kafedrasi o‘qituvchisi Meyliyeva Sh. tomonidan “Ilmiy rahbar xulosasini rasmiylashtirish talablari” mavzusida ilmiy to‘garak mashg‘uloti o‘tkazildi.

Mazkur mashg‘ulotdan ko‘zlangan
asosiy maqsad talabalarga ilmiy ishlar jarayonida ilmiy rahbar xulosasini to‘g‘ri va talab darajasida rasmiylashtirish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat bo‘ldi.

Mashg‘ulot davomida o‘qituvchi tomonidan ilmiy rahbar xulosasining mazmuni, tuzilishi va rasmiylashtirish qoidalari batafsil tushuntirib berildi. Xususan, xulosada talabaning ilmiy ishining dolzarbligi, maqsad va vazifalarining aniqligi, tadqiqot metodlarining to‘g‘ri tanlanganligi, olingan natijalarning ilmiy ahamiyati hamda amaliy qo‘llanilish imkoniyatlari aks ettirilishi zarurligi ta’kidlandi.


Shuningdek, xulosa yozishda ilmiy uslubga rioya qilish, aniq va lo‘nda fikr bayon etish, ortiqcha takror va umumiy gaplardan qochish kerakligi haqida ham tushunchalar berildi.

Mashg‘ulot jarayonida talabalar bilan interfaol usullar asosida ishlanib, ularga namunaviy ilmiy rahbar xulosalari taqdim etildi hamda ular tahlil qilindi. Talabalar o‘zlari tayyorlayotgan ilmiy ishlar asosida xulosa yozish bo‘yicha amaliy topshiriqlarni bajardilar. O‘qituvchi tomonidan ularning ishlari muhokama qilinib, zarur tavsiyalar va metodik ko‘rsatmalar berildi.


Mashg‘ulot yakunida talabalar ilmiy rahbar xulosasini rasmiylashtirish bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lganliklari qayd etildi. To‘garak mashg‘uloti yuqori saviyada va samarali tarzda tashkil etildi.

😊Ingliz tili ikkinchi fakultetining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling

📱Telegram. 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍2
17-mart kuni Ikkinchi chet tillar kafedrasi mudiri Moydinova Elmira hamda kafedra o‘qituvchilari Musayeva Sevinj va Oripova Xusnida rahbarligida talabalar bilan birgalikda Ozarbayjon madaniyat markazida tashkil etilgan Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan tantanali tadbirda ishtirok etdi.

Mazkur tadbir O‘zbekiston va Ozarbayjon xalqlari o‘rtasidagi tarixiy do‘stlik, madaniy yaqinlik va umumiy qadriyatlarning yorqin ifodasiga aylandi. Bayram davomida ikki xalqning boy madaniy merosi, milliy urf-odatlari va san’ati namoyish etilib, rang-barang konsert dasturi orqali milliy kuy-qo‘shiqlar hamda sahna chiqishlari taqdim etildi.

Tadbir talabalarda boshqa xalqlar madaniyatiga hurmat ruhini shakllantirish, xalqaro do‘stlikni mustahkamlash hamda madaniyatlararo muloqotni rivojlantirishga xizmat qildi. Shu bilan birga, u yoshlarning dunyoqarashini kengaytirib, ularni yanada faol va ochiq fikrli bo‘lishga undadi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍1