O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.7K subscribers
47.8K photos
2.97K videos
323 files
9.64K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
Ona va bola xonasida amaliyot: “4+2” tizimining samarali natijalari

🎓 “Xorijiy til va adabiyoti” ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun malakaviy hamda pedagogik amaliyotlar amaldagi o‘quv rejasiga muvofiq ravishda “4+2” tizimi asosida yo‘lga qo‘yilgan.

📚 Mazkur model orqali talabalar:
— nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan mustahkamlamoqda
— kasbiy ko‘nikmalarini izchil rivojlantirmoqda
— real ish muhiti bilan bevosita tanishmoqda

🏫 Amaliyot jarayonida talabalar haftaning ma’lum kunlari o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etib, qolgan kunlarda **“Ona va bola xonasi”**da faol faoliyat olib bormoqda.

Bu esa ularga:
bolalar bilan ishlash tajribasini boyitish
pedagogik mahoratini oshirish
kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish imkonini yaratmoqda

Shu bilan birga, talabalar faoliyati amaliyot rahbarlari tomonidan muntazam monitoring qilinib, aniq mezonlar asosida baholab borilmoqda.

Natijada talabalar tayyorgarligining amaliy jihatlari kuchayib, ularning kelajak kasbiga puxta va ishonch bilan kirib borishiga zamin yaratilmoqda.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6😢2👍1
Forwarded from Sport vazirligi
🏆 "Tashkent open cup" g‘oliblari aniqlandi

🏑 Toshkent shahrida joylashgan Olimpiya shaharchasida sportning chim ustida xokkey turi bo‘yicha o‘smirlar (erkaklar va ayollar) o‘rtasida "Tashkent open cup" xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi.

➡️ 200 nafarga yaqin sportchi ishtirok etgan musobaqa bellashuv jarayonlarida Belarus, Qozog‘iston hamda O‘zbekiston jamoalari ishtirok etdi.

📑 Qizg‘in bahs va murosasiz bellashuvlarga boy o‘tgan turnir natijalariga ko‘ra:

Ayollar o‘rtasida

🥇 1-o‘rinni Belarus ayollar jamoasi,
🥈 2-o‘rinni O‘zbekiston ayollar jamoasi,
🥉 3-o‘rinni Qozog‘iston ayollar jamoasi;

Erkaklar o‘rtasida

🥇 1-o‘rinni O‘zbekiston erkaklar jamoasi,
🥈 2-o‘rinni Belarus erkaklar jamoasi,
🥉 3-o‘rinni O'zbekiston U-21 yoshlar terma jamoasi
egalladi.


🏆 G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilarning kubok, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍1🔥1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PQ-61-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida, Oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini, xususan davlat granti asosida tahsil olayotgan yosh mutaxassislarni ish bilan ta’minlash tizimini yanada kuchaytirish yo‘lida 4-kurs bitiruvchi grant talabalarga uch tomonlama shartnomalar tarqatish ishlari boshlandi.
Joriy yilning 17-mart sanasida Registrator ofisi boshlig‘i A.Xalillayev boshchiligida Ingliz tili birinchi hamda Ingliz tili ikkinchi fakultetlarida talabalarga uch tomonlama shartnomalar tarqatildi. Shuningdek, Xizmat ko‘rsatish (Front office) bo‘limi boshlig‘i A.Ahmedov tomonidan talabalarga qo‘shimcha izoh va tushuntirishlar berilib, ularning savollariga batafsil javoblar taqdim etildi.
Jarayon davomida talabalarga mazkur shartnomalarning mazmun-mohiyati yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berildi.
3👍1
Xorijiy tillar to‘garaklari samarali davom etmoqda

📍 Sergeli tumani, 104-maktab
2026-yil 17-mart kuni ushbu maktabda nemis tili to‘garagining navbatdagi mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. Mashg‘ulot RGF filologiyasi fakulteti 4-bosqich talabasi Suyunova Shahlo tomonidan olib borildi.
Dars “Die Begrüßung” va “Woher kommen Sie?” mavzulariga bag‘ishlanib, o‘quvchilarga salomlashish, o‘zini tanishtirish hamda yashash joyi haqida so‘zlash ko‘nikmalari o‘rgatildi. Amaliy misollar asosida o‘quvchilar yangi iboralarni erkin qo‘llashga muvaffaq bo‘ldilar.

📍 Uchtepa tumani, 283-maktab
Mazkur kunda ushbu maktabda ham nemis tili to‘garagi mashg‘uloti o‘tkazildi. Mashg‘ulotni RGF filologiyasi fakulteti 4-bosqich talabasi Xushvaqtova Munavvar olib bordi.
Dars “haben” va “sein” fe’llarining hozirgi zamondagi qo‘llanilishiga bag‘ishlanib, o‘quvchilar ushbu fe’llarning tuslanishi va kundalik nutqdagi ahamiyatini amaliy mashqlar orqali mustahkamlashdi.

📍 Shayxontohur tumani, 84-maktab
Ushbu maktabda tashkil etilgan mashg‘ulotni RGF filologiyasi talabasi Abdusharipova Munisa olib bordi.
Dars “Personalpronomen” mavzusida o‘tkazilib, kishilik olmoshlarining qo‘llanilishi, fe’llar bilan moslashuvi hamda dialoglar orqali amaliy o‘zlashtirilishi ta’minlandi. O‘quvchilar guruh va juftliklarda faol ishtirok etdilar.

📍 Chilonzor tumani, 195-maktab
2026-yil 16-mart kuni ushbu maktabda ingliz tili bo‘yicha ochiq dars tashkil etildi. Mashg‘ulotni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti katta o’qituvchisi Muxtashamova Parvina Zaxitovna olib bordi.
Dars davomida interaktiv metodlar, savol-javoblar, guruh ishlari va rolli o‘yinlar orqali o‘quvchilarning kommunikativ ko‘nikmalari rivojlantirildi.

Mazkur mashg‘ulotlar davomida o‘quvchilarning nemis va ingliz tillariga bo‘lgan qiziqishi sezilarli darajada oshdi. Interfaol metodlar asosida tashkil etilgan darslar ularning og‘zaki nutqi, fikrlash qobiliyati hamda amaliy til ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi. Hamkorlik doirasidagi bu kabi mashg‘ulotlar ta’lim samaradorligini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
4👍1🎉1