O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.7K subscribers
47.6K photos
2.95K videos
323 files
9.59K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
17-mart kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida “Xorijiy til” yo‘nalishi, ingliz tili mutaxassisligi bo‘yicha pedagogik qayta tayyorlash kurslari tinglovchilarining bitiruv malakaviy ishlari himoyasi muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

Tinglovchilar tomonidan taqdim etilgan ishlar xorijiy tillarni o‘qitish metodikasi, zamonaviy pedagogik texnologiyalar hamda innovatsion yondashuvlar asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, ular o‘z chiqishlarida nazariy bilimlarini amaliy tajriba bilan uyg‘unlashtira oldilar. Har bir taqdimotda kasbiy kompetensiyalar aniq va asosli misollar orqali yoritildi.

Attestatsiya komissiyasi a’zolari tomonidan bitiruv ishlari har tomonlama tahlil qilinib, tinglovchilarning ilmiy yondashuvi, metodik yechimlari hamda taqdimot madaniyatiga alohida e’tibor qaratildi. Himoya jarayoni ochiq va shaffof tarzda tashkil etilib, har bir ish yuzasidan asosli xulosalar bildirildi.

Mazkur jarayonda attestatsiya komissiyasi raisi, universitet rektori, professor Tuxtasinov Ilxomjon Madaminovich ishtirok etib, tinglovchilarni muvaffaqiyatli himoya bilan tabrikladi hamda ularning kasbiy o‘sishga bo‘lgan intilishi va pedagogik salohiyatini yuqori baholadi.

Ushbu himoya jarayoni tinglovchilarning egallagan bilim va ko‘nikmalarini amaliy jihatdan namoyon etish, ularning mustaqil fikrlash va pedagogik yondashuvlarini shakllantirish borasida muhim bosqich sifatida e’tirof etildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8👍2👏2
🟦🟦🟦

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi tomonidan oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilar va doktorantlar uchun tashkil etilgan “Akademik yozuv, nashr faoliyati va tadqiqot strategiyalari” nomli qisqa muddatli malaka oshirish kursining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur o‘quv kursi ilmiy va pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanayotgan mutaxassislarning akademik yozuv bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini takomillashtirish, ilmiy nashrlar bilan ishlash madaniyatini yuksaltirish hamda zamonaviy tadqiqot strategiyalarini amaliyotga samarali tatbiq etishga qaratilgani bilan e’tiborli bo‘ldi. Kurs davomida ishtirokchilar ilmiy maqola yozishning zamonaviy talablari, tadqiqot ishlarini tizimli rejalashtirish, nufuzli ilmiy jurnallar uchun maqola tayyorlash, nashr etikasi, manbalar bilan ishlash, iqtibos keltirish me’yorlari hamda xalqaro ilmiy maydonda samarali faoliyat yuritishning muhim jihatlari bo‘yicha bilimlarini mustahkamladi.

Taqdirlash marosimida universitet rektori, professor Ilxomjon Tuxtasinov kurs tinglovchilarini o‘quv dasturini muvaffaqiyatli tamomlagani bilan muborakbod etdi. U o‘z nutqida bugungi kunda oliy ta’lim tizimida ilmiy salohiyatni oshirish, akademik yozuv madaniyatini rivojlantirish va tadqiqot natijalarini xalqaro miqyosda munosib namoyon etish dolzarb vazifalardan biri ekanini ta’kidladi. Shuningdek, ilmiy izlanishlar sifatini oshirish, professor-o‘qituvchilar va yosh tadqiqotchilarning nashr faolligini kuchaytirish, ularni global ilmiy axborot makoniga faol integratsiyalashda bunday qisqa muddatli kurslarning ahamiyati yuqori ekanini qayd etdi.

Marosim davomida kursni muvaffaqiyatli yakunlagan tinglovchilarga sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi. Tadbir samimiy va ko‘tarinki ruhda o‘tib, ishtirokchilarda iliq taassurot qoldirdi.

Mazkur o‘quv kursi professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar va doktorantlarning ilmiy izlanish olib borish madaniyatini yuksaltirish, akademik yozuv savodxonligini mustahkamlash hamda nashr faoliyatidagi zamonaviy yondashuvlarni egallash yo‘lida muhim bosqich sifatida baholandi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍54🎉1🤩1
Ona va bola xonasida amaliyot: “4+2” tizimining samarali natijalari

🎓 “Xorijiy til va adabiyoti” ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun malakaviy hamda pedagogik amaliyotlar amaldagi o‘quv rejasiga muvofiq ravishda “4+2” tizimi asosida yo‘lga qo‘yilgan.

📚 Mazkur model orqali talabalar:
— nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan mustahkamlamoqda
— kasbiy ko‘nikmalarini izchil rivojlantirmoqda
— real ish muhiti bilan bevosita tanishmoqda

🏫 Amaliyot jarayonida talabalar haftaning ma’lum kunlari o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etib, qolgan kunlarda **“Ona va bola xonasi”**da faol faoliyat olib bormoqda.

Bu esa ularga:
bolalar bilan ishlash tajribasini boyitish
pedagogik mahoratini oshirish
kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish imkonini yaratmoqda

Shu bilan birga, talabalar faoliyati amaliyot rahbarlari tomonidan muntazam monitoring qilinib, aniq mezonlar asosida baholab borilmoqda.

Natijada talabalar tayyorgarligining amaliy jihatlari kuchayib, ularning kelajak kasbiga puxta va ishonch bilan kirib borishiga zamin yaratilmoqda.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6😢2👍1
Forwarded from Sport vazirligi
🏆 "Tashkent open cup" g‘oliblari aniqlandi

🏑 Toshkent shahrida joylashgan Olimpiya shaharchasida sportning chim ustida xokkey turi bo‘yicha o‘smirlar (erkaklar va ayollar) o‘rtasida "Tashkent open cup" xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi.

➡️ 200 nafarga yaqin sportchi ishtirok etgan musobaqa bellashuv jarayonlarida Belarus, Qozog‘iston hamda O‘zbekiston jamoalari ishtirok etdi.

📑 Qizg‘in bahs va murosasiz bellashuvlarga boy o‘tgan turnir natijalariga ko‘ra:

Ayollar o‘rtasida

🥇 1-o‘rinni Belarus ayollar jamoasi,
🥈 2-o‘rinni O‘zbekiston ayollar jamoasi,
🥉 3-o‘rinni Qozog‘iston ayollar jamoasi;

Erkaklar o‘rtasida

🥇 1-o‘rinni O‘zbekiston erkaklar jamoasi,
🥈 2-o‘rinni Belarus erkaklar jamoasi,
🥉 3-o‘rinni O'zbekiston U-21 yoshlar terma jamoasi
egalladi.


🏆 G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilarning kubok, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍1🔥1