O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi hamda Pedagogika va psixologiya ilmiy-tadqiqot instituti hamkorligida “Ijtimoiy-psixologik xavfsizlik va barqaror muhitni boshqarish: talabalar va pedagog kadrlar bilan ishlashning integrativ modeli” nomli qisqa muddatli o‘quv kurslari yakuniga bag‘ishlangan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur kurs ta’lim muassasalarida sog‘lom ijtimoiy-psixologik muhitni shakllantirish, talaba-yoshlar va pedagog kadrlar bilan ishlashda zamonaviy yondashuvlarni joriy etish, shuningdek, mas’ul xodimlarning kasbiy kompetensiyalarini mustahkamlashga qaratilgani bilan ahamiyat kasb etdi. Mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilar ijtimoiy-psixologik xavfsizlikni ta’minlash, nizoli vaziyatlarni samarali boshqarish, profilaktik va diagnostik ishlarni tashkil etish hamda barqaror muhit yaratish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini kengaytirdilar.
Taqdirlash marosimida universitet rektori, professor Ilxomjon Tuxtasinov tinglovchilarni kursni muvaffaqiyatli yakunlagani bilan muborakbod etdi. U o‘z nutqida bugungi kunda ta’lim muassasalarida ijtimoiy-psixologik barqarorlikni ta’minlash, talabalar va pedagoglar bilan manzilli ishlash, sog‘lom ma’naviy-ruhiy muhitni shakllantirish dolzarb vazifalardan biri ekanini ta’kidladi. Shuningdek, bunday o‘quv kurslari mutaxassislarning kasbiy salohiyatini oshirish va ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqishda muhim omil bo‘lishini qayd etdi.
Marosim davomida kurs tinglovchilariga sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi. Tadbir iliq va ko‘tarinki ruhda o‘tib, ishtirokchilarda ijobiy taassurot qoldirdi.
Ushbu tashabbus kelgusida ham talabalar va pedagog kadrlar bilan ishlovchi mutaxassislarning malakasini oshirish, ularning amaliy tajribasini boyitish hamda ta’lim muassasalarida sog‘lom va barqaror ijtimoiy-psixologik muhitni mustahkamlash yo‘nalishidagi ishlarning izchil davom etishiga zamin yaratadi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5❤4👏2🤩2
17-mart kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida “Xorijiy til” yo‘nalishi, ingliz tili mutaxassisligi bo‘yicha pedagogik qayta tayyorlash kurslari tinglovchilarining bitiruv malakaviy ishlari himoyasi muvaffaqiyatli o‘tkazildi.
Tinglovchilar tomonidan taqdim etilgan ishlar xorijiy tillarni o‘qitish metodikasi, zamonaviy pedagogik texnologiyalar hamda innovatsion yondashuvlar asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, ular o‘z chiqishlarida nazariy bilimlarini amaliy tajriba bilan uyg‘unlashtira oldilar. Har bir taqdimotda kasbiy kompetensiyalar aniq va asosli misollar orqali yoritildi.
Attestatsiya komissiyasi a’zolari tomonidan bitiruv ishlari har tomonlama tahlil qilinib, tinglovchilarning ilmiy yondashuvi, metodik yechimlari hamda taqdimot madaniyatiga alohida e’tibor qaratildi. Himoya jarayoni ochiq va shaffof tarzda tashkil etilib, har bir ish yuzasidan asosli xulosalar bildirildi.
Mazkur jarayonda attestatsiya komissiyasi raisi, universitet rektori, professor Tuxtasinov Ilxomjon Madaminovich ishtirok etib, tinglovchilarni muvaffaqiyatli himoya bilan tabrikladi hamda ularning kasbiy o‘sishga bo‘lgan intilishi va pedagogik salohiyatini yuqori baholadi.
Ushbu himoya jarayoni tinglovchilarning egallagan bilim va ko‘nikmalarini amaliy jihatdan namoyon etish, ularning mustaqil fikrlash va pedagogik yondashuvlarini shakllantirish borasida muhim bosqich sifatida e’tirof etildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

❤8👍2👏2
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi tomonidan oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilar va doktorantlar uchun tashkil etilgan “Akademik yozuv, nashr faoliyati va tadqiqot strategiyalari” nomli qisqa muddatli malaka oshirish kursining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur o‘quv kursi ilmiy va pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanayotgan mutaxassislarning akademik yozuv bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini takomillashtirish, ilmiy nashrlar bilan ishlash madaniyatini yuksaltirish hamda zamonaviy tadqiqot strategiyalarini amaliyotga samarali tatbiq etishga qaratilgani bilan e’tiborli bo‘ldi. Kurs davomida ishtirokchilar ilmiy maqola yozishning zamonaviy talablari, tadqiqot ishlarini tizimli rejalashtirish, nufuzli ilmiy jurnallar uchun maqola tayyorlash, nashr etikasi, manbalar bilan ishlash, iqtibos keltirish me’yorlari hamda xalqaro ilmiy maydonda samarali faoliyat yuritishning muhim jihatlari bo‘yicha bilimlarini mustahkamladi.
Taqdirlash marosimida universitet rektori, professor Ilxomjon Tuxtasinov kurs tinglovchilarini o‘quv dasturini muvaffaqiyatli tamomlagani bilan muborakbod etdi. U o‘z nutqida bugungi kunda oliy ta’lim tizimida ilmiy salohiyatni oshirish, akademik yozuv madaniyatini rivojlantirish va tadqiqot natijalarini xalqaro miqyosda munosib namoyon etish dolzarb vazifalardan biri ekanini ta’kidladi. Shuningdek, ilmiy izlanishlar sifatini oshirish, professor-o‘qituvchilar va yosh tadqiqotchilarning nashr faolligini kuchaytirish, ularni global ilmiy axborot makoniga faol integratsiyalashda bunday qisqa muddatli kurslarning ahamiyati yuqori ekanini qayd etdi.
Marosim davomida kursni muvaffaqiyatli yakunlagan tinglovchilarga sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi. Tadbir samimiy va ko‘tarinki ruhda o‘tib, ishtirokchilarda iliq taassurot qoldirdi.
Mazkur o‘quv kursi professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar va doktorantlarning ilmiy izlanish olib borish madaniyatini yuksaltirish, akademik yozuv savodxonligini mustahkamlash hamda nashr faoliyatidagi zamonaviy yondashuvlarni egallash yo‘lida muhim bosqich sifatida baholandi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5❤4🎉1🤩1