O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.7K subscribers
47.7K photos
2.96K videos
323 files
9.6K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
🟦🟦🟦

O‘zDJTUda talaba-qizlar o‘rtasida basketbol musobaqalari bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida talaba-qizlar o‘rtasida sportning basketbol turi bo‘yicha “Talabalar ligasi” musobaqalarining universitet bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi.

Musobaqada jamoalar o‘zaro kuch sinashib, sport mahorati, jamoaviy ruh va g‘alabaga bo‘lgan intilishni namoyon etdilar. Qizg‘in va murosasiz bahslardan so‘ng quyidagi jamoalar g‘oliblikni qo‘lga kiritdi:
🥇 1-o‘rin – Tarjimonlik fakulteti jamoasi
🥈 2-o‘rin – Xalqaro jurnalistika fakulteti jamoasi
🥉 3-o‘rin – Roman-german filologiyasi fakulteti jamoasi

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindor jamoalar universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov hamda Angren shahar hokimi Alisher Rayimov tomonidan tantanali ravishda taqdirlandi.

Mazkur musobaqa talaba-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish va yoshlarning jismoniy faolligini rag‘batlantirishga qaratildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7🔥2👏1🎉1
🟦🟦🟦

OʻzDJTU HE Higher Education Reytingida!

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti HE Higher Education Ranking Xalqaro reytingida quyidagi natijalarni qayd qildi:
⭐️ Dunyo universitetlari orasida 119-o‘rin;
⚡️ O‘zbekistondagi universitetlar ichida 12-o‘rin.

Ushbu natija universitetning ta’lim sifati, ilmiy tadqiqotlari va xalqaro hamkorligi yuqori koʻrsatkichda ekanligini ko‘rsatadi. OʻzDJTU global ta’lim maydonida o‘z mavqeini mustahkamlashda davom etib, O‘zbekistondagi yetakchi til va gumanitar yo‘nalishdagi universitetlardan biri sifatida e’tirof etilmoqda.


ℹ️ Ma’lumot uchun: HE Higher Education Ranking – bu har yili Oliy ta'lim sifati va baholash kengashi (HEQAC) tomonidan e'lon qilinadigan oliy o'quv yurtlari reytingidir. Reyting dunyoning 95 ta davlatning 1000 ga yaqin eng yaxshi universitetini 25 ta umumiy mezon va 138 ta asosiy samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) asosida baholaydi.
🗣️ HE Higher Education Ranking’ning asosiy jihatlari:
Baholash mezonlari: Akademik obro‘, ta’lim sifati, ilmiy tadqiqotlar, xalqaro hamkorlik, ijtimoiy ta’sir va boshqa ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga oladi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏5🎉3🤩32👍1😢1
#Talabaga_qulaylik #yangi_fakultet

O‘zDJTUda Angren fakulteti va xorijiy tillar markazlari ochildi – Navro‘z arafasida yoshlar uchun yangi imkoniyatlar

Navro‘z umumxalq bayrami oldidan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida yoshlar uchun yangi ta’lim tashabbuslari tantanali ravishda ishga tushirildi.

Angren fakulteti Angren shahrida tashkil etilib, 154 nafar talaba bilan ish boshlagan bo‘lsa, bugungi kunda 20 dan ortiq professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritmoqda. Fakultetda 1500 nafar talabaga mo‘ljallangan zamonaviy o‘quv binosi va 600 o‘rinli talabalar turar joyi to‘liq ta’mirlangan va eng so‘nggi jihozlar bilan ta’minlangan.


Ochilish marosimini universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov ochib berdi. Rektor nutqida Angren fakulteti va yangi markazlarning yoshlar uchun sifatli ta’lim olish, xorijiy tillarni chuqur o‘rganish va kelajakda raqobatbardosh mutaxassis bo‘lib yetishish imkoniyatlarini yaratishi ta’kidlandi. Shuningdek, u fakultet va markazlar faoliyati hududlarda oliy ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish va yoshlarning intellektual salohiyatini rivojlantirishga xizmat qilishini qayd etdi.

Marosimda
Angren shahar hokimi Alisher Rayimov
, Xalq ta’limi bo‘limi mudiri
A. G‘afurov
, “Nuroniylar” jamg‘armasi rahbari
E. Qoraboyev
va boshqa mehmonlar ishtirok etdilar. Mehmonlar fakultet binosi, auditoriyalar, sport zallari va talabalar turar joylari bilan tanishib, fakultet hududida daraxt ekish marosimida qatnashdilar.



Shuningdek, universitetda xorijga ishlashni rejalashtirayotgan fuqarolarni tayyorlash va ularni xorijiy tillarga o‘qitishga qaratilgan “Migratsiya va xorijiy tillarni o‘qitish markazi” ishga tushirildi. Markazda darslar bepul tashkil etilib, ishtirokchilar til bilimini oshirish va xalqaro mehnat bozori talablariga tayyorlanish imkoniga ega bo‘ladi.

Yana bir tashabbus –
2-sonli umumta’lim maktabida “Xorijiy tillarni rivojlantirish va o‘qitish markazi”
ochildi. Tadbirda universitet rahbariyati, Angren shahar hokimligi va maktab ma’muriyati vakillari ishtirok etib, markazning yoshlar uchun yangi ta’lim imkoniyatlarini yaratishi va ularni kelajakda raqobatbardosh mutaxassis sifatida shakllantirishdagi ahamiyatini ta’kidladi.


Ushbu tashabbuslar Angren shahri yoshlari uchun sifatli ta’lim olish, xorijiy tillarni chuqur o‘rganish va kelajakda muvaffaqiyatli karyera qurishlari uchun keng imkoniyatlar yaratmoqda.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍3
Gid-tarjimonlik kursi tinglovchilari uchun navbatdagi sayyor dars tashkil etildi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida yo‘lga qo‘yilgan gid-tarjimonlik tayyorlov kursi tinglovchilari uchun navbatdagi sayyor dars Toshkent viloyati Parkent tumanida joylashgan O‘zbekiston Fanlar akademiyasiga qarashli “Fizika–Quyosh” ilmiy-tadqiqot institutida bo‘lib o‘tdi.

Sayyor dars davomida tinglovchilar ushbu noyob ilmiy markaz faoliyati bilan yaqindan tanishib, quyosh energiyasidan foydalanishga oid zamonaviy texnologiyalar, ilmiy ishlanmalar va ularning amaliy ahamiyati haqida batafsil ma’lumot oldilar.

Mashg‘ulotda Roman-german filologiyasi fakulteti Ispan tili nazariy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi Andrea Ramos ham ishtirok etib, tinglovchilar bilan birgalikda ilmiy obyektni o‘rgandi.

Mutaxassislar tomonidan qurilmaning ishlash jarayoni, ilmiy ahamiyati hamda zamonaviy tadqiqotlardagi o‘rni yuzasidan tushuntirishlar berildi. Tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.

Mazkur sayyor dars tinglovchilarning nafaqat nazariy bilimlarini mustahkamlash, balki amaliy ko‘nikmalarini boyitishda ham muhim ahamiyat kasb etdi. Shu bilan birga, ushbu maskan bugungi kunda Toshkentga tashrif buyuruvchi sayyohlar uchun ham e’tiborga molik manzillardan biri ekani ta’kidlandi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍2👏1