O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.7K subscribers
47.8K photos
2.97K videos
323 files
9.62K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
Forwarded from Edu.uz
#Samarqand #YashilMakon

“Yashil oliygoh” tanlovi gʻolibiga BYD Chazor elektromobili topshirildi


Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida boʻlib oʻtgan yigʻilish doirasida respublika oliy taʼlim tashkilotlari oʻrtasida oʻtkazilgan “Yashil oliygoh” tanlovi gʻolibi taqdirlandi. Ekologik barqarorlikni taʼminlash, yashil texnologiyalarni joriy etish va atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan mazkur tanlovda Jizzax politexnika instituti gʻolib deb topildi.

Ekologik masʼuliyatni taʼlim jarayonining ajralmas qismi sifatida qarayotgan institut jamoasiga Prezident sovgʻasi sifatida BYD Chazor elektromobili taqdim etildi.

Taʼkidlash joizki, oliygoh hududidagi 24 gektar maydonning 21 gektarida 22 ming tupdan ortiq mevali va manzarali daraxtlar ekilib, keng koʻlamli yashil hudud barpo etilgan. Shuningdek, tomchilatib sugʻorish tizimi joriy etilib, suv resurslaridan samarali foydalanish taʼminlangan. Institutda quvvati 650 kVt boʻlgan quyosh panellari oʻrnatilgan boʻlib, oʻtgan yilning oʻzida elektr energiyasi isteʼmoli 67 foizga qisqartirildi.


Shuningdek, tadbir doirasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti hududiga daraxtlar ekildi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍41
📚 Maktablarda ingliz tili to‘garaklari faoliyati davom etmoqda

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari tomonidan umumta’lim maktablarida ingliz tili to‘garaklari muntazam tashkil etilib, o‘quvchilarning til ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda ta’lim sifatini oshirishga xizmat qilmoqda.

164-maktab (Chilonzor tumani)
2-kurs talabasi Zufarova Nilufar rahbarligida ingliz tili to‘garak mashg‘uloti o‘tkazildi. Mashg‘ulot davomida interaktiv metodlar, savol-javob va rolli o‘yinlar orqali o‘quvchilarning ingliz tilida muloqot qilish ko‘nikmalari rivojlantirildi.

Ma’naviy-ma’rifiy tadbir
Ingliz tili integrallashgan kursi 3-kafedrasi mudiri Omonov P.X. boshchiligida “Nega men o‘qishim kerak?” va “Bilim menga nima beradi?” mavzularida ingliz tilida tadbir tashkil etildi.

283-maktab
Ingliz tili nazariy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi S. Mannonova rahbarligida 4-bosqich talabalari tomonidan “The Internet Safety Rules” mavzusida mashg‘ulot o‘tkazilib, o‘quvchilarga internetdan xavfsiz foydalanish qoidalari tushuntirildi.

Bunday mashg‘ulot va tadbirlar o‘quvchilarning ingliz tiliga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning erkin fikrlash va muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda bilim olishga bo‘lgan motivatsiyasini kuchaytirishga xizmat qilmoqda.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
4👍1
1-Talabalar turar joyida umumxalq hashari o‘tkazildi

1-Talabalar turar joyida umumxalq hashari tashkil etilib, u uyushqoqlik va faol ishtirok ruhida o‘tkazildi. Hashar davomida TTJ hududi tozalanib, atrof-muhit obodonlashtirildi hamda tashabbus xonalari tartibga keltirildi.

Tadbirda talabalar faol qatnashib, turar joy hududining ozoda va fayzli bo‘lishiga o‘z hissalarini qo‘shdilar.

Mazkur hashar talabalarda jamoaviylik, mas’uliyat hamda toza va obod muhitni asrash madaniyatini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
10👍1