Toshkent shahridagi Shamsan Airport Hotel va Shanxay Hotel mehmonxonalarida Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi tashabbusi bilan “Favqulodda vaziyatlar organlariga 30 yil: rivojlanish yo‘li, islohotlar va istiqbollar” mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlar bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda 20 dan ortiq xorijiy davlat ekspertlari onlayn va oflayn tarzda, shuningdek, 10 dan ortiq mahalliy mutasaddi tashkilotlar vakillari va O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan xalqaro tashkilotlar ekspertlari, olimlar hamda yosh tadqiqotchilar ishtirok etdi.
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari ham anjumanda faol qatnashdi. Jumladan, faol ishtirok etgan O‘zDJTU talabalari:
• Suyunboyeva Mohira Nizomiddin qizi
• Maxmudova Asal Otabek qizi
• Jalgasova Klara Rustambekova
• Isomiddinova Marjona Umidjon qizi
• Egamberdiyeva Madina Erkin qizi
• Kamilova Madinabonu Zafarbek qizi
Shuningdek, O‘zDJTU Ingliz tili N1 fakulteti talabalari tadbirda tarjima qilishda faol qatnashib, anjuman oxirida sinxron tarjima qilganliklari uchun taqdirlandilar.
Tadbir davomida favqulodda vaziyatlar tizimining o‘tgan 30 yillik rivojlanish yo‘li, amalga oshirilgan islohotlar va kelajak istiqbollari muhokama qilindi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5👍5🔥3👏3
Mazkur tadbirni Sharq filologiyasi fakulteti dekani Dilshod Djurayev ochib berib, musobaqa ishtirokchilarini qutladi hamda ularga muvaffaqiyat tiladi. Shuningdek, tadbirda fakultet yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha dekan oʻrinbosari Ulugʻbek Nazarov, Koreys filologiyasi kafedrasi mudiri Mirolim Absalomov hamda professor-oʻqituvchilar va talabalar ishtirok etdilar.
Musobaqada jami 60 nafar talaba qatnashib, Koreya Respublikasining tarixi, madaniyati, anʼanalari, jamiyati hamda zamonaviy hayotiga oid turli qiziqarli savollar orqali oʻz bilim va salohiyatlarini sinovdan oʻtkazdilar. Ishtirokchilar savollarga tezkor va aniq javob berish orqali Koreya haqidagi bilim darajalarini namoyon etdilar.
Yakuniy natijalarga koʻra, Koreys filologiyasi yoʻnalishi 4-bosqich talabasi Qudratova Nafisa faxrli 1-oʻrinni egalladi. Gʻolib fakultet dekani Dilshod Djurayev tomonidan joriy etilgan Janubiy Koreyaning mashhur va betakror tabiati bilan tanilgan Jeju oroliga sayohat yoʻllanmasi bilan taqdirlandi.
Shuningdek, Top-10 talikka kirgan talabalar Janubiy Koreya elchixonasi tomonidan tashkil etiladigan “Quiz on Korea” musobaqasining keyingi bosqichida ishtirok etish uchun yoʻllanma hamda esdalik sovgʻalariga sazovor boʻldilar.
Ushbu musobaqa talabalarning Koreya tarixi, madaniyati va zamonaviy hayoti haqidagi bilimlarini mustahkamlash, ularning ilmiy va madaniy qiziqishlarini yanada oshirish, shuningdek, yoshlar oʻrtasida xalqaro madaniy almashinuvni rivojlantirishga xizmat qilishi bilan muhim ahamiyat kasb etadi.
Telegram|Instagram|Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5👍4
TTJga tashrif
🇺🇿 13-mart kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Sharq filologiyasi fakulteti Xitoy filologiyasi kafedrasi mudiri Sh. Xakimova hamda kafedra oʻqituvchilari G. Agzamova, D. Yakubova, M. Usmonaliyev, Ch. Amirjonova va Liu Xue Mei tomonidan 5-sonli talabalar turar joyiga tashrif amalga oshirildi.
Tashrif davomida xitoy tili yoʻnalishida tahsil olayotgan talabalar bilan samimiy suhbat va ochiq muloqot tashkil etildi. Unda talabalarning oʻquv jarayoni, kundalik faoliyati hamda duch kelayotgan muammo va takliflari tinglandi. Bildirilgan masalalar yuzasidan masʼullar tomonidan tegishli tavsiyalar va tushuntirishlar berildi hamda talabalarning taʼlim jarayoniga yanada masʼuliyat bilan yondashishlari muhimligi alohida taʼkidlandi.
Muloqot jarayonida talabalarning dars jarayonida uchrayotgan qiyinchiliklari, oʻquv faoliyatiga oid savollari hamda takliflari tinglanib, ular yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.
Mazkur tashrif talabalarning yashash sharoitlarini oʻrganish, ularning muammolarini oʻz vaqtida aniqlash hamda taʼlim jarayonining samaradorligini oshirishga muhim ahamiyat kasb etadi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda 👇🏻

❤3👍1
#BizTayyormizSizChi
“Navro‘zni ulug‘lash – insonni ulug‘lashdir!”
Tarjimonlik fakulteti
Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasi jamoasi umumxalq hashariда faol ishtirok etdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 6-martdagi “2026-yilgi Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi 82-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, yurtimiz bo‘ylab amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlariga munosib hissa qo‘shish maqsadida Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari umumxalq hashariда faol qatnashdilar.
Qarorda ilgari surilgan “Navro‘zni ulug‘lash – insonni ulug‘lashdir!” g‘oyasi asosida tashkil etilgan ushbu tadbir davomida kafedra jamoasi birdamlik namunasini ko‘rsatib, ish joylari va atrof-muhitni obodonlashtirish ishlarida faol bo‘ldilar.
Hashar davomida:
kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan kafedra xonalari tartibga keltirildi va tozalandi;
atrof-muhit chiqindilardan tozalanib, xonalarga yangi gullar olib kelindi;
jamoa a’zolari o‘rtasida hamjihatlikni mustahkamlash, milliy qadriyatlarga hurmat ruhini yuksaltirishga qaratilgan samimiy muloqotlar bo‘lib o‘tdi.
Ushbu tashabbus Navro‘z arafasida muhitni yanada fayzli va pokiza qilish bilan birga, jamoa a’zolari o‘rtasidagi ahillik va birdamlikni yanada mustahkamladi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

❤7👍1