O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.6K subscribers
44.6K photos
2.79K videos
320 files
9.05K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
🟦🟦🟦

Workshop: Karyerani to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish va shaxsiy brend yaratish

13-mart kuni O‘zDJTU Karyera markazi tashabbusi bilan navbatdagi workshop tashkil etildi. Tadbir mehmoni — “Person Hunters LTD” xalqaro bandlik agentligi direktori Salay Matkarimov bo‘ldi.

Workshop davomida o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor M. Chutpulatov so‘zga chiqib, PQ-61 qarori doirasida bitiruvchi talabalarni ish bilan ta’minlash hamda ularning mehnat bozorida raqobatbardoshligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratdi.

Mehmon spiker tomonidan talabalarga shaxsiy brendni shakllantirish, o‘z imkoniyatlarini anglash, mehnat bozorida o‘z o‘rnini topish hamda karyerani to‘g‘ri rejalashtirish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.

Tadbir davomida talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularni qiziqtirgan savollarga javob berildi hamda fikr almashildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍4👏2🔥1
Forwarded from FVV Akademiyasi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tadbir
#tafsilot

O‘zbekiston Davlat Jahon tillari universitetida “Favqulodda vaziyatlarni oldini olish va yong‘in xavfsizligini ta’minlash hamda kiberjinoyatchilikka qarshi kurash” mavzusida oʻtkazilgan Respublika ilmiy-amaliy seminari tafsilotlari. "Oʻzbekiston" telekanali dasturlarida.


🔰 Obuna bo‘lishni unutmang:

🌐 Boshqa yangiliklar 👇

🔍 Veb-sayt| Telegram|‌‌‌
📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍1
Forwarded from FVV Akademiyasi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tadbir
#tafsilot

O‘zbekiston Davlat Jahon tillari universitetida “Favqulodda vaziyatlarni oldini olish va yong‘in xavfsizligini ta’minlash hamda kiberjinoyatchilikka qarshi kurash” mavzusida oʻtkazilgan Respublika ilmiy-amaliy seminari tafsilotlari. "Mahalla" telekanali dasturlarida.


🔰 Obuna bo‘lishni unutmang:

🌐 Boshqa yangiliklar 👇

🔍 Veb-sayt| Telegram|‌‌‌
📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍1🔥1🎉1
🟦🟦🟦

Toshkent shahridagi Shamsan Airport Hotel va Shanxay Hotel mehmonxonalarida Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi tashabbusi bilan “Favqulodda vaziyatlar organlariga 30 yil: rivojlanish yo‘li, islohotlar va istiqbollar” mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda 20 dan ortiq xorijiy davlat ekspertlari onlayn va oflayn tarzda, shuningdek, 10 dan ortiq mahalliy mutasaddi tashkilotlar vakillari va O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan xalqaro tashkilotlar ekspertlari, olimlar hamda yosh tadqiqotchilar ishtirok etdi.

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari ham anjumanda faol qatnashdi. Jumladan, faol ishtirok etgan O‘zDJTU talabalari:
• Suyunboyeva Mohira Nizomiddin qizi
• Maxmudova Asal Otabek qizi
• Jalgasova Klara Rustambekova
• Isomiddinova Marjona Umidjon qizi
• Egamberdiyeva Madina Erkin qizi
• Kamilova Madinabonu Zafarbek qizi

Shuningdek, O‘zDJTU Ingliz tili N1 fakulteti talabalari tadbirda tarjima qilishda faol qatnashib, anjuman oxirida sinxron tarjima qilganliklari uchun taqdirlandilar.

Tadbir davomida favqulodda vaziyatlar tizimining o‘tgan 30 yillik rivojlanish yo‘li, amalga oshirilgan islohotlar va kelajak istiqbollari muhokama qilindi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍5🔥3👏3
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿 13-mart kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Sharq filologiyasi fakulteti Koreys filologiyasi kafedrasi, Koreya xalqaro hamkorlik agentligi — KOICA tashkiloti hamda Toshkentdagi Koreya taʼlim markazi bilan hamkorlikda anʼanaviy “Quiz on Korea” musobaqasining fakultet bosqichi boʻlib oʻtdi.

Mazkur tadbirni Sharq filologiyasi fakulteti dekani Dilshod Djurayev ochib berib, musobaqa ishtirokchilarini qutladi hamda ularga muvaffaqiyat tiladi. Shuningdek, tadbirda fakultet yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha dekan oʻrinbosari Ulugʻbek Nazarov, Koreys filologiyasi kafedrasi mudiri Mirolim Absalomov hamda professor-oʻqituvchilar va talabalar ishtirok etdilar.

Musobaqada jami 60 nafar talaba qatnashib, Koreya Respublikasining tarixi, madaniyati, anʼanalari, jamiyati hamda zamonaviy hayotiga oid turli qiziqarli savollar orqali oʻz bilim va salohiyatlarini sinovdan oʻtkazdilar. Ishtirokchilar savollarga tezkor va aniq javob berish orqali Koreya haqidagi bilim darajalarini namoyon etdilar.

Yakuniy natijalarga koʻra, Koreys filologiyasi yoʻnalishi 4-bosqich talabasi Qudratova Nafisa faxrli 1-oʻrinni egalladi. Gʻolib fakultet dekani Dilshod Djurayev tomonidan joriy etilgan Janubiy Koreyaning mashhur va betakror tabiati bilan tanilgan Jeju oroliga sayohat yoʻllanmasi bilan taqdirlandi.

Shuningdek, Top-10 talikka kirgan talabalar Janubiy Koreya elchixonasi tomonidan tashkil etiladigan “Quiz on Korea” musobaqasining keyingi bosqichida ishtirok etish uchun yoʻllanma hamda esdalik sovgʻalariga sazovor boʻldilar.

Ushbu musobaqa talabalarning Koreya tarixi, madaniyati va zamonaviy hayoti haqidagi bilimlarini mustahkamlash, ularning ilmiy va madaniy qiziqishlarini yanada oshirish, shuningdek, yoshlar oʻrtasida xalqaro madaniy almashinuvni rivojlantirishga xizmat qilishi bilan muhim ahamiyat kasb etadi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda 👇🏻
Telegram|Instagram|Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍4