O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.6K subscribers
44.6K photos
2.79K videos
320 files
9.05K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
🌿 Umumxalq xayriya hashari – birlik va hamjihatlik timsoli

🏛Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Angren fakultetida umumxalq xayriya hashari doirasida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Fakultet hududi universitet professor-o‘qituvchilari hamda talabalar hamkorligida uyushqoqlik bilan tozalanib, yanada fayzli va ozoda holatga keltirildi. Daraxtlar oqlanib, atrof-muhit tartibga keltirildi.

Hasharda faol ishtirok etgan barcha ustozlar va talabalarga minnatdorchilik bildiramiz.

Birgalikda qilinayotgan har bir yaxshi ish – yurtimiz ravnaqi va kelajagimiz uchun muhim qadamdir.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
🌐
https://t.me/Angren_xorijiy_tillar_fakulteti
3👍1
Forwarded from Fakultet talabalari
🌱 “Birlikda bunyodkorlik – obod maskan sari qadam!”

📸 Hashar jarayonidan lavhalar

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Angren fakultetida o‘tkazilgan umumxalq xayriya hashari davomida professor-o‘qituvchilar va talabalar bir yoqadan bosh chiqarib, fakultet hududini obodonlashtirish ishlarida faol ishtirok etdilar.

📷 Quyida hashar jarayonidan yorqin lavhalar.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
🌐
https://t.me/Angren_xorijiy_tillar_fakulteti
5👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

“AI in Education” mavzusida seminar o‘tkazildi

Bugun O‘zDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti Medialingvistika va kommunikatsiya kafedrasi o‘qituvchisi Z.M. Xazratova tomonidan “AI in Education” mavzusida navbatdagi seminar tashkil etildi.

Seminarda jurnalistika yo‘nalishi talabalari faol ishtirok etib, zamonaviy ta’lim jarayonida sun’iy intellekt (AI) texnologiyalarining imkoniyatlari va afzalliklari haqida ma’lumot oldilar. Mashg‘ulot davomida AI’dan to‘g‘ri va samarali foydalanish, axborot xavfsizligi, akademik halollik hamda shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish kabi muhim masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, talabalar o‘zlari tayyorlagan taqdimotlarni namoyish etib, sun’iy intellektning jurnalistika, ta’lim va axborot sohasidagi o‘rni, uning imkoniyatlari hamda undan mas’uliyat bilan foydalanish zarurati yuzasidan fikr almashdilar.

Seminar davomida talabalarning ingliz tilida zamonaviy texnologiyalar haqidagi bilimlari mustahkamlanib, mavzu doirasida qiziqarli muhokamalar olib borildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍1
5-TTJda tartib-qoidalar va xavfsizlik masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 5-son talabalar turar joyida universitet profilaktika inspektori S. Sherboyev ishtirokida tartib-qoidalar va ichki intizom masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad talabalar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, yashash tartibiga rioya etish hamda xavfsiz muhitni ta’minlashdan iborat bo‘ldi.

Yig‘ilish davomida talabalar turar joyida amal qilinishi lozim bo‘lgan ichki tartib-qoidalar, yong‘in va texnika xavfsizligi, tungi vaqtlarda osoyishtalikni saqlash, begona shaxslarning TTJ hududiga kiritilmasligi hamda shaxsiy mas’uliyat masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishda ehtiyotkorlik, turli salbiy holatlarga berilmaslik va o‘zaro hurmat muhitini shakllantirish muhimligi ta’kidlandi.

Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, zarur tavsiyalar oldilar.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍1
Forwarded from Ingliz tili 2-fakulteti | O’zDJTU (Nigora Xoshimxonova)
📖4-TTJda "Kitobxonlik" Tanlovi O‘tkazildi!

😊Ingliz tili 2-fakulteti 2503-guruh talabasi Usmonaliyeva Sora tashabbusi bilan 4-TTJda talabalarni kitobga targʻib qilish maqsadida "Kitobxonlik" tanlovi oʻtkazildi.

📝Talabalar interaktiv o‘yinlar va muhokamalar orqali o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar, kitobiy tafakkur va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirdilar. Har bir ishtirokchi o‘z nutqini ifoda etish, fikrini asoslash va jamoada ishlash qobiliyatlarini namoyish etdi.

Eng qiziqarli lahzalar shuki, talabalar bir-birining fikridan ilhomlanib, sog‘lom raqobat muhitida faol ishtirok etdilar. Har bir kitob sahifasi yangi bilim, motivatsiya va ilhom manbai bo‘ldi.

🎚Faol qatnashgan talabalarga sertifikat va estalik sovgʻalar taqdim etildi!

😊Ingliz tili ikkinchi fakultetining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

📱Telegram. 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍1