O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.6K subscribers
44.6K photos
2.79K videos
320 files
9.05K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Uchinchi Tojikiston–O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari rektorlari forumi doirasida O‘zDJTU rektori I. Tuxtasinov ushbu davlatning bir qator oliy ta’lim muassasalari rahbarlari bilan o‘zaro hamkorlik masalalari yuzasidan muzokaralar olib bordi.

Asosiy e’tibor talabalar va o‘qituvchilar almashinuvi, ilmiy, amaliy hamda innovatsion loyihalarni amalga oshirish yo‘nalishidagi hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, tojikistonlik talabalarni O‘zDJTUda tahsil olishga keng jalb etish masalalariga qaratildi.

Muloqotlar natijasida Tojikiston xalqaro turizm va tadbirkorlik universiteti Dang‘ara xalqaro instituti, Tojikiston davlat pedagogika universiteti, Kulob hamda Dang‘ara davlat universitetlari, shuningdek, Tojikiston davlat huquq, biznes va siyosat universiteti bilan hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomalar imzolandi. Tojikiston–Rossiya (Slavyan) universiteti bilan esa anglashuv memorandumi tuzildi. Har ikki tomon erishilgan kelishuvlar asosida aniq tadbir va loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Shundan so‘ng ishtirokchilar forumning yopilish marosimida qatnashib, anjuman yakunlari bo‘yicha qabul qilingan rezolyutsiya bandlari yuzasidan o‘zaro fikr almashdilar. Shu tariqa forum o‘z ishini yakunladi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍3
Forwarded from 3rd English faculty (Jasmina Sayliyeva)
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🎓Iqtidorli talabalar bilan uchrashuv tashkil etildi

2026-yil 13-mart kuni
🇺🇿O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇬🇧Ingliz tili uchinchi fakultetida iqtidorli talabalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Mazkur uchrashuv 2025/2026-o‘quv yili uchun (bakalavriat bosqichida) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi sovrindori Jumaniyazova Lobar Sirojiddin qizi bilan ochiq muloqot shaklida tashkil etildi.

Uchrashuv davomida stipendiya sovrindori o‘zining ta’lim jarayonidagi tajribasi, erishgan yutuqlari hamda Prezident stipendiyasini qo‘lga kiritish yo‘lida muhim bo‘lgan bilim, intilish va mehnat haqida talabalarga batafsil ma’lumot berdi.

Shuningdek, u talabalarga ilmiy faoliyat, mustaqil izlanishlar olib borish va yuqori natijalarga erishish bo‘yicha foydali tavsiyalar bilan o‘rtoqlashdi.

Tadbirni fakultet dekani I.T. Xaydarov ochib berib, bunday uchrashuvlar talaba-yoshlarni ilm-fanga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni yangi yutuqlarga ruhlantirish hamda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.


Uchrashuv samimiy muloqot ruhida o‘tib, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.

Bizni kuzatib boring:
📱Telegram 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4🔥3👍1👏1🎉1🤩1
#BizTayyormizSizChi

Talabalar umumxalq xayriya hasharida ishtirok etdi

13–14-mart kunlari mamlakatimizda “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari ham hashar tadbirlarida ishtirok etib, universitet hududida obodonlashtirish ishlarini amalga oshirdilar. Hashar davomida hudud tozalandi, yashil maydonlar tartibga keltirildi hamda daraxtlar oqlandi.

Mazkur tadbir talaba-yoshlarning ekologik madaniyatini yuksaltirish, atrof-muhitni asrash va obod muhitni yaratishga qaratilgan amaliy ishlarga boy bo‘ldi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4