O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.7K subscribers
47.4K photos
2.94K videos
323 files
9.57K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
#yoshlarkuni #harpayshanba

🟦🟦🟦

Bugun, payshanba kuni “Yoshlar kuni” etib belgilanganligi munosabati bilan universitetda talaba-yoshlar o‘rtasida bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida kiber-sport bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

Musobaqada turli fakultet talabalari ishtirok etdi, ular o‘zlarining raqobatbardoshligini namoyish etdi va jamoaviy ruhda o‘yin ko‘nikmalarini sinab ko‘rdi. Tadbir davomida ishtirokchilar nafaqat sport mahoratini, balki strategik fikrlash va tezkor qaror qabul qilish qobiliyatlarini ham rivojlantirdi.

Musobaqa talabalar orasida bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish, sog‘lom raqobatni rag‘batlantirish va do‘stona muhitni mustahkamlashga yo‘naltirildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍2
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Tojikistonda tashrifda

Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tadigan Uchinchi Tojikiston-O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari rektorlari forumi doirasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori I. Tuxtasinov 2026 yil 12 mart kuni S. Ulug‘zoda nomidagi Tojikiston xalqaro chet tillar universitetiga tashrif buyurdi. Universitet rektori Gulnazarzoda Jilo va rahbar-xodimlar I. Tuxtasinovni qadimiy urf-odatlarga muvofiq non-tuz bilan kutib olishdi.

Uchrashuvda I. Tuxtasinov universitet faoliyati, xalqaro maydonda erishilgan natijalar, ilmiy tadqiqotlarni ta’lim jarayoniga tatbiq etish ishlari va xorijiy universitetlar bilan amalga oshirilayotgan hamkorliklar haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, O‘zDJTU haqidagi videorolik namoyish etildi.

Tomonlar 2024 yil 15 aprelda imzolangan hamkorlik shartnomasi doirasida rejalashtirilayotgan almashinuv dasturlari, professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish, qo‘shma malaka kurslari, ilmiy tadqiqot va stajirovka dasturlari, bakalavriat va magistratura dasturlari bo‘yicha o‘qitish, shuningdek PhD va DSC dasturlari bo‘yicha hamkorlik masalalarini muhokama qildi.

Rektor Gulnazarzoda Jilo O‘zDJTU faoliyatini yuqori baholadi va kelgusida o‘zaro aloqalarni mustahkamlash, birgalikda turli dastur va loyihalarni amalga oshirishga tayyorligini ta’kidladi. Uchrashuv yakunida I. Tuxtasinov faxriy mehmonlar kitobiga izoh va imzosini qoldirdi.

Uchrashuv konstruktiv va do‘stona ruhda o‘tdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍62
🟦🟦🟦

TTJda ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari o‘tkazildi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori I. Tuxtasinov talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talaba-yoshlar bilan birgalikda ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlarida ishtirok etdi.

Mashg‘ulot davomida talabalar sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda kunni tetiklik bilan boshlashga qaratilgan turli jismoniy mashqlarni bajardilar.

Shuningdek, rektor talaba-yoshlar bilan suhbatlashib, ularning yashash sharoitlari, o‘qish jarayoni hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish masalalari yuzasidan fikr almashdi.

Bunday mashg‘ulotlar talabalarning jismoniy faolligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda talabalar o‘rtasida do‘stona muhitni mustahkamlashga qaratilgan.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥63👍2🤩1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎥 Videolavha

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori I. Tuxtasinov talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talaba-yoshlar bilan birgalikda ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlarida ishtirok etish jarayonlaridan videolavha.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8👍3🤩1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

12-mart kuni Xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha prorektor A. Nasirov universitetimizga xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun tashrif buyurgan M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti prorektori – Iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i T. Kortavani qabul qildi.

Ma’lumot uchun: Tatyana Vladimirovna Kortava lingvistika (tilshunoslik) sohasining yetuk olimi, filologiya fanlari doktori, professor, Rossiya ta’lim akademiyasi akademigi hisoblanadi. Shuningdek, Xalqaro rus tili va adabiyoti o‘qituvchilari assotsiatsiyasi vitse-prezidenti, Rossiya Federatsiyasi xalqlari ona tillarini saqlash va o‘rganish fondi boshqaruvi raisi, Rossiya olimpiadalari kengashi hamda bir qator davlat ta’lim organlari tarkibida rahbar lavozimlarida faoliyat olib boradi. U Xitoyning Pekin chet tillar universiteti va boshqa bir qator universitetlarning faxriy professori hamdir.

A. Nasirov O‘zDJTU faoliyati, xalqaro reytinglardagi mavqei, chet tillarni o‘qitish hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

T. Kortava hozirgi kunda asosan iqtidorli yoshlar bilan ish olib borayotganini ta’kidlab, O‘zDJTU talabalarini MDU tomonidan tashkil etiladigan xalqaro olimpiadalar, universiadalar, xalqaro yoshlar forumlari va talabalar konferensiyalarida faol ishtirok etishga chorladi. Asosiy takliflardan biri – O‘rta Osiyo talaba-yoshlarini birlashtirish borasida birgalikda ish olib borish bo‘ldi. Ma’lum qilishicha, Rossiyadagi turli kompaniyalar va konsernlar talabalar akademik mobilligi uchun mablag‘ ajratadi, bu esa talabalarga xalqaro maydonga chiqish uchun keng imkoniyatlar yaratadi. O‘zDJTU talabalari joriy yil noyabr oyida tashkil etiladigan xalqaro forumda qatnashishlari mumkinligi ham aytib o‘tildi.

Muhokama qilingan yana bir masala – rus tilini xorijiy til sifatida o‘qitish bo‘ldi. Ushbu soha mutaxassisi bo‘lgan T. Kortavaning fikricha, hozirda ta’lim jarayonida qo‘llanilayotgan darslik va qo‘llanmalarni yangilash, ularda mamlakatning milliy mentaliteti, qadriyatlari hamda xalqlarning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olish lozim.

Tomonlar yoshlar bilan ishlash, yangi avlod darsliklarini yaratish hamda ilmiy tadqiqotlar sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirish borasida kelishib oldilar.

Uchrashuv yakunida prorektorlar “Akademik va ilmiy sohada almashinuv to‘g‘risidagi protokol”ni imzoladilar.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍5🤩1