O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.7K subscribers
47.8K photos
2.97K videos
323 files
9.63K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
🟦🟦

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 1-fakultetida “Ingliz va o‘zbek tillaridagi ilova qurilmalar tipologiyasi” mavzusidagi dissertatsiya ishining kengaytirilgan kafedra ilmiy muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir PhD ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan ishni muhokama qilishga bag‘ishlandi.

Muhokama jarayonida tadqiqotning dolzarbligi, ilmiy yangiligi hamda nazariy va amaliy ahamiyati yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Shuningdek, dissertatsiya ishini yanada takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar va takliflar taqdim etildi.

Muhokama kengaytirilgan kafedra yig‘ilishi doirasida tashkil etildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍42
#yoshlarkuni #harpayshanba

🟦🟦🟦🟦

Bugun universitetda rahbar va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori M. Ch. Chutpulatov universitet talaba-yoshlari bilan muloqot qildi.

Uchrashuv davomida talabalar o‘z fikr va takliflarini bildirdi, shuningdek, universitet hayoti va ilmiy faoliyatga oid savollariga javob olindi. Muhokamalar ochiq va samimiy ruhda olib borildi.

Mazkur uchrashuv O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” sifatida o‘tkazilishi belgilanganligi munosabati bilan tashkil etildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍1
#yoshlarkuni #harpayshanba

🟦🟦🟦

Bugun, payshanba kuni “Yoshlar kuni” etib belgilanganligi munosabati bilan universitetda talaba-yoshlar o‘rtasida bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida kiber-sport bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

Musobaqada turli fakultet talabalari ishtirok etdi, ular o‘zlarining raqobatbardoshligini namoyish etdi va jamoaviy ruhda o‘yin ko‘nikmalarini sinab ko‘rdi. Tadbir davomida ishtirokchilar nafaqat sport mahoratini, balki strategik fikrlash va tezkor qaror qabul qilish qobiliyatlarini ham rivojlantirdi.

Musobaqa talabalar orasida bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish, sog‘lom raqobatni rag‘batlantirish va do‘stona muhitni mustahkamlashga yo‘naltirildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍2
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Tojikistonda tashrifda

Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tadigan Uchinchi Tojikiston-O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari rektorlari forumi doirasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori I. Tuxtasinov 2026 yil 12 mart kuni S. Ulug‘zoda nomidagi Tojikiston xalqaro chet tillar universitetiga tashrif buyurdi. Universitet rektori Gulnazarzoda Jilo va rahbar-xodimlar I. Tuxtasinovni qadimiy urf-odatlarga muvofiq non-tuz bilan kutib olishdi.

Uchrashuvda I. Tuxtasinov universitet faoliyati, xalqaro maydonda erishilgan natijalar, ilmiy tadqiqotlarni ta’lim jarayoniga tatbiq etish ishlari va xorijiy universitetlar bilan amalga oshirilayotgan hamkorliklar haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, O‘zDJTU haqidagi videorolik namoyish etildi.

Tomonlar 2024 yil 15 aprelda imzolangan hamkorlik shartnomasi doirasida rejalashtirilayotgan almashinuv dasturlari, professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish, qo‘shma malaka kurslari, ilmiy tadqiqot va stajirovka dasturlari, bakalavriat va magistratura dasturlari bo‘yicha o‘qitish, shuningdek PhD va DSC dasturlari bo‘yicha hamkorlik masalalarini muhokama qildi.

Rektor Gulnazarzoda Jilo O‘zDJTU faoliyatini yuqori baholadi va kelgusida o‘zaro aloqalarni mustahkamlash, birgalikda turli dastur va loyihalarni amalga oshirishga tayyorligini ta’kidladi. Uchrashuv yakunida I. Tuxtasinov faxriy mehmonlar kitobiga izoh va imzosini qoldirdi.

Uchrashuv konstruktiv va do‘stona ruhda o‘tdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍62